Bugalteriya hisobini tahlil qilishning meyoriy huquqiy asoslari
1. Material bo‘limi. Bu yerda sotib olingan material qiymatliklari, material yuboruvchilar bilan hisob-kitoblar, materiallarni saqlash va foydalanishi bo‘yicha kirimi hamda sarflanishi hisobi yuritiladi.
2. Hisoblashish bo‘limi. Dastlabki hujjatlarga asosan ish haqini hisoblash va undan ushlanmalar bo‘yicha barcha hisoblashishlar olib boriladi.
3. Ishlab chiqarish-kalkulyatsiya bo‘limi. Bu bo‘limda barcha turdagi ishlab chiqarish xarajatlari hisobi yuritiladi va ishlab chiqarilgan mahsulotlarning haqiqiy tannarxi aniqlanadi hamda hisobot tuziladi, tugallanmagan ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlar tarkibi aniqlanadi.