Virtual mashinalarni segmentlash. Segmentlashda virtual mashinalar mijozlar va xavfsizlik talablarini taminlashda segmentlarga bo’linadi. Bu o’zida tarmoq trafigni umumiy taqsimlashni va siyosiy boshqaruvdan foydalana olishni taqsimlash, xatto ular umumiy tarmoq infratuzilmasi bilan umumiy fizik uskunalarda ishlayotganda xam. Shaxsiy bulut yaratishda bu taqsimlash misol uchun, bugalteriyaga tegishli virtual mashinalar va qayta ishlash bo’limlariga tegishli virtual mashinalarni segmentlarga bo’ladi. Shuday imkoniyat mavjudki xar – xil tarmoq interfeyslarini ishlashda bu segmentlarni ajratish mumkin.
Bulutda saqlanilayotgan malumotlarni shifrlangan xolda olib borish.Bu metod xar bir faylni kriptografik vositalar bilan shifrlashni o’z ichiga oladi, qaysiki bulutga saqlash uchun yuboralayotganlarini. Shunday usulga binoan, xech qaysi bir shaxs malumotni olish imkoniyati yoq xisoblanadi faqatgina daslabki deshifrlash kalitiga ega shaxslargina faylni ochish imkoniyati mavjud. Bunday usullar ko’proq yakka tartibdagi shaxslarga yoki kichik tashkilotlarga to’g’ri keladi. Biroq kalitga ega istemolchilar soni ko’pligi bu metod ko’plab kamchiliklarni yuzaga kelib chiqaradi. Bundan kelib chiqqan xolda kalitni nazorat qilish qiyinchiliklarni yuzaga kelishiga sabab bo’ladi.
Malumotlarni shifrlashda proksi serverdan foydalanish.Bunday usulda ishonchli muxitdagi uskunalardan foydalaniladi. Barcha yuborilayotgan malumotlar u orqali o’tadi. Bu usul barcha malumotlarni bulutga jo’natishdan oldin shifrlaydi va so’rovga ko’ra daslabki malumotlarni deshifrlaydi. Shunga asosan ushbu shifrlash va deshifrlash kaliti bergan serverga malumdir. Shu bilan birga server jurnal xisobotini fayldan foydalana olishda ishlatish mumkin. Shunga asosan proksi serverdan foydalanish fayllar bilan ishlashni istemolchi uchun shaffoflaydi.
Bulutdagi tuzatish imkoniyati yoq malumotlarga ishlov berish. Bu metodni qo’llashda bulutga malumotlarni uzatishda undan uchinchi taraf foydalana olmaydi. Buning uchun malumotlar butunligicha emas balki, bo’laklarga bo’linib jo’natiladi, bunga ko’ra tizimdagi malumotlar bir biriga bog’liq bo’la olmaydi.
Konfidensial malumot xam o’z o’rnida, ishonchli joyda joylashgan bo’ladi.