3-Amaliy ish Mavzu: Tarmoqlanuvchi algoritmlar va ularning dasturi. Ishdan maqsad. if shart, case tanlash operatorlarini to‘g‘ri qo‘llashni o‘rganish, tarmoqlanuvchi algoritmga doir masalalarni dasturini tuzish.
Nazariy qism. Agar algoritm qadamlari ketma-ket bajarilish jarayonida qandaydir shartga bog‘liq ravishda o’zgarsa, bunday algoritm tarmoqlanuvchi algoritm deb nomlanadi. Shart bu mantiqiy ifoda bo’lib, faqat rost yoki yolg’on qiymatni qabul qiladi. Agar shart rost bo’lsa Ha, yolg’on bo’lsa Yo’q tarmog’i bo’yicha algoritm qadami davom etadi.
Tarmoqlanuvchi algoritm to’liq tarmoqlanuvchi va to’liqmas tarmoqlanuvchi turlariga bo’linadi.
To’liq tarmoqlanuvchi algoritmda shart bajarilganda va bajarilmaganda ikkalasida ham amallar bajariladi.
Agar shart bajarilsa A amal bajariladi, aks holda B amal bajariladi.
Tarmoqlanish shart asosida bo’ladi. Shart mantiqiy ifoda bo’ladi. Mantiqiy ifoda mantiqiy o’zgaruvchi, taqqoslash amallari yoki ularning inkor, konyuksiya, dizyunksiya amallaridan iborat bo’lishi mumkin. Shart operatori C++ da shart operatori quyidagicha yoziladi:
if (shart) { // agar shart rost bo’lsa
Operatorlar1; // operatorlar 1 bajariladi
}
else { // aks xoda
Operatorlar2; // operatorlar 2 bajariladi.
}
C++ da taqqoslash amallari: