3-amaliy mashgʻulot:Qishloq xoʻjaligi uchun bakterial dori darmonlar olish texnologiyasi
Tuproqlarda mavjud bo‘lgan mikroflora uning unumdorligiga bevosita o‘z ta’sirini ko‘rsatadi va demak qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorligiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Tuproq mikroorganizmlari o‘sish va rivojlanish jarayonlarida tuproqning strukturasini yaxshilashda, oziqa moddalarini to‘planishida, har xil organik va anorganik birikmalarning mineralizatsiyalanishida faol ishtirok etadi. Xususan, azot va fosfor birikmalarini almashinishida faol ishtirok etib, ularni o‘simlik tomonidan osongina o‘zlashtiriladigan oziqa komponentiga aylantiradi. Tuproq mikroflorasini stimullash maqsadida har xil bakterial o‘g‘itlardan foydalaniladi, ular o‘simlik rizosferasini foydali mikroorganizmlar bilan boyitadi.
Qishloq xo‘jalik amaliyotida qo‘llaniladigan bakterial o‘g‘itlar jumlasiga nitragin, azotobakterin va fosforobakterinlarni kiritish mumkin bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |