3-amaliy mashg’ulot Mavzu: Algoritmlarning to‘g‘riligi. Ishdan maqsad


Algoritmni to’g’riligini tekshirish



Yüklə 22,92 Kb.
səhifə5/6
tarix02.01.2022
ölçüsü22,92 Kb.
#42213
1   2   3   4   5   6
3-amaliy mashgulot

Algoritmni to’g’riligini tekshirish

Dastur to’g’riligini isbotlashning eng keng tarqalgan turi – bu uni testlardan o’tkazishdir.

Algoritmni tekshirishda nazoratchi boshlang’ich ma’lumotlarni majmui algoritmik test deb nomlanadi. To’g’ri deb shunday algoritmga aytiladiki, u masalaning qo’yilishida talab qilinadigan natijani har qanday ruxsat etilgan boshlang’ich ma’lumotlar bilan ham shakllantirib biladi. Odatda, dastur bergan natijalar ma’lum bo’lgan yoki qo’lda hisoblangan ma’lumotlar bilan taqqoslanadi, va ular to’g’riligi aniqlansa dastur to’g’ri ishlaydi degan hulosaga kelish mumkin. Ammo bu usul bilan foydalanuvchini hamma shubhalardan xalos qilib bo’lmaydi, ya’ni dastur ishlamaydigan hamma holatlarni hisobga olib bo’lmaydi. Gudman va Xidetniyemilar tomonidan algoritm to’g’riligini isbotlash uchun quyidagi uslubiyat taklif qilingan.

Algoritm 0 dan m gacha bo’lgan qadamlar ketma-ketligi ko’rinishida tavsiflangan deb tahmin qilaylik. Har bir qadam uchun qandaydir asoslanishni taklif etamiz. Xususan, qadamdan oldin va keyin ishlaydigan shartlar haqida lemma kerak bo’lishi mumkin. Shu bilan birgalikda, algoritm chekliligining isbotini ham taklif etamiz, va hamma ruxsat etilgan kiritish ma’lumotlarini tekshirib, hamma mumkin bo’lgan chiqarish ma’lumotlarni olamiz. Algoritmni to’g’riligi bilan samaradorligi o’rtasida hech qanday aloqa yo’qligini ta’kidlab o’tamiz. Aslida hamma talablarga bir xil yahshi javob beradigan algoritm kamdan-kam ishlab chiqiladi.




Yüklə 22,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin