3-amaliy mashg‘ulot. Xorijiy va milliy sertifikatlashtirish tizi-fayllar.org
X alqaro elektrotexnika komissiyasi - (МЭК) ISO tashkilotidan farqli ravishda xalqaro sertifikatlashtirish tizimi va standartlarni ishlab chiqishda hamda mahsulot muvofiqligini sertifikatlashtirish va sinashda me’yoriy bazasining xavfsizlik qismlari bo‘yicha uslubiy muammolar bilan shug‘ullanadi.
Elektrotexnika sohasidagi xalqaro hamkorlik bo‘yicha ishlar 1881 yildan boshlangan, chunki bu yili elektr bo‘yicha birinchi Xalqaro kongress bo‘lib o‘tgan edi. Keyinroq 1906 yili Londonda 13 mamlakat vakillarining konferensiyasida maxsus idora - xalqaro elektrotexnika komissiyasi tuzish to‘g‘risida bir fikrga kelindi. Bu idora elektr mashinalari sohasi bo‘yicha atamalar va parametrlarni standartlashtirish masalalari bilan shug‘ullana boshladi.
МЭК nizomiga ko‘ra, bu tashkilotning maqsadlari elektrotexnika va radiotexnika va ularga qo‘shni tarmoqlardagi muammolar sohalaridagi standartlashtirish masalalarini xal qilishdir.
ISO va МЭК faoliyatlari bo‘yicha farqlanadi, МЭК elektrotexnika, elektronika, radioaloqa, asbobsozlik sohalari bo‘yicha shug‘ullansa, ISO esa qolgan boshqa hamma sohalar bo‘yicha standartlashtirish bilan shug‘ullanadi.
Hozirgi vaqtda 41-ta milliy qo‘mitalar МЭКning a’zolari hisoblanadi. Bu mamlakatlarda yer qurrasining 80% aholisi yashab, 95% dunyodagi ishlab chiqarilayotgan elektr quvvatining iste’molchisi hisoblanadi. Bu asosan sanoati rivojlangan hamda rivojlanayotgan mamlakatlardir. МЭК ingliz, fransuz va rus tillarida ish olib boradi.
МЭКning Oliy rahbar idorasi МЭК kengashidir, u yerda mamlakatlarning hamma milliy qo‘mitalari taqdim etilgan. Unda eng yuqori lavozim prezident bo‘lib, u har 3 yil muddatda saylanadi. Bundan tashqari vitse-prezident, g‘azinachi, bosh sekretar lavozimlari ham bor. МЭК har yili bir marta o‘z kengashiga yig‘iladi va o‘z faoliyati doirasidagi masalalarni hal qiladi. Uning tashkiliy tuzilmasi 13-rasmda keltirilgan.
1972 yilga qadar МЭК va ISO lar tomonidan yaratilayotgan hujjatlar tavsiya sifatida faolèÿò ko‘rsatar edi. 1972 yili esa МЭК, ISO larning tavsiyalari xalqaro standartlarga aylantirilishi haqida qaror qabul qilindi.