O`tilgan mavzu yuzasidan o`quvchilarni baholash. O`tilgan mavzu yuzasidan tayanch so`z va tushunchalar yozilgan kartochkalar o`quvchilarga tarqatiladi.
Chizma nima?
Qalam turlari nechta va qaysilar?
Format so`zining ma’nosi va format turlari?
Masshtablarni ketma-ketlik bilan sanab bering?
Ikki nuqtali shtrix punktr chiziqning vazifasi?
Chizmachilik fanining asoschisi kim?
maktab darslarida ishlatiladigan guniyalarning burchak o`lchamlari?
Chizmaning asosiy yozuvi formatning qaysi qismiga joylashtiriladi?
Chiziq turlarini sanab bering?
Shrift o`lchamlarini ketma-ketlik bilan sanab bering?
Guruh o`quvchilari savollarga bergan javoblariga qarab rag`batlantiruvchi kartochkalar bilan taqdirlanadi.
Yangi mavzu bayoni: Ko`rinishlar. Bosh va asosiy ko`rinishlar. Qo`shimcha va mahalliy ko`rinishlar. Ko`rinish deb – buyumning kuzatuvchiga nisbatan ko`rinib turgan tomoni tasviriga aytiladi.
Ko`rinishlar bosh va asosiy ko`rinishlarga bo`linadi. Buyum haqida eng ko`p ma`lumot beradigan ko`rinish bosh ko`rinish deb ataladi. Bosh ko`rinish frontal (V) proyeksiyalar tekisligiga chiziladi. Bosh ko`rinish shunday joylashtirilishi kerakki, buyumning shakli va o`lchamlari tog`risida tasavvur qilish imkoni bo`lsin.
Detal chizmasi chizilayotganda ko`rinishlar soni eng kam bo`lishiga, ammo unda detal to`g`risida to`liq ma’lumot berilishiga harakat qilinadi.
Asosiy proyeksiya tekisliklari sifatida kubning olti yog`i qabul qilingan:
1-chizma
2-chizma
Buyumning frontal proyeksiyalar tekisligiga qarab turgan tomoni olddan ko`rinish yoki bosh ko`rinish, buyumning gorizontal proyeksiyalar tekisligiga qarab turgan tomoni ustdan ko`rinish va buyumning profil proyeksiyalar tekisligiga qarab turgan tomoni chap tomondan ko`rinish deb ataladi.
Demak, asosiy ko`rinishlar oltita bo`lib ular quyidagicha nomlanadi: 1-olddan ko`rinish, 2-ustdan ko`rinish, 3-chapdan ko`rinish, 4-o`ngdan ko`rinish, 5-ostdan ko`rinish, 6-orqadan ko`rinish (2-chizma).
Chizmada ko`rinishlar sonini kamaytirish maqsadida ko`rinishlarda buyumnmg ko`rinmaydigan qismlari shtrix chiziq bilan chiziladi.
Chizmada asosiy ko`rinishlar proyeksion bog`lanishda bo`lsa, u holda ko`rinish nomi yozib ko`rsatilmaydi. Chizma qog`ozidan unumli foydalanish maqsadida ko`rinishlarni o`zaro proyeksion bog`lanishda chizmaslikka ham ruxsat etiladi. U holda ko`rinish ustida uning nomi (A ko`rinish) yozib ko`rsatiladi va osti chiziladi, ko`rinish yo`nalishi strelka bilan ko`satiladi (3-chizma). Chizmada strelka va yozuvlar 4-chizmada ko`rsatilgan o`lchamlarda bajariladi.