2.3. Steklar
Stek bu LIFO (Last In - First Out - "oxirgi kelgan – birinchi ketadi"), shunday o‘zgaruvchan uzunlikdagi ketma-ketlik, ro‘yhatki, unda tuzilmaga elementlarni kiritish va chiqarish amallari bir tomondan, ya’ni stek uchidan amalga oshiriladi. Stek ustida bajariladigan asosiy amallar:
yangi elementni qo‘shish;
elementni o‘chirish;
stek elementlar sonini aniqlash;
stekni tozalash.
Stekni statik xotirada vektor ko‘rinishida ifodalashda stek uzunligini ko‘rsatuvchi ko‘rsatkich ishlatiladi. Bu ko‘rsatkich stekdagi 1-bo‘sh joyni ko‘rsatadi. Dastlab hali stek bo‘shligida bu ko‘rsatkich R=0 bo‘ladi. Quyidagi rasmda stekda 6 ta element mavjudligi uchun R=7 bo‘ladi (2.2-rasm).
2.2-rasm. Stek tuzilmasi
Stekka yangi element kiritilayotganda stek ko‘rsatkichi (R) ko‘rsatayotgan adresga yoziladi va shundan keyin bu ko‘rsatkich bittaga oshiriladi. Stekdan elementni o‘chirishda ko‘rsatkichning qiymati bittaga kamaytiriladi va shu adresdagi element o‘chiriladi. Stekni tozalash amalini bajarish uchun stek ko‘rsatkichi R ga stek uchun ajratilgan xotira sohasining boshlang‘ich adresi qiymati beriladi. R stekdagi elementlar sonini bildiradi.
C++ tilida stekni statik ko‘rinishda, ya’ni bir o‘lchamli massiv ko‘rinishida amalga oshirishga misol:
Masalaning qo‘yilishi: Elementlari butun sonlardan iborat stekning juft qiymatli elementlari o‘chirilsin. Aytaylik, stek uchun 10 ta joy ajratilgan bo‘lsin, bunda dastlab stek bo‘shligi sababli R=0 bo‘ladi. Stekga yangi element qo‘shish va chiqarish, stek bo‘shligini va to‘laligini tekshirish funksiyalaridan foydalanib shu masalani yechamiz.
Algoritm
Agar stek to‘lmagan bo‘lsa elementlarni kiritamiz. Stekning toq elementlarini saqlab turish uchun yangi b[] massiv e’lon qilamiz.
Agar stek bo‘sh bo‘lmasa, 3-qadamga o‘tish, aks holda 4-qadamga o‘tish.
Stek uchidagi elementni olamiz va juftlikka tekshiramiz. Agar element toq bo‘lsa b massivga joylaymiz. 2-qadamga o‘tish.
b massiv elementlarini teskari tartibda stekka joylash.
Stek tarkibini ekranga chiqarish.
Dostları ilə paylaş: |