Agentlikning xizmatlari:
Hujjatga muvofiq, quyidagilar belgilab qo‘yildi:
a)
Agentlik:intellektual mulk obektlariga bo‘lgan huquqlarni muhofaza va
himoya
qilish
sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi vakolatli davlat boshqaruvi
organi;
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining shartnomalari va
majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
b)
Agentlik faoliyatiga umumiy rahbarlik va uni nazorat qilish, moddiy-texnika bazasini
mustahkamlash va Agentlik xodimlarining malakasini oshirishni tashkil etish Adliya
vazirligi tomonidan amalga
oshiriladi;
Agentlik nashrlari:
https://my.ima.uz/service/publications
.
Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda malakali xorijiy mutaxassislarni ularga
istisno tariqasida Agentlikning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan xorijiy valutada
ish haqi va boshqa to‘lovlarni
belgilagan holda xodimlar va maslahatchilar
sifatida jalb
qilish.
Qarorga muvofiq, “Intellektual mulk sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va
ularning malakasini oshirish o‘quv markazi” davlat unitar korxonasi “O‘zbekiston
Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual
mulk agentligi qoshidagi
Intellektual mulk konsultativ markazi” davlat unitar korxonasi etib qayta nomlandi;
2022/2023
o‘quv yilidan boshlab Toshkent davlat yuridik universitetida “Intellektual
mulk huquqi” mutaxassisligi bo‘yicha
yangi magistratura yo‘nalishini
ochish va unga
bazaviy oliy ma'lumotdan qat'iy nazar intellektual mulk sohasidagi mutaxassislarni
tayyorlash vazifasi yuklandi;
Soxaga oid hujjatlar:
https://my.ima.uz/legal-documents/sphere
.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar
malakasini oshirish
markaziga intellektual mulk sohasidagi kadrlarning malakasini,
shu jumladan, pullik
asosda oshirish bo‘yicha qo‘shimcha vazifa yuklandi.
4-Amal
iy mashg’ulot topshiriqlari
1.
Agentlikning ustuvor vazifalari.
2.
Agentlikning maqsadi va obyektlari.
3.
Agentlik huquqlari qaysilar.
4.
Agentlik qachon tashkil qilingan va nima sababli tashkil qilingan.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Mirziyoyev Sh.M.
Erkin va farovon,
demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda
barpo etamiz. 2017.
2.
А.К.Мынбаева. Организация и планирование научных
исследований учебное
пособие. Алматы, 2017
.