Ilmiy maqola. Taqriz matni, uning tuzilishi va xususiyatlari
Ilmiy maqola. Taqriz matni, uning tuzilishi va xususiyatlari.
Tayyorladi: Muqumov D.
Maqola haqida umumiy ma’lumot
Maqola – publitsistik uslubga xos janr. Maqolada kundalik ijtimoiy hayotda ro‘y berayotgan voqea-hodisalar tahlil qilinadi; nazariy, ommaviy jihatdan umumlashtiriladi; davlat siyosati, iqtisodiyot, texnika, fan va madaniyatda erishilgan yutuqlar ilg‘or ish tajribalari aks ettiriladi. U adabiy yoki ilmiy mazmunda bo‘lib, hajm jihatidan ancha katta bo‘ladi. Maqola hayotning muhim va dolzarb masalalariga bag‘ishlanishi yoki ilm-fanning biror sohasini yoritishi mumkin. Shunga ko‘ra maqolalar ilmiy, uslubiy, publitsistik kabi turlarga bo‘linadi. Maqolalar uch tarkibiy qismdan iborat bo‘ladi:
Kirish – bunda tanlangan mavzuning dolzarbligi belgilanadi.
Kirish – bunda tanlangan mavzuning dolzarbligi belgilanadi.
Xulosa – mavzu yuzasidan muallifning xulosalari, tavsiyalari beriladi.
Taqriz haqida umumiy ma’lumot
Taqriz (arab. — ijobiy baho) — adabiy tanqid janri; yangi badiiy, ilmiy yoki ilmiy-ommabop asar tahlili. Taqrizda asarning bibliografik tavsifi, shuningdek, mazmuni, unda ko‘tarilgan muammolar, asarning g‘oyaviy badiiy xususiyatlari, muallif ijodida, adabiyotda tutgan o‘rni haqida ma’lumot bo‘ladi; asarga baho beriladi, uning asosiy fazilatlari va nuqsonlari qayd qilinadi. Taqriz asosan keng kitobxonlar ommasi uchun mo‘ljallanadi, ularni yangi asarlardan ogoh qiladi, zarurini tanlab olishga ko‘maklashadi. Ichki Taqriz ham bo‘ladi. Masalan, nashriyotga kelgan badiiy, tanqidiy va ilmiy-ommabop asar ichki taqrizga beriladi, biroq bu taqriz matbuotda e’lon qilinmaydi.
Tilning leksik qatlami
Bizga ma’lumki, so‘z va uning ma’nolarini o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limiga leksikologiya deyiladi. So‘zning grammatik ma’no bildiruvchi qo‘shimchalarsiz qismi leksema sanaladi. So‘z lug‘aviy ma’no (masalan: qalam-o‘quv quroli), va grammatik ma’noga ega bo‘ladi (masalan: qalam- ot, turdosh ot, birlikda, turlanmagan). Mustaqil so‘zlar ham lug‘aviy, ham grammatik ma’no ifodalaydi; yordamchi so‘zlar esa faqat grammatik ma’noni bildiradi. Lug‘aviy ma’no anglatuvchi til birliklari lug‘aviy birliklar deyiladi.
Sohaviy terminlar va ularning qo‘llanishi
Har bir tilda o‘zining ishlatilishi doirasiga ko‘ra cheklangan, asosan birgina ma’noga ega bo‘lgan, birgina tushunchani ifodalaydigan so‘zlar ham bo‘ladi. Bunday so‘zlar, xususan fan-texnika, san’at, siyosat, til va adabiyot, hunarmandchilik kabi turli sohalarda uchraydi.
Terminlarning muhim xususiyati shundaki, ular ko‘p ma’noli bo‘lmaydi, ko‘chma ma’noda ishlatilishi nihoyatda kam uchraydi. Lekin amaliyotda ba’zi bir terminlar, masalan, hozirgi zamon rus va o‘zbek tillarida operatsiya so‘zi termin sifatida:
1) tibbiyot sohasida yorish, kesish, kesib olib tashlash, yangisini solish va shu yo‘llar bilan kasallikni tuzatish, davolash ma’nosida;
2) harbiy sohada biror vazifa va maqsadni amalga oshirishga qaratilgan urush harakatlari ma’nosida;
3) davlat idoralarida rasmiy muomala (masalan, bank operatsiyasi, pochta operatsiyasi kabi) ma’nolarda qo‘llaniladi.
Ijtimoiy-siyosiy leksika
Bizga ma’lumki, ommabop uslub – matbuot, radio, teleko‘rsatuvga xos bo‘lgan tildir. Bu uslub rasmiy va dolzarb xabarlar, axborotlar, e’lonlar, reportaj, bosh maqolalardan iborat bo‘ladi. Ularda fikr kichik hajmdagi ommabop jumlalar orqali ifodalanadi. Har bir xabarga ta’sirli, xabarning asosiy mohiyatini ifodalovchi sarlavhalar qo‘yiladiki, bu hol o‘quvchining diqqatini jalb qiladi.
E`tiboringiz uchun raxmat
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI INSTITUTI SAMARQAND FILIALI