3-Amaliy. Metralogiyaning asosiy aksiomalari va postulatlari


Metrologiyaning asosiy postulatlari



Yüklə 16,68 Kb.
səhifə3/4
tarix07.04.2023
ölçüsü16,68 Kb.
#94682
1   2   3   4
3-Amaliy

3.2. Metrologiyaning asosiy postulatlari


Ushbu mavzuni ko‘rib chiqishdan oldin birgalikda oddiygina bir tajriba qilib ko‘ramiz:
Bir dona chiroyli olma olamiz (haqiqiy, iste’mol qilinadigan olma). Uni biror bir tarozida, masalan savdo do‘konlaridagi o‘lchash tarozisida tortib ko‘ramiz. Aytaylik massasi 74 g chiqdi. So‘ngra uni kattaroq, masalan qoplangan mahsulotlarni tortadigan erga qo‘yiladigan tarozida o‘lchab ko‘ramiz. Endi olgan qiymatimiz 75 g. Keyin xuddi shu olmani yuk avtomobillarining massasini (10 tonnagacha) o‘lchaydigan katta tarozida o‘lchaymiz. Bu tarozi olmaning massasi yo‘q deb uning og‘irligini sezmaydi. Endi oxirgi tajriba, olmani bir necha bo‘laklarga bo‘lib, laboratoriya tarozisida har bir bo‘lakni tortamiz va yakuniy natijani hisoblaymiz. Olingan qiymatimiz quyidagicha bo‘lishi mumkin - 74,3718 g. Qarang-a, to‘rt xil o‘lchash vositasida to‘rt xil qiymat oldik.
Xo‘sh, qaysi bir qiymatni haqiqiy deb olishimiz mumkin. Aslida, olmaning massasi qanday? Albatta, tajribada ko‘rilayotgan olmaning aynan olingan qiymati mavjud. Bu qiymatni biz chinakam qiymat deb ataymiz.
CHinakam qiymat kattalikni miqdor jihatdan har tomonlama, bekami-ko‘st va butkul tavsiflaydigan qiymat hisoblanadi. Ammo, uni aniq o‘lchash imkoniyati mavjud emas. SHuni ko‘rib chiqamiz:
Faraz qilaylik, o‘ta aniq o‘lchaydigan tarozi topdik va olmaning massasini aniqlamoqchimiz. Lekin bu tarozida aniq bir to‘xtamga kelgan qiymatni ololmaysiz. CHunki olmadan juda oz miqdorda (1-2 molekula bo‘lsa ham) namlik kamayib turadi. Demak aniq qiymatni ololmaysiz. Biz hozir aniq o‘lchaydigan vosita bor deb hisoblayapmiz. Lekin aslida bunday o‘lchash vositasi yo‘q va bo‘lmaydi ham. Nima uchun deyishingiz tabiiy, albatta. Agar o‘zga sayyoraliklar kelib bizga aynan shunday, bekami-ko‘st, mutlaqo aniq o‘lchaydigan asbob olib kelib berishganda ham quyidagi paradoks bo‘lishi tabiiy. Metrologik nuqtai nazardan o‘lchash vositasiniig muayyan metrologik tavsiflari mavjud bo‘lib, bu tavsiflarga ega bo‘lgandan so‘nggina biz olingan natijani baholashimiz mumkin. Biz aytayotgan o‘lchash vositasini metrologik tavsiflash uchun undan ham aniq o‘lchaydigan boshqa asbob kerak bo‘ladi. Bu xuddi analginning tarkibida kofein bor, kofeinning tarkibida kodein, kodeinning tarkibida esa analgin bor degandek gap. Xullas, kattalikning chinakam qiymatini o‘lchab bo‘lmaydi. Modomiki, chinakam qiymatni o‘lchash imkoni yo‘q ekan, o‘lchash amalida qiymati unga yaqin bo‘lgan va uni o‘rniga ishlatilishi mumkin bo‘lgan boshqa qiymat, ya’ni haqiqiy qiymat qo‘llaniladi. Bu xususda metrologiyaning uchta asosiy postulatlari mavjud:

Yüklə 16,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin