MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR UCHUN
ASOSIY HARAKATLAR
Reja:
1. Ilk yoshdagi bolalarda jismoniy tarbiyaning mazmuni.
2. Asosiy harakatlarga doir mashqlar
3. Kichik guruhlarda jismoniy tarbiyaning mazmuni
4. O‘rta guruhlarda jismoniy tarbiyaning mazmuni
5. Adabiyotlar
Bolaning sog‘lig‘ini mustahkamlash, ularning tana
a’zolarini chiniqtirish, asosiy harakat
turlarini rivojlantirish,
bolalarni tetik tutuvchi, toliqishlarining
oldini oluvchi
harakatlarini rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratish.
Barmoqlarining mayda muskullarini rivojlantirish,
yurish va
harakat qilishning ayrim ko‘nikmalarini rivojlantirish.
Emaklash. Kerakli masofaga, o‘rindiq
va halqaning
tagiga emaklash, 1m. uzunlikdagi
zinaga kattalarning
yordamida chiqish va undan tushish.
Yurish. Tayanchsiz to‘g‘ri yo‘nalishda yerda yotgan
taxtacha ustidan, yo‘lkachadan, qiya (10-15
sm yuqoriga
ko‘tarilgan) taxtachadan yurish, 10sm
balandlikdagi sath
ustiga chiqish va undan tushish. Pol, yerdagi yoki 5-10sm
balandlikda joylashgan arqon, xoda yoki taxtacha ustidan yura
olish.
Yugurish. To‘g‘ri yo‘nalishda yugurish.
Sensomotorikaning rivojlanishi. Uncha katta bo‘lmagan
tepalikdan koptokni dumalatish, uni oldinga, yuqoriga irg‘itish.
Qalamni yoki mo‘y qalamni ushlab turish, ular bilan (aji-buji)
chiziqlar chizish.
Mayda motorika. 3 va undan ortiq qismlardan iborat
minoralar qurish, qopcha va
qutichaga mayda predmet va
o‘yinchoqlarni solish va ularning ichidan olish.
Madaniy-gigiyenik malakalar. O‘z-o‘ziga xizmat qilish,
qo‘llarini yuvish, cho‘milishga ijobiy munosabatda bo‘lish,
piyoladan choy ichish, mustaqil yuz-qo‘llarini yuvish va artish.