3-amaliy mashg‘ulot. Xorijiy va milliy sertifikatlashtirish tizimlari tamoyillari (2 soat)


BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi



Yüklə 55,55 Kb.
səhifə4/10
tarix16.12.2023
ölçüsü55,55 Kb.
#181019
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
3-amaliy mashg‘ulot. Xorijiy va milliy sertifikatlashtirish tizi-fayllar.org

BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi o‘zaro tan olish to‘g‘risida ko‘p tomonlama kelishish va ikki tomonlama faoliyatga yo‘naltirilgan "Sinov natijalarini tan olish" tavsiyasini qabul qildi. Ushbu hujjat sinov laboratoriyalarini akkreditlash amaliyotini takomillashtirishda ijobiy o‘rin tutadi.

Sifat bo‘yicha Yevropa tashkiloti /YeOK/ vazifalari

Sifatni nazorat qilish Yevropa tashkiloti YeOKK birinchi konferensiyasi chaqirilgan yili - 1957 yilda tashkil topdi. Biroz keyinroq uni nizomi ham tasdiqlandi.


YeOKK ning har yili konferensiya o‘tkazishdan asosiy maqsadi mahsulot sifatini boshqarish bo‘yicha tajriba almashinish, sifatning nazariy va amaliy masalalarini xal qilish, bu sohadagi so‘nggi yutuqlarni targ‘ibot qilish, sifatning dolzarb muammolari bo‘yicha fikr almashinish, yangi muammolarni izlab topish va sifatga taaluqli ko‘pgina boshqa masalalarni ko‘rib chiqishdir.
1992 yili Yevropa iqtisodiy uyushmasi (YeES) doirasida umum Yevropa bozori tashkil qilinishi bilan YeOKK ning rahbariy hujjatlari qaytadan ko‘rib chiqilgan.
U 1998 yilning 1 iyulidan boshlab o‘z nizomini o‘zgartirib, hozirda sifat bo‘yicha Yevropa tashkiloti (YeOKK) deb ataladi.
Sifat bo‘yicha Yevropa tashkilotining hozirgi vaqtdagi asos buluvchi xujatlari YeOKK – ning nizomi ish tartibi qoidalari, qo‘mita va seksiyalari uchun qoidalar hamda besh yilga mo‘ljallangan asosiy masalalar bo‘yicha yo‘nalish rejalari mavjuddir.
YeOK tarkibida 26 - ta to‘liq huquqli a’zolari, 12 – ta jamoa muxbir a’zolari hamda 37 – ta alohida muxbir a’zolari va 10 - ta faxriy a’zolari bor. Qardosh tashkilotlarning 11 - tasi bilan bitimlariga egadir.
YeOK maxsus bitimlari asosida sifat bo‘yicha Argentina, Braziliya, Isroil, Kolumbiya, XXR, yangi Zelandiya, AKSh, Chili, Janubiy Koreya va Yaponiyalarning mintakaviy, milliy va kasaba uyushmalari bilan hamdustlik aloqalari o‘rganilgan.
YeOK ning oliy lavozim egasi, uning prezidenti bo‘lib, u har ikki yilda saylanadi. Asosiy ma’muriy idoralari - kengash, ijroiya qo‘mitasi va sekretariatdir.
YeOK ning ish yuritish rasmiy tillari ingliz va fransuz tillaridir. Bu tashkilot o‘zining ilmiy - texnikaviy jurnali Kvolitiga ega, jurnal yiliga 4 marta chop etiladi.
Hozirgi vaqtda YeOK ning 12 ta texnikaviy qo‘mitalari mavjud bo‘lib, ular ishonchlilik, statistik usullar, atamalar, iste’mol masalalari bo‘yicha standartlashtirish, sifatni boshqarish, kadrlar tayyorlash, funksional – baholashni taxlil qilish, sifat sohasida siyosat olib borish, sertifikatlashtirish va sifat tizimlarining nazorati, EHM ning matematik ta’minlanishida sifat, sifat to‘garaklari, mahsulot sifatini metrologik ta’minoti bilan shug‘ullanadi. Undan tashqari 7 ta turli seksiyalari mavdjuddir. Bular quyidagilar:
  • Avtomobil


  • Energetika


  • Qurilish


  • Oziq-ovqat


  • Farmasevtika


  • Sifat masalalari bo‘yicha maslaxatlar ko‘rsatish.


Texnikaviy qo‘mitalar va tarmoq seksiyalari YeOK ning to‘liq huquqli vakillaridan tashkil topadi. Ular o‘z navbatida YeOK ning a’zo mamlakatining milliy tajribalariga suyanadi va xalqaro miqyosda mahsulotning sifatini ta’minlaydigan tashkilotlarning hujatlaridan foydalanadi.



Yüklə 55,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin