3-bosqich 20. 22-guruh talabasi Mamajonova Muazzamning Malakaviy amaliyotdan


O`tilgan mavzu yuzasidan o`quvchilarni baholash



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə4/6
tarix03.05.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#107008
1   2   3   4   5   6
Madaminjonova G chizmachilik 8 dars ishlanmasi

O`tilgan mavzu yuzasidan o`quvchilarni baholash.
O`tilgan mavzu yuzasidan tayanch so`z va tushunchalar yozilgan kartochkalar o`quvchilarga tarqatiladi.

  1. Chizma nima?

  2. Qalam turlari nechta va qaysilar?

  3. Format so`zining ma’nosi va format turlari?

  4. Masshtablarni ketma-ketlik bilan sanab bering?

  5. Ikki nuqtali shtrix punktr chiziqning vazifasi?

  1. Chizmachilik fanining asoschisi kim?

  2. maktab darslarida ishlatiladigan guniyalarning burchak o`lchamlari?

  3. Chizmaning asosiy yozuvi formatning qaysi qismiga joylashtiriladi?

  4. Chiziq turlarini sanab bering?

  5. Shrift o`lchamlarini ketma-ketlik bilan sanab bering?

Guruh o`quvchilari savollarga bergan javoblariga qarab rag`batlantiruvchi kartochkalar bilan taqdirlanadi.


Yangi mavzu bayoni: Ko`rinishlar. Bosh va asosiy ko`rinishlar. Qo`shimcha va mahalliy ko`rinishlar.
Ko`rinish deb – buyumning kuzatuvchiga nisbatan ko`rinib turgan tomoni tasviriga aytiladi.
Ko`rinishlar bosh va asosiy ko`rinishlarga bo`linadi. Buyum haqida eng ko`p ma`lumot beradigan ko`rinish bosh ko`rinish deb ataladi. Bosh ko`rinish frontal (V) proyeksiyalar tekisligiga chiziladi. Bosh ko`rinish shunday joylashtirilishi kerakki, buyumning shakli va o`lchamlari tog`risida tasavvur qilish imkoni bo`lsin.
Detal chizmasi chizilayotganda ko`rinishlar soni eng kam bo`lishiga, ammo unda detal to`g`risida to`liq ma’lumot berilishiga harakat qilinadi.
Asosiy proyeksiya tekisliklari sifatida kubning olti yog`i qabul qilingan:

1-chizma


2-chizma
Buyumning frontal proyeksiyalar tekisligiga qarab turgan tomoni olddan ko`rinish yoki bosh ko`rinish, buyumning gorizontal proyeksiyalar tekisligiga qarab turgan tomoni ustdan ko`rinish va buyumning profil proyeksiyalar tekisligiga qarab turgan tomoni chap tomondan ko`rinish deb ataladi.
Demak, asosiy ko`rinishlar oltita bo`lib ular quyidagicha nomlanadi: 1-olddan ko`rinish, 2-ustdan ko`rinish, 3-chapdan ko`rinish, 4-o`ngdan ko`rinish, 5-ostdan ko`rinish, 6-orqadan ko`rinish (2-chizma).
Chizmada ko`rinishlar sonini kamaytirish maqsadida ko`rinishlarda buyumnmg ko`rinmaydigan qismlari shtrix chiziq bilan chiziladi.
Chizmada asosiy ko`rinishlar proyeksion bog`lanishda bo`lsa, u holda ko`rinish nomi yozib ko`rsatilmaydi. Chizma qog`ozidan unumli foydalanish maqsadida ko`rinishlarni o`zaro proyeksion bog`lanishda chizmaslikka ham ruxsat etiladi. U holda ko`rinish ustida uning nomi (A ko`rinish) yozib ko`rsatiladi va osti chiziladi, ko`rinish yo`nalishi strelka bilan ko`satiladi (3-chizma). Chizmada strelka va yozuvlar 4-chizmada ko`rsatilgan o`lchamlarda bajariladi.


3-chizma

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin