Ilmiy adabiyotlarni mutolaa qilish qoidalari 1. Mutolaa g‘oyat jiddiy va sermulohazali bo‘lishi kerak.
2. Ilmiy adabiyotlarni mutolaa qilishda:
o‘qib chiqilgan matnni tahlil etish kerak,
notanish atamalar va tushunchalar ma’nosini bilib olish lozim,
o‘zingizga ahamiyatli bo‘lgan savollarga javob izlash zarur,
axborotlarni markirovkalash – belgilar qo‘yish kerak.
3. Sizning ilmiy ishingizda asqotadigan joylarini: qiziqarli fikrlar, faktlar, raqamlar, har xil nuqtai nazarlarni ko‘chirib olish lozim.
4. O‘qib chiqqandan keyin olingan axborotlarni ularga tanqidiy nuqtai nazardan, shuningdek sizning tadqiqotingiz uchun ahamiyatini hisobga olib yondashgan holda baholash.
AXBOROTLARNI MARKIROVKALASh USULLARI Siz kitobdagi axborotni belgilab qo‘yishning qanday usulini ishlatasiz? Sizning alohida belgili tizimingiz bormi?
Agar Siz axborotlarni markirovkalashning alohida belgili tizimini ishlab chiqishga ulgurmagan bo‘lsangiz, unda bu haqda o‘ylab ko‘ring va bir necha o‘zingizga ma’qul usullarni taklif qiling.
Kitob, ilmiy jurnal, ilmiy maqolalar, tezislar to‘plami bilan ishlashning protsessual tizimi KITOBNING TARKIBIY TUZILIShI Kitob bilan ishlash mahorati ko‘p jihatdan kitobning tuzilmaviy elementlarining rolini bilish va tushunishga, kitobni o‘qib chiqishdan oldin undan zarur axborotni ola bilishga bog‘liqdir.
Sarlavha: ilmiy adabiyotda mavzuni bildiradi.
Annotatsiya: titul varag‘ining orqasida joylashadi; mazmunning qisqacha tavsifi va kimga mo‘ljallanishini anglatadi.
Mundarija: mavzu bayonining rejasi, kitobning ko‘rsatkichi.
So‘zboshi: muallif qo‘ygan vazifalar bayoni; nashr yoki qayta nashrning zaruratini asoslaydi.
So‘ngso‘z (xotima): yakun, qisqacha xulosalar. Bildirgichli tuzilma: tushuntirilishi lozim bo‘lgan tushunchalar, atamalar, faktlar va shu kabilarga izohlar.
1. Bitta ilmiy ishni – kitobni tanlang, uning tarkibiy tuzilishini o‘rganing. Kitobning mazmuni va tuzilishi haqida o‘z fikringizni ayting.
2. To‘plam yoki jurnalni tanlang. Uni tahlil qiling. Tahlilda quyidagi jihatlarni aks ettiring:
1) to‘plam, jurnalning nomi; ixtisosligi, yo‘nalishi;
2) nashriyot;
3) nashrlar soni, ushbu nashrning boshqa shunga o‘xshash nashrlar orasidagi o‘rni;
4) ruknlari, mavzulari;
5) e’lon qilingan materiallarning o‘ziga xos xususiyatlari;
6) eng qiziqarli ishlar, ulardagi muammolar;
7) tahlil etilgan nashrning bahosi.
2.Axborotlarning yozma shaklda yetkazilishi.
Ilmiy matnlarning funksiyalari va turlari
Reja
Tezislar
Konspekt
Referat
Annotatsiya
Maqola
Esse
Ilmiy uslubdagi matnlarni yozish bo‘yicha tavsiyalar