3-dars. Murojaatdan foydalanib amal bajarishda nusxalashning afzalligi dars maqsadi: Ta’limiy maqsad



Yüklə 136,02 Kb.
səhifə1/2
tarix15.09.2023
ölçüsü136,02 Kb.
#143664
  1   2
10 34

10-sinf


3-dars. MUROJAATDAN FOYDALANIB AMAL BAJARISHDA NUSXALASHNING AFZALLIGI
Dars maqsadi:
Ta’limiy maqsad: O‘quvchilarga Excelda murojaatdan foydalanib amal bajarishda nusxalarning afzalligini o’quvchilarga tushuncha berish; Axborotlarni izlash va elektron vositalarda yig‘ish kompetensiyasi; Axborotlarni elektron vositalar orqali uzatish kompetensiyasi
Tarbiyaviy maqsad: o`quvchilarni mehnatsevarlikka o`rgatish; Kommunikativ kompetensiya;Milliy va umummadaniy kompetensiya.
Rivojlantiruvchi maqsad: amaliy topshiriqlar orqali bilimlarni mustahkamlash.
Dars turi: takrorlash darsi; dars usuli aralash, amaliyot.
Mavzuni boshlashga hozirlik:
O‘qituvchi tomonidan kompyuterlar ishga tayyorlanadi. Informatikadan mavzuga mos elektron qo‘llanmalar kompyuterga yuklanadi. Excel elektron jadvali ishchi holatga keltiriladi.
Mavzuni yoritish:
Dars amaliy shaklda olib boriladi. Murojaatdan foydalanib amal bajarishda nusxalardan foydalanish orqali, bajariladigan amallarni bir munchga osonlashtirish imkoniyati mavjud. Murojaatlardan foydalanib nusxalashning afzalliklarini quyidagi mashqlarda ko‘rib o‘tamiz.
1-mashq. a sonini 9 chi darajasigacha hisoblash.
Bajarish:
 o‘nta ustun va oltita satrli jadval hosil qilamiz;
birinchi satr kataklari tugmasi yordamida birlashtirilib, “Berilgan sonning darajalarini hisoblash” matni yoziladi;
A ustunga a soninig qiymatlari kiritiladi;
MS Excelning Вставка- вставка формулу ketma-ketligini tanlab, a ning quyidagi darajalarini yozamiz:

B4 katakda berilgan sonning kvadrati ya’ni =$A4*A4 amali bajariladi. Ushbu katakning o‘ng pastki burchagiga sichqonchaning ko‘rsatkichini keltirib, chap tugmasi bosilgan holda ustun bo‘yicha pastga qarab siljitiladi va B7 katakda to‘xtatiladi;


B7 katakning o‘ng pastki burchagiga sichqonchaning ko‘rsatkichi keltirilib, chap tugmasi bosilgan holda B7:I7 oraliqda siljitiladi. Natijada quyidagi ko‘rinish hosil bo‘ladi:

Mustahkamlash:
1.MS Excel 2010 elektron jadvallarini nusxalashning o‘ziga xos xususiyatlarini tushuntiring.
2. MS Excel 2010 elektron jadvalida matn ko‘chirish qanday amalga oshiriladi?
3. 3 soninig 10 darajasigacha hisoblovchi jadval hosil qiling
Uyga vazifa: 1. O‘quv qurollarini xarid qilish jadvalini hosil qiling.
2. 1+22+33+44 ifodani MS Excel 2010 da hisoblang



Yüklə 136,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin