3-BOB. MARKETINGNING FUNKSIYALARI, VAZIFALARI VA TAMOYILLARI
3.1. Marketing funksiyalari va uning mazmuni
Marketing konsepsiyasini mazmuni marketing funksiyalarini amalga oshirish orqali hal etiladi. Marketing funksiyalari quyidagi guruhlarga bo‘linadi: • marketing tadqiqotlari; • mahsulot assortimenti ishlab chiqarish sohasini rivojlantirish; • sotish va taqsimot funksiyasi; • tovarni siljitish; • narxni tashkil etish funksiyasi; • marketing-menejment funksiyasi. 1. Marketing tadqiqotlari funksiyasida: • xalqaro bozorni tahlil etish; • sotish bozorini tadqiq etish; • iste’molchi ehtiyojlarini tadqiq etish; • marketing operatsiyalarini o‘rganish; • axborot to‘plash va qayta ishlash; • marketing-miks kompleksini tadqiq qilish; • raqobatlarni o‘rganish; • benchmarking; • talabni va sotishni prognoz qilish va boshqalar o‘rganiladi. Tahliliy funksiyada tashqi muhit omillari, bozor, uning elementlari va holati, iste’molchilar, bozorni tuzilishi, tovar va tovarni tuzilishi, shuningdek firmaning ichki muhiti tahlil qilinadi. Bunda firma rahbariyati tomonidan nazorat qilinadigan omillar- texnologik jarayon, moliyaviy ahvoli, tashkiliy tuzilish, bozorni tanlash va boshqalar hisobga olinadi. Tashqi muhit omillariga iste’molchilar, raqobat hukumat, iqtisodiyot, texnologiya, mustaqil ommaviy axborot vositalari kabi nazorat qilinmaydigan omillar kiradi.
51
2. Mahsulot yaratish funksiyasi orqali marketing faoliyatida yangi mahsulotlarni yaratish, yangi mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish, ishlab chiqarish sohasiga tovar raqobatdoshligi va sifatni boshqarish, shuningdek tovar siyosatini ishlab chiqish masalalari hal etiladi. 3. Sotish funksiyasi orqali tovarni taqsimlash va sotish siyosatini ishlab chiqish, savdo-taqsimot tarmog‘i orqali sotuvni tashkil etish, yuk tashishni va omborga joylashtirishni tashkil etish, tovar aylanmasini aniqlash, taqsimot tizimini fizik oqimlarini nazorat qilish va sotishni tahlil etish o‘rganiladi. 4. Tovarni siljitish funksiyasi natijasida sotishni rag‘batlantirish va reklama siyosatini ishlab chiqish; sotishni rag‘batlantirishni samarali vositalarini asoslash; tovarni siljitish to‘g‘risida multimedia texnologiyalarini asoslash; ichki firma reklamasini tashkil etish; sotuv ishlarini rag‘batlantirish; pablik rileyshnzni tashkil qilish va boshqalar to‘liq o‘rganiladi. 5. Narxni tashkil etish funksiyasi orqali narxni shakllanish strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish; sotuvni har bir bozori uchun har bir mahsulot uchun yashash davrini turli bosqichlarida narx matritsasini tuzish; joriy narxlar o‘zgarishi mexanizmini tuzish; raqobatchi narxini tahlil qilish; yangi mahsulot uchun narx belgilash kabilar hal etiladi. 6. Marketing-menejment funksiyasi esa marketingni boshqarishni tashkil etish; nazorat qilish, marketing xizmatini tashkiliy tuzilishini ishlab chiqish, marketing faoliyati tizimida boshqaruv qarorlarini optimallashtirish, audit, marketing xizmati faoliyati samaradorligini baholash kabilarni o‘rganadi. Marketing funksiyalari firmani boshqa funksiyalari, ya’ni ishlab chiqarish, kadrlar, moddiy texnika ta’minoti, moliyaviy, buxgalteriya hisobi funksiyalari bilan birga amalga oshiriladi. Marketingning funksiyalari xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning boshqa funksiyalaridan farqi shundan iboratki, marketing funksiyalari xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar, uning iste’molchilari, mijozlari o‘rtasida ayirboshlash jarayonini amalga oshirish va tashkil etishga qaratilgandir. Shuning uchun ham marketing funksiyalari
52
doimo o‘zgarib boradigan ehtiyoj hamda talabni shakllanishi, yaratilishi va rivojlanishiga ta’sir etadi.
3.2. Marketingning asosiy vazifalari
Marketing - bozorda vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni faollashtirish uslublarini, tovarlarni ishlab chiqarish hamda sotish muammolarini yaxlit, tizimli echish uslublarini, bozorda vujudga keladigan o‘zgarishlarga tezda moslashish, iste’molchilarga tabaqali yondashish, raqobatbardosh yangi tovarlarni vujudga keltirish va ularni ishlab chiqarishni tashkil etish, kon’yunkturani o‘rganish va prognoz qilish hamda ta’sirchan reklamani rivojlantirish masalalarini o‘rganishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygandir. Marketingni vazifalari quyidagi 3.1 – rasmda berilgandir.
3.1-rasm. Marketingni vazifalari
Bunga erishish uchun marketing quyidagi muhim vazifalarni hal etishi lozim: • xaridorlar ehtiyojini o‘rganish va aniqlash; • narxning faoliyatini xaridorlar ehtiyojiga moslashtirish; • talab va taklif to‘g‘risida olingan ma’lumotlar asosida bozorni o‘rganish;
MARKETING
Mahsulotlarni sotish Mahsulotlarni
ishlab chiqarish
•Sifat •Xarajatlar •Qo’yiladigan talablar
Bozorga ta’sir o‘tkazish choralari
•Sotuvni tashkil etish •Savdo •Reklama
Bozorni o‘rganish
•Talab •Taklif
53
• tovarlar reklamasini tashkil etish, xaridorlarni tovarlarni sotib olishga qiziqishini orttirish; • tovar yaratuvchi yoki uni sotuvchi narx tadqiqotlarini amalga oshirish uchun ma’lumotlar to‘plash va tahlil qilish; • tovarni bozorga chiqarishdagi barcha xizmatlar to‘g‘risida ma’lumotlar olish; • to‘ldiruvchi tovarlar va o‘rnini bosuvchi tovarlar to‘g‘risida axborot yig‘ish; • tovarlarga bo‘lgan talabni istiqbollash, ularni amalga oshirishni nazorat qilishdan iboratdir. Marketingni bosh vazifasi korxonaning mavjud va potensial imkoniyatlarini baholash va amalga oshirish hamda bozorda talab va taklifni muvofiqlashtirish maqsadida imkoniyatlarni aniqlashdan iborat. Marketing yoki tadbirkorlik faoliyati aniq natijaga erishish maqsadida amalga oshiriladi. Marketingni asosiy maqsadlari firmaning asosiy maqsadlari bilan o‘zaro aloqadordir. 3.1-jadval Korxonaning asosiy maqsadi
Maqsadlar
Ko‘rsatkichlar
Bozorni egallash
Bozor ulushi, aylanma, tovarni roli va ahamiyati, yangi bozorlarni qamrab olish
Rentabellik
Foyda, aylanmaga nisbatan rentabellik, shaxs kapitalini rentabelligi, umumiy kapitalni rentabelligi
Moliyaviy barqarorlik
Kreditga layoqatligi, likvidligi, o‘z-o‘zini moliyalashtirish darajasi, kapitalni tuzilishi
Ijtimoiy maqsadlar
Ish bilan qoniqish, daromad darajasi va ijtimoiy himoya, ijtimoiy integratsiya, shaxsiy rivojlanish
Bozordagi pozitsiya va prestij
Mustaqilligi, imij, siyosiy sharoitga munosabati, jamiyatni tan olishi
Firmaning asosiy maqsadlariga quyidagilar kiradi: • bozorni egallash;
54
• rentabellik; • moliyaviy barqarorlik; • ishlab chiqarishni ijtimoiy omillarini ta’minlash; • bozordagi mavjud va prestijni tashkil tatbiq mustahkamlash. Marketing maqsadlari tahlili unga erishish bo‘yicha asosiy vazifalarni shakllantirishga imkon beradi. Meffert 1986 yilda 3 ta o‘zaro bog‘liq marketingni kompleks vazifalarini ajratib ko‘rsatadi: 1. Talabni tartibga solish bilan bog‘liq bo‘lgan bozor faoliyatiga kiruvchi vazifalar. 2. Firma yoki korxona sohasiga taalluqli vazifalar. 3. Tashqi muhit va jamiyat tashkilotlari bilan bog‘liq masalalar. Marketing vazifalari natijasida marketing jarayonini barcha bosqichlariga mos keluvchi marketing funksiyalari shakllanadi va doimo tartibga solib boriladi.
3.3. Marketingning asosiy tamoyillari
Korxona faoliyatini boshqarish tizimi sifatida, marketingni asosiy qoidalari bo‘lib, uning marketing faoliyatini samarali amalga oshirishning asosida muayyan tamoyillar yotadi. Ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi: -mavjud va potensial iste’molchilar ehtiyojini aniq bilgan holda tovar yoki xizmatga bo‘lgan talabini qondirishga yo‘naltirish; -barcha zvenolar faoliyatini xo‘jalik mexanizmini yagona tizimiga birlashtirib, ularni oxirgi amaliy natijalari erishishga yo‘naltirishni ta’minlash; -korxonaning ishlab chiqarish hamda tijorat faoliyatini uzoq muddatli natijadorligini ta’minlash; -iste’molchilarni o‘zgarib turuvchi talablariga faol moslashish maqsadida, korxona xulq-atvori strategiyasi hamda taktikasini birlashtirib, bir vaqtning o‘zida, ularning ehtiyojlarini shakllantirish va rag‘batlantirishga ta’sir o‘tkazish.
55
Ijtimoiy ahamiyati nuqtai nazaridan to‘rtta marketingni muqobil maqsadlarga ajratiladi. 1. Iste’mol darajasini oshirish; 2. Iste’molchilarni qondirilishini maksimallashtirish; 3. Iste’mol tanlovini maksimallashtirish; 4. Turmush tarzini (sifatini) oshirish. Iste’mol darajasini oshirish ishlab chiqaruvchilar foydasini o‘sishga olib keladi, ishlab chiqarishni va xizmatlar sohasini rivojlantirishga, shuningdek ishsizlikni kamayishiga olib keladi. Iste’molchilarni qondirilganligini maksimallashtirish iste’mol kutayotgan tovar (xizmat) xossalariga to‘liq mos kelishiga erishishni ko‘zlaydi. Iste’mol tanlovini maksimallashtirish iste’molchilarga shunday tovar (xizmat)larni turli xillarini ko‘rsatib, ularning xodimlariga to‘liq mos keluvchi bozorda tovarlarni qidirib topish mumkin bo‘lgan tovarlarni mujassamlashtiradi. Turmush sifatini oshirishda marketing tovarlarni sotish, sifatini ta’minlash va tovar (xizmat) narx bo‘yicha maqbul bo‘lish emas, balki jismoniy va moddiy jihatdan sifatni anglatadi. Marketingning asosiy tamoyillari: 1. Iste’molchiga yo‘naltirilganlik. 2. Kelgusiga yo‘naltirilganlik. Ishlab chiqaruvchi marketing faoliyatini qisqa muddatli natijalariga emas, balki uzoq muddatli natijalariga mo‘ljalni olgan bo‘lishi kerak. 3. Oxirgi amaliy natijalarga erishishga yo‘naltirilganlik. Marketing faoliyati natijasi bozor ulushi, sotish hajmi, foydaning o‘sishi bilan belgilanadi. Marketing tamoyillari marketing asosini va uning mohiyatini ochib beruvchi holat, talabdir. Marketingni mohiyati – tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish albatta iste’molchiga, talab ishlab chiqarish imkoniyatlarini doimo bozor talabiga mo‘ljallashdan iborat. Marketing mohiyatidan quyidagi asosiy tamoyillar kelib chiqadi:
56
• iste’molchilarga nima kerak bo‘lsa o‘shani ishlab chiqarish kerak; • bozorga tovarlar va xizmatlar taklifi bilan emas, balki iste’molchilarn muammolarini echish vositalari bilan ishlash; • tovar ishlab chiqarishni ehtiyoj va talabni tadqiq qilgandan so‘ng tashkil etish kerak; • firmani ishlab chiqarish-eksport faoliyatining oxirgi natijalariga konsentrlashganini kuchaytirish; • marketing konsepsiyasi vositalarini qo‘llash asosida marketing dasturini shakllantirishga olib keluvchi qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun kompleks yondashish va maqsadli dastur uslubini ishlatish; • tovarni iste’molchiga siljitishni barcha bo‘g‘inlarini marketing bilan qamrab olish maqsadida bir vaqtni o‘zida maqsadli yo‘naltirilgan ta’sir asosida bozor talabiga mos keluvchi tovar ishlab chiqarish strategiya va taktikasini qo‘llash; • korxona faoliyatini va marketing xizmatini bozorda tovar xulq-atvorini prognoz qilishi va strategik rejalashtirishni amalga oshirish asosida samarali kommunikatsiyani uzoq muddatli istiqboliga mo‘ljal olish; • tovarni yashash davrini barcha bosqichlarini ishlab chiqarish va tovar taqsimlashni ijtimoiy va iqtisodiy omillarini hisobga olish; • tashkilot va tarmoqlar rejasiga nisbatan bozorni birlamchi ekanligini eslash; • talab va taklifni balanslashtirish maqsadida rejalarni tarmoqlararo korrdinatsiyalash va o‘zaro ta’sirini ushlab turish; • tovar bozori yoki firma imiji (obro‘yi) va raqobatli ustunlikni qidirish va shakllantirish jarayonida aniq holatda agressivlikka, hujumkorlikka, faollikka intilish, umumiy holda marketingning asosiy tamoyillari – bu bozorni bilish, unga moslashish va bozorga ta’sir o‘tkazishdan iborat. Xulosa qilib aytganda, marketingning mohiyati va maqsadlaridan quyidagicha asosiy tamoyillari kelib chiqadi: • iste’molchilarga yo‘naltirilgan tamoyil, ya’ni iste’molchi shohdir;
57
• istiqbolga yo‘naltirilgan tamoyil, ya’ni sub’ekt faoliyati istiqbolga yo‘naltirilgan bo‘lishi zarur; • pirovard ko‘rsatkichga erishishga yo‘naltirilgan tamoyil, ya’ni bozor ulushini, foydani oshishi va hokazolar. 3.4.Talabning holati va rivojlanishiga ko‘ra marketingning turlari
Marketing talabni qondirishga qaratilgan faoliyat bo‘libgina qolmay, balki talabga ta’sir ham qilishdir. Xo‘sh, bu ta’sir qanday bo‘lishi kerak, boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishga o‘tish va yangi talabni vujudga keltirish kerakmi? Marketing faoliyatining bu aniq maqsadlarini - bozorda mavjud bo‘lgan vaziyatni hisobga olish bilan, xaridorlar qiziqish darajasi bilan, korxonaning o‘z iqtisodiy va ijtimoiy vazifalari bilan, u yoki bu bozorga kirishi bilan aniqlanadi. Shunday qilib, talab marketing maqsadini, shu bilan birga kerakli marketing strategiyasini tanlashga imkon beradi. Bir necha talab darajasini va unga mos keluvchi bir qancha strategiyasini alohida ajratib ko‘rsatish mumkin. Quyidagi talab darajasi va unga mos keluvchi marketing strategiyasini ko‘rib chiqamiz. 1. Salbiy talab. Agar xaridorlarning ko‘pchilik qismi tovarni qabul qilmasa va undan qochsa, bozor salbiy talab vaziyatida bo‘ladi. Marketing xizmatlarining vazifasi - nima uchun bozor tovarni qabul qilmayapti, marketing dasturi tovarlarni mukammallashtirish orqali, narxlarni pasaytirish orqali tovarga bo‘lgan qarashlarni o‘zgartirish mumkinligini tahlil qilish va talabni yanada faol qo‘llab-quvvatlashdir. 2. Mavjud bo‘lmagan talab. Iste’molchilar tovar bilan qiziqmasliklari va e’tibor bermasliklari mumkin. Bu holda marketingning vazifasi - xaridorlarda ushbu tovarga nisbatan qiziqish uyg‘otishdir. 3. Yashirin talab. Ko‘pgina iste’molchilar bozorda mavjud bo‘lgan tovarlar va xizmatlar bilan qondirilishi mumkin bo‘lmagan talabga ega bo‘ladilar. Bu holda marketingning vazifasi - potensial bozor hajmini aniqlash va talabni qondirishga qodir bo‘lgan samarali tovarlar yaratishdan iborat.
58
4. Pasayayotgan talab. Ertami-kechmi, har qanday korxonaning bir yoki bir necha tovariga bo‘lgan talabning pasayishiga duch keladi. Bu sharoitda kon’yunkturaning pasayish sabablarini tahlil qilish lozim va yangi maqsadli bozorlar topish yo‘li bilan, tovar xususiyatlarini o‘zgartirish yoki yanada samarali aloqalar (kommunikatsiya) o‘rnatish bilan tovar etkazib berishni rag‘batlantirish mumkinligi aniqlanadi. Bu erda marketingning vazifasi - pasayib borayotgan talabning oldini olish uchun, tovarni taklif qilishga ijodiy yondashish lozimligini unutmaslikdir. 5. Doimiy bo‘lgan talab. Ko‘pchilik korxonalarda tovar etkazib berish mavsumiy, kundalik va hattoki soatbay tebranishga ega. Bu korxonalarning asosiy fondlarini kam yoki ko‘p yuklash muammosini tug‘diradi. Masalan, jamoa transportining asosiy qismida «tig‘iz vaqtda» yo‘lovchilar haddan ziyod ko‘p bo‘ladi. Bu vaziyatda marketingning vazifasi - o‘zgaruvchan (egiluvchan) narxlar yordamida, rag‘batlantirish va boshqa ta’sir qilish usullari orqali talabning vaqt bo‘yicha tebranishini tekislash yo‘llarini izlashi lozim. 6. To‘laqonli talab. Bu talab to‘g‘risida tadbirkorlar o‘z savdo tushumlaridan, foydalaridan to‘liq qoniqish olgan holdagina gapiradilar. Marketing vazifasi iste’molchilarning tovarni ustun ko‘rishi va raqobatning kuchayishiga qaramasdan talabning mavjud darajasini ushlab qolishga harakat qilish lozim. Bu sharoitida tovar sifatini yanada oshirish, unga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, tovarning iste’molni qondirish darajasini doimiy nazorat qilish birinchi o‘ringa chiqadi. 7. Haddan tashqari yuqori bo‘lgan talab. Bozordagi talabni qondirish mumkin bo‘lgan darajadan talab darajasi yuqori bo‘ladi. Bu holda marketingning vazifasi - talabning vaqtinchalik yoki doimiy ravishda pasaytirish yo‘lini izlab topishdir. Bu vaziyatda narxlarni ko‘tarish orqali, talabni qisqartirishga qaratilgan rag‘batlantirishlar, servisni pasaytirish va boshqa choralar yordamida haddan tashqari yuqori bo‘lgan talabni kamaytirishga harakat qilinadi. Bu vaziyatda marketingning maqsadi - talabni butunlay yo‘q qilish emas, balki faqatgina uning darajasini pasaytirishdan iborat. 8. Noratsional talab. Tovarga bo‘lgan talabga qarshi harakat qilish, sog‘liqqa zararli tovarlarga talabni kamaytirish aniq maqsadli harakatlarni talab qiladi, tamaki
59
mahsulotlari, spirtli ichimliklarning tarqalishiga qarshi turli tadbirlar o‘tkaziladi. Marketingni vazifasi mahsulot zarari to‘g‘risida ma’lumotlar tarqatish, narxlarni ko‘tarish va tovarlarga egalik qilishni cheklashlar orqali, iste’molchilarni o‘z odatlaridan voz kechishga ishontirish. Shunday qilib, talabning 8 holatiga to‘xtalib o‘tdik. Mana shu holatlarning har biriga to‘g‘ri keladigan marketing turlari quyidagi rasmda keltirilmoqda.
3.2-rasm. Talab har xil holatlarda qo‘llaniladigan marketing turlari
Konversion marketing - salbiy talabni bosib o‘tishga yordam beradi, ya’ni yo‘q joyda talabni vujudga keltiradi, bunga ishontirish va tovar to‘g‘risidagi yolg‘on ma’lumotlarni inkor etish orqali erishiladi. Masalan, urushdan keyingi yillarda sotuvda, sanoatda ishlab chiqilgan mayonez paydo bo‘ldi. Xaridorlar buni tezda qabul qilmadilar. Faqatgina reklama vositasi bilangina mahsulotga talab vujudga keltirildi va taklif muvozanatlashtirildi.
Konvertsiyali-talab yo‘q (salbiy), uni vujudga keltirish shart.
Rag‘batlantiruvchi-talab umuman yo‘q, uni vujudga keltirish kerak.
Rivojlanuvchi-talab mavjud, uni real holga keltirish kerak.
Remarketing-talab pasaymoqda, uni qayta tiklash kerak.
Demarketing-talab haddan tashqari ko‘p, uni pasaytirish kerak.
Sinxromarketing-talab o‘zgarib turibdi, barqarorlashtirish kerak.
Qo‘llab-quvvatlovchi marketing-talab korxona imkoniyatlariga to‘g‘ri keladi, uni barqaror holga keltirish kerak.
Qarshi turuvchi marketing-irratsional talab shakllangan, uni nolga tushirish kerak.
Marketing turlari
60
Rag‘batlantiruvchi marketing - talabni uyg‘otadi, tovarlar xaridorni qiziqtirmasa va bugungi kunda o‘z qiymatini yo‘qotgan bo‘lsa, tovarlar noto‘g‘ri joylashtirilgan bo‘lsa va boshqa bir necha hollarda talab mavjud bo‘lmasligi mumkin. Bunday sharoitda rag‘batlantiruvchi marketingning maqsadi iste’molchi bilan tovar o‘rtasida foydali o‘zaro aloqa o‘rnatishdan, imkoniyatlarni yaratishdan va talabni yaratishdan iboratdir. Potensial talab mavjud, uni real talabga aylantirish kerak. Bu sharoitda rivojlanuvchi marketing turidan foydalaniladi. Potensial talabni real talabga aylantirish uchun birinchi navbatda yangi tovarlar yaratish ustida ishlash kerak, ya’ni talabni yangi sifat darajasida qondirishga erishish kerak. Rivojlanuvchi marketing - yashirin talabni qamrab oluvchi va uni real talabga aylantiruvchidir. Talabning pasayishi turli davrlarda har qanday tovar duch keladigan hodisa. Bu holatda Remarketingdan foydalaniladi. Remarketingning maqsadi talabni tiklash zarurligini bildiradi, ya’ni tushib borayotgan talabni jonlantirishdir. Talab o‘zgarib turadi, talabni stabillash kerak. Bu holatda sinxromarketing turidan foydalaniladi. Sinxromarketing - tebranib turuvchi talabni nisbatan barqarorlashtirishga va uni tartibga solishga yordam beradi. Bunday talab mavsumiy va boshqa tebranishlar bilan xarakterlanadi. Buning natijasida tovar taklifi talabga to‘g‘ri kelmaydi. SHuning uchun sinxromarketingning strategiyasi talab va taklif me’yorini tekislashdan iborat. Talab firmaning imkoniyatlariga aniq javob beradi, talabning bir tekisda bo‘lishiga erishish kerak. Bu sharoitda qo‘llab-quvvatlovchi marketing turidan foydalaniladi. Qo‘llab-quvvatlovchi marketing - tovarlar va xizmatlar assortimentini to‘ldirish, yangilash va narxlarni pasaytirish orqali mavjud bo‘lgan talab va ehtiyoj darajasini saqlab qolishga imkon beradi. Talab haddan tashqari yuqori, talabni pasaytirishga erishish lozim. Bu holatda demarketing turidan foydalaniladi. Demarketingning maqsadi narxni ko‘tarish, servisni qisqartirish yo‘li bilan talabni vaqtinchalik yoki surunkasiga pasaytirishdan iborat.
61
Nosog‘lom talab sog‘liq uchun zararli bo‘lgan tovarlarga nisbatan paydo bo‘ladi. Bunda qarama qarshi harakatlanuvchi marketing noratsional ehtiyojlarni qondiruvchi talab va xizmatlarga bo‘lgan talabni kamaytirish yoki butunlay yo‘q qilishga xizmat qiladi. Bunga antireklama vositasida erishiladi.
Nazorat va mulohaza uchun savollar 1. Marketingni asosiy tamoyillarini qisqacha tushuntirib bering? 2. Marketingni asosiy vazifalari nimlardan iborat? 3. Marketingni asosiy funksiyalarini tushuntirib bering? 4. Talabning holatiga ko‘ra va bozorni rivojlanishiga ko‘ra marketingni qanday turlarini bilasiz? 5. Sinxromarketing mazmunini tushuntirib bering? 6. Rag‘batlantiruvchi va rivojlanuvchi marketingni farqini tushuntirib bering? 7. Bozorni o‘rganish va bozorga ta’sir etish deganda nimani tushunasiz? 8. Konversion marketing va demarketing o‘rtasidagi farqlarni tushuntirib bering? 9. Korxonaning (firma) asosiy maqsadi nimadan iborat? 10. Bozorni bilish deganda nimani tushunasiz?
62
4-BOB. MARKETING FAOLIYATINI AXBOROT TA’MINOTI