3-amaliy ish. Windowsda topshiriqlarni rejalashtirish (5 ball) Ishning maqsadi



Yüklə 276,79 Kb.
tarix17.05.2023
ölçüsü276,79 Kb.
#115253

Operatsion tizimlar fani
3-amaliy ish. Windowsda topshiriqlarni rejalashtirish (5 ball)
Ishning maqsadi: talabalarni Windows OTda topshiriqlarni avtomatik ravishda bajarilishini rejalashtirishni o‘rganish bilimlari va ko‘nikmalarini oshirishdan iborat.
Ishning bajarilish tartibi:
Topshiriqlarni rejalashtirish uchun Windows oilasi OTda Windows Schedulerdan foydalaniladi.
Windows Scheduler ma'lum bir vaqtda yoki tizimdagi hodisaga javoban topshiriq va vazifalarni (fon rejimida) bajarish uchun ishlatiladi. Uning yordamida tizimdagi zararli dasturlarni tekshirish yoki muayyan skriptlarni bajarish uchun rejali (vaqtga bog’liq bo’lgan) jadvallarni tashkil etish mumkin.
Odatda, bunday topshiriqlar individual jarayonlarni avtomatlashtirish uchun ishlatiladi:

  • Kompyuterda bajariladigan turli vazifalarni parametrik avtomatlashtirish, masalan:

    • ma'lum bir vaqtda tiklash uchun nazorat nuqtasini avtomatik yaratish

    • muayyan kunlarda diskni tozalash

    • ma'lum bir vaqtda diskni defragmentatsiyalash

    • diagnostik testlash

  • kompyuterni yuklash jarayonini optimallashtirish va h.k.

Windows OTda topshiriqlarni rejalashtiruvchi bir nechta vositalar mavjud, ularga, Планировщик заданий, Schtasks buyruq qatori vositasi hamda Windows PowerShell bir nechta cmdletlari. Ushbu vositalar mahalliy va uzoq ish stantsiyalarida ishlarni rejalashtirish uchun ishlatilishi mumkin.
Windows topshiriqlar rejalashtiruvchisi (Task Scheduler, Планировщик заданий) dasturinini ochish uchun:

  1. Boshqaruv paneli (Панель управления, Control Panel)ni ochish

  2. Tizim va xavfsizlik (Система и безопасность, System and Security) yorlig'ini ochish

  3. Administrative Tools bo’limidan Schedule tasks havolasini tanlash.


Yoki Пуск menyusidan Планировщик заданий so’zini yozish bilan ochish mumkin.

«Выполнить» yordamida ham ochish mumkin:

  1. Win+R tugmalarini bosib «Выполнить» muloqat oynasini ochish.

  2. Unda taskschd.msc yozuvini kiritib Enter tugmasini boshish.


Windows topshiriqlar rejalashtiruvchisining oynasi




TOPSHIRIQLAR:
Har bir talaba o’zi ishlayotgan kompyuterida quyidagi topshiriqlarni rejalashtirishni o’rganishi kerak:

  1. Kompyuter qo’shilganda tuit.uz saytini oshishingizni eslatuvchi xabar (C:\Windows\System32\msg.exe) ekranga chiqarilsin

  2. Kompyuter qo’shilganda Chrome brauzeri ekranga chiqarilib, unda tuit.uz sayti yuklangan bo’lsin.




  1. Kompyuterni har kuni soat 22:00 da avtomatik o’chirishni rejalashtiring






  1. Har soatda “Kompyuterdan uzoqlashing, ko’zingizni dam oldiring!” degan xabar ekranga chiqarilsin

Yüklə 276,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin