3-Amaliy Mashg’uloti Bajardi: Maxammadiyev n qabul qildi: Amanov O


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AGROSANOAT MAJMUI VA QISHLOQ XO‘JALIGIDA RAQAMLASHTIRISH TIZIMINI RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA



Yüklə 157,76 Kb.
səhifə7/7
tarix12.11.2022
ölçüsü157,76 Kb.
#68775
1   2   3   4   5   6   7
Maxammadiyev N 3-amaliy mashg\'ulot

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AGROSANOAT MAJMUI VA QISHLOQ XO‘JALIGIDA RAQAMLASHTIRISH TIZIMINI RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ““Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 5-oktabrdagi PF-6079-son Farmoni hamda “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 28-apreldagi PQ-4699-son qaroriga muvofiq, shuningdek, qishloq va suv xo‘jaligida raqamli va geoaxborot texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi agrar sohasini raqamlashtirishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin:


qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan, suv resurslaridan samarali foydalanish va ekinlar holatini nazorat qilishning idoraviy va idoralararo axborot tizimlarini joriy etish;
agrosanoat majmuidagi tashkilotlar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarni, shu jumladan, davlat xizmatlarini to‘liq elektron shaklga o‘tkazish;
qishloq xo‘jaligi sohasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish uchun davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida maqsadli loyihalarni amalga oshirish;
suv omborlari va irrigatsiya tizimlarida suv resurslaridan foydalanishni “onlayn” rejimida nazorat qilish texnologiyalarini joriy etish;
suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish, suvdan foydalanish va suv iste’moli hisobini yuritish hamda ma’lumotlar bazasini shakllantirish;
biznes-startap loyihalarni amalga oshirish va innovatsion faoliyat natijalarini tijoratlashtirish uchun agrar sohadagi tadbirkorlik subyektlariga ko‘maklashish.
2. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” davlat muassasasini (keyingi o‘rinlarda — Markaz) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
3. Belgilansinki:
Markaz agrosanoat majmuida “Raqamli qishloq xo‘jaligi” axborot tizimining yuritilishi uchun mas’ul tashkilot sifatida faoliyat ko‘rsatadi;
“Raqamli qishloq xo‘jaligi” axborot tizimi davlat organlarining axborot tizimlari tarkibiga kiradi hamda O‘zbekiston Respublikasi milliy axborot tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi;
“Raqamli qishloq xo‘jaligi” axborot tizimi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilar, ta’minotchilar hamda qayta ishlash tashkilotlari o‘rtasida o‘zaro iqtisodiy hamkorlikni amalga oshirish imkoniyatini beruvchi platforma bo‘lib xizmat qiladi.
4. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
“Raqamli qishloq xo‘jaligi” axborot tizimida va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimida dasturiy mahsulotlarning uzluksiz ishlashini ta’minlash;
agrosanoat va oziq-ovqat sohasiga oid ma’lumotlar bazasini yaratish;
agrosanoat majmuidagi barcha vazirlik, idora va tashkilotlar hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ma’lumotlar uzatish tarmog‘ini loyihalashtirish;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va sotish jarayoniga elektron tijorat amaliyotini joriy etish;
agrosanoat majmuidagi vazirlik, idora va tashkilotlarga interaktiv davlat xizmatlaridan, jumladan, internet jahon axborot tarmog‘idagi shaxsiy kabinet orqali foydalanishda ko‘maklashish;
“Aqlli qishloq xo‘jaligi” texnologiyalarini joriy etish uchun texnologik sharoitlar yaratish;
agrosanoat majmui uchun maxsus dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish va tatbiq etish, integratsiyalashgan yagona axborot tizimi ish faoliyatini tashkil etish hamda belgilangan tartibda ochiq turdagi ma’lumotlardan foydalanishni ta’minlash;
axborot xavfsizligini ta’minlash doirasida qo‘llaniladigan maxsus dasturiy mahsulotlarni joriy etish. Bunda Markazning mavjud ichki axborot tizimlaridan va “Raqamli qishloq xo‘jaligi” axborot tizimidan foydalanishda axborot xavfsizligi xavflarini aniqlash va ularning oldini olish choralarini ko‘rish;
agrosanoat majmuidagi vazirlik, idora va tashkilotlarga hisoblash va aloqa vositalarini ta’mirlash hamda tiklash bo‘yicha texnik xizmat ko‘rsatish.
Yüklə 157,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin