Klaviatura
1. Klaviatura kompyuterga turli belgi, raqam va harflarni kiritish uchun ishlatiladi. Klaviatura standart ko’rinishda 101 ta tugmacha (klavisha)dan iborat bo’ladi.
2. Har bir tugmachada quyi va yuqori registrlarda 2 ta belgi va raqam yoki harf joylashgan bo’ladi.
3. Yuqori registrda joylashgan belgilarni kiritish uchun Shift tugmachasidan foydalaniladi.
4. Bosh harflarini kiritishda ham Shift tugmachasi ishlatiladi. Masalan, «d» harfini kiritish uchun D belgili tugmacha bosiladi, «D» harfini kiritish uchun esa, avval Shift tugmachasini bosib, uni qo’yib yubormasdan D belgili tugmacha bosiladi.
5. Caps Lock tugmachasi bosh harflarni kiritish va uni bekor qilish tartibiga o’tkazish uchun ishlatiladi. Caps Lock tugmachasi qo’yilgan holda, klaviaturaning yuqori o’ng tomonida Caps Lock indikatori yonib turadi. Bu holda faqat bosh harflardan iborat bo’lgan matnlarni terishda qulayliklar hosil bo’ladi. Caps Lock tugmachasi yana bir bor bosilsa, bosh harflarni kiritish tartibi bekor qilinadi, ya’ni, yuqori o’ng tomondagi Caps Lock indikatori o’chadi.
6. Harfli, belgili va raqamli tugmachalardan tashqari klaviaturada maxsus tugmachalar mavjud:
- Enter tugmachasi satrning oxirini kiritish uchun ishlatiladi;
- Del (Delete- o’chirish) tugmachasi kursopdan o’ng tomonda turgan belgilarni o’chirish uchun ishlatidi;
- Ins (Insert-o’rnatish) tugmachasi belgilar orasiga belgilar kiritish yoki oldin kiritilgan belgilarni almashtirish uchun ishlatiladi;
- Bakspace (Enter tugmachasi yuqoridagi o’ng tomon yo’naltiruvchi strelka ←) tugmachasi kursorning chap tomonida turgan belgini o’chiradi;
- Nome, End, PgUp, PgDn kursorni boshqarish tugmachalari *** tugmachalarning bosilishi kursorni mos yo’nalishga joylashtiradi;
- Num Lock – (raqamlar blokirovkasi) tugmachasi yordamida klaviaturaga o’tish va uni bekor qilish uchun ishlatiladi;
Dostları ilə paylaş: |