Kommunal xizmatlarni ko’rsatuvchi subyektlarda buxgalteriya hisobi



Yüklə 445,7 Kb.
tarix04.10.2023
ölçüsü445,7 Kb.
#152216
3-mavzu


KOMMUNAL XIZMATLARNI KO’RSATUVCHI SUBYEKTLARDA BUXGALTERIYA HISOBI.
Kommunal xizmatlar xarajatlarini kalkulyatsiyalashda ishlab chiqarish va xizmatlarni bevosita iste’molchiga sotishdan iborat bo’lgan ishlarning butun texnologik tsikli hisobga olinadi.
Bunda, suv ta’minoti xizmatlari tannarxiga suv olish inshootlari, nasos stantsiyalari, tozalash inshootlari, muhandislik tarmoqlariga xizmat ko’rsatish va ularni ta’mirlash bo’yicha xarajatlar kiritiladi.
Suv ta’minoti tashkilotining moddiy xarajatlari ko’tarilgan suv hajmi hamda 1 kub. m suvni tozalash uchun tasdiqlangan me’yoriy reagentlar (xlor, kogulyant va boshqa materiallar) xarajatidan kelib chiqib aniqlanadi.
Quvvatli va yoritish energiyasi xarajatlari artezian va daryo vodoprovodi bo’yicha chiqarilgan suv hajmiga muvofiq elektr energiyasining taqqoslama me’yorlari, energiya uskunasining belgilangan quvvati va belgilangan quvvatning 1 kVt/soat va 1 kVt uchun amaldagi tariflar bilan hisoblab chiqiladi.
Kanalizatsiya tashkilotlarida moddiy xarajatlar (xlor, xlorli ohak va suv havzalariga oqizib yuborishdan oldin zararsizlantirish uchun ishlatiladigan boshqa materiallar) oqindi suvning chiqarilgan va tozalangan hajmidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Ushbu xarajatlar miqdori tozalangan oqova suv miqdorini materiallar xarajatining qabul qilingan taqqoslama me’yorlariga va materiallar qiymatiga ko’paytirish yo’li bilan aniqlanadi.
Bir tashkilot tomonidan suv ta’minoti va kanalizatsiya xizmati ko’rsatilganda suv ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlari kalkulyatsiyasi alohida tuziladi, bunda bilvosita moddiy xarajatlar, ishlab chiqarish xususiyatiga ega ustama xarajatlar, bilvosita mehnat xarajatlari, davr xarajatlari va moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar ushbu xizmatlar turlari bo’yicha ishlab chiqarish xodimlarining asosiy ish haqiga mutanosib taqsimlanadi.
Kommunal xizmatlarni (suv ta’minoti, kanalizatsiya, issiq suv ta’minoti va markaziy isitish xizmati) etkazib beruvchi tashkilotlar xarajatlarini kamaytirishni rag’batlantirish maqsadida ushbu xizmatlarga tariflarni shakllantirishda 10 foizdan ko’p bo’lmagan miqdorda cheklangan rentabellik darajasi (sof foydaning ishlab chiqarish tannarxiga nisbati) belgilanadi.
Suv ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlari tariflarini tasdiqlash yoki keyinchalik qayta ko’rib chiqishda oshishining 10 foizi vodoprovod-kanalizatsiya xo’jaligining daromadlari hisobidan qoplanadi. Ushbu maqsadlarda tashkilotlar tomonidan yo’qotish va xarajatlarni qisqartirishga, resurslarni tejovchi texnologiyalar joriy qilishga, boshqaruv tuzilmasi va ma’muriy-boshqaruv xodimlari sonini takomillashtirish va boshqa choralarga yo’naltirilgan aniq chora- tadbirlarni tashkil etish yo’li bilan qo’shimcha daromadlar olish yoki xarajatlarni kamaytirishning ichki zaxiralari qidirib topiladi.
Issiqlik ta’minoti xizmatlariga tariflarni shakllantirishda qozonxona uskunalari va issiqlik tarmoqlarini mukammal ta’mirlashni o’tkazishga davlat byudjeti (davlat subsidiyalari) hisobidan ajratilgan mablag’lar issiqlik ta’minoti tashkilotlari xarajatlaridan chiqariladi.
O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 129-moddasiga muvofiq Davlat subsidiyasidan daromadlar soliq solishda jami daromadga kiritilmaydi.
Ulgurji iste’molchilar uchun issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun tariflarni hisoblash uchun, issiqlik ta’minoti tashkilotlarning etkazib berilgan issiqlik energiyasi hajmi xizmatning barcha iste’molchilarini hisobga olgan holda daromadlarini aniqlash zarur. Bunda daromadlar aniq davr (yil) ushbu tarmoqni yaqin davrlar (yil) da rivojlanish istiqboli hamda ko’zda tutilayotgan tashqi omillar (energiya resurslari, materiallar narxlari, tashish tariflari, tarif stavkalari va lavozim maoshlarining o’zgarishi) ning ta’siri isitish mavsumining me’yoriy davomiylik muddatini (S), zaruriy foydani (Fz) hisobga olgan holda amalga oshiriladi
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 30 iyuldagi 271- son "Uy-joy-kommunal xizmatlarning o’z xarajatlarini o’zi qoplashiga bosqichma- bosqich o’tish munosabati bilan me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash to’g’risida"gi qaroriga muvofiq aholiga markaziy isitish va issiq suv ta’minoti uchun issiqlik energiyasi me’yorlari miqdori Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Yüklə 445,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin