Matnni o'qing va ushbu matn asosida tuzilgan topshiriqlarni bajaring. Hasan Basriyning oldiga bir kishi kelib dedi:
- Hazratim, Sizni bir kishi shunday g'iybat qildiki, asti qo’yaverasiz.
- Siz unikida bo’ldingizmi? - so'radi Hasan Basriy undan.
- Ha, — dedi u. — Meni tansiq taomlar, noz-ne’matlar bilan rosa mehmon qildi, ammo nohaq tuhmatlar bilan sizning sha’ningizni to'kdi.
- Siz uning tansiq taomlarini qorningga sig‘diribsiz-u, lekin g‘iybat gaplarini qabul qila olmabsiz-da. Shu gaplarni kelib menga aytishingiz to'g'rimi, inim? Ha, mayli, mana buni o‘sha g’iybatchiga eltib bering, - dedi Hasan Basriy qo'ynidan bir hovuch xurmo olib, — bu unga xizmat haqi.
- Nega, hazrat? Sizni g'iybat qilganga haq berasiz?! — deya hayratga tushib so'radi u.
- Chunki, — dedi Hasan Basriy, — u meni g’iybat qilib, shu paytgacha qilgan gunohlarimni o’ziniki qilib olibdi. Mana shuning haqiga beryapman-da xurmolarni, olib borib bering.
28.Tagiga chizilgan so'zning matndagi ma’nosini aniqiang.
A)xom holda iste’mol qilinadigan B)eng oson tayyorlanadigan
C)kam pishiriladigan, ammo sevib yeyiladigan, noyob D)bir-biriga o‘xshamaydigan, har xil
29.Qaysi javobda quyidagi gap matn mazmuniga mos ravishda to‘g‘ri davom ettirilgan?
Hasan Basriyga chaqimchilik qilgan kishi ....
A)o‘zgalarning mehr-muhabbatiga erishdi B)avvalo, o‘zi izza bo‘ldi.
C)xabar yetkazgani uchun mukofot oldi. D)bu ishidan o‘zi g‘ururlanib yurdi.
30.Quyidagi qaysi xulosalar matn mazmuniga mos kelmaydi?
A)Chaqimchilik va ikkiyuzlamachilik tuban illatlardir.
B)Har qanday holatda ham xushmuomalalik, vazminlik bilan ish tutmoq kishining fazilatidir.
C)Haqiqiy do'st o`z do'stini har doim qo`llab quvvatlaydi.
D)Birovlarning orqasidan gapirish, g`iybat qilish yaramas odatdir.