3-amaliy mashg‘ot Mavzu: Geometriya elementlarini o’rgatish. Boshlang’ich sinflarda masalalar yechishga o’rgatish metodikasi. Reja


Ko’pburchak, burchak, aylanani o’qitish metodikasi



Yüklə 45,18 Kb.
səhifə2/2
tarix02.12.2022
ölçüsü45,18 Kb.
#71902
1   2
3-amaliy mashg\'ulot

3. Ko’pburchak, burchak, aylanani o’qitish metodikasi
Bu figuralar haqidagi tushuncha boshlang’ichning barcha sinflarida ketma-ket berib boriladi. 1-10o’nlikda bular didaktik materiallar sifatida qo’llaniladi. Ular yordamida o’quvchilar sanashda, sonlarni taqqoslashda, masalalar yechishda foydalanadilar. Keyinchalikaylana. uchburchak, kvadrat shakllari bilan ham tanishadilar.
Asta-sekin kupburchakning elementlari. tomonlari, burchaklari, uchlari kabilar bilan tanishadilar. Qog’oz, yogoch va plastmassalardan yasalgan uchburchakning 3 tomoni, 3 burchagi, 3 uchi borligini bilib oladilar, keyin ularni turli xil narsalardan uzlari yasaydilar. Keyingi bosqichlarda uchburchak turlari, (tugriburchakli uchburchak, teng tomonli uchburchak, o’tkir burchakli uchburchak, o’tmas burchakli uchburchak) kabilar bilan tanishadilar.
Shu reja asosida to’g’riburchak bilan tanishib chiqadi. Besh va oltiburchaklarni ham o’rgangandan keyin umumiy xolda ularni kupburchak deb atash va tomonlari, uchlari va burchaklari sonlari bir xil bo’lishini keltirib chiqaradilar.
1-sinfdayoq to’g’ri burchak tushunchasi kiritiladi, uni tushuntirish quyidagicha olib boriladi. Birgalikda qog’oz olib ularning uchlarini baravarlashtirib, ikki martadan buklab tengburchak xosil qiladi. Xar qanday qogozni olib shunday ikki buklaganda tengburchaklar xosil bo’lishini bilib, ularni tug’riburchaklar deb atashni qabul qiladilar.
Shunday to’g’ri burchaklarga nisbatan atrofdagi mavjud burchaklarning undan kata yoki kichikligini taqqoslaydilar, shu asosda to’g’ri burchaklardan kichiklarini o’tkir burchaklar deb qabul qilishga ega bo’ldilar. To’griturtburchakning barcha burchaklarining to’g’ri bo’lishini va ularning qarama-qarshi tomonlarining tengligini buklash asosida keltirib chiqaradilar. 1-2 sinflarda to’g’riturtburchakni o’quvchilarga chizish orqali yasashni o’rgatadi, 3-sinfda esa chizg’ichi va chizg’ich uchburchagidan foydapanib to’g’riturtburchak yasashni o’rgatadi.
Shu asosda to’g’riturtburchakning tomonlari teng bo’lsa, kvadrat hosil bo’lishini keltirib chiqaradi.
Ko’pburchaklarga doir tushunchalar turli xil geometrik mazmundagi masalalar yordamida tushuntiriladi va mustaxkamlandi.
2-sinfdan boshlab doira va aylana tushunchasi bilan tanishadilar. Sirkul yordamida chizib ularning radiusi va markazi tushunchasi kiritiladi. Radiuslarning tengligini o’lchash orqali keltirib chiqaradilar. Ko’pburchak va aylanani taqqoslab, ko’pburchakning chegarasi yopiq, siniq chiziq , aylananing chegarasi yopiq siniq chiziq ekanligi tushunchalari hosil qilinadi.
2-sinfdan boshlab siniq chiziq uning uzunligi, ko’pburchakning perimetri va uni o’lchash, yopiq va ochiq siniq chiziqlar tushunchalari bilan tanishadilar. Bu tushunchalar masalalar yordamida 2-3-4- sinflarda mustaxkamlanadi: Masalan:
Kvadratning perimetri 2 dm 4 sm bulsa, uning tomoni qancha va chizing.
Bir tomoni uy va qolgan 3 tomoni devordan iborat kvadrat berilgan. Uyning uzunligi 9 m bo’lsa, devorning uzunligi qancha?
Bunday masalalarni yechganda ularning chizmalarini chizish foydali, tayyor masalalarni yechish bilan bir qatorda o’quvchilarga shunday o’xshash geometric mazmunli masalalarni tuzishga doir topshiriqlar berish ham talab qilinadi.
Masalan, a) masala shartida tushurib qoldirilgan sonlarni tanlab o’rniga qo’ying, turtburchakning perimetri 25 sm, 3 ta tomoni 5, 6, 7 sm, to’rtinchi tomoni qancha? b) yechilgan masalaga teskari masala tuzing; d) formulalar bo’yicha masalalar tuzing.
Yüklə 45,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin