Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti fizikaviy va koll
I Bob. Asosiy qism: I.1. Fotometrik usul yordamida zaharli moddalarni aniqlash texnolohiyasing ahamiyati. Mamlakatimizning iqtisodiy barqarorligini ta’minlovchi sohalardan biri bo’lgan kimyo sanoatida yangi tarmoqlarining vujudga kelishi va mavjudlarining taraqqiy etishi ko’p jihatdan zamonaviy analiz usullari bilan bog’liq.Chunki ishlab chiqarish mahsulotlarining sifatini nazorat qilish, atrofmuhit muhofazasi va kasalliklar diagnostikasi, kosmik va atom energetikasi sohalarida analitik usullar keng qo’llaniladi. Hozirgi kunda ayniqsa zaharli va kuchli ta’sir etuvchi rangli va og’ir metallarni aniqlashda spektrofotometrik va fotometrik usullardan keng qo’llaniladi. Tabiiy ilmiy fanlar o‘zining rivojlanish jarayonida inson faoliyatiga borgan sari ko'proq ta’sir ko'rsatmoqda. Mexanika, optika, elektromagnetizm qonunlarinij tushunmay turib, rivojlanish taraqqiyotini ko‘z oldimizga keltirishimiz qiyin. Matematik bazasiz texnika sohasida tajriba almashish mumkin emas. Shuningdek, biz yashab turgan davrda kimyo fanining va kimyoviy bilimlarning alohida ahamiyatga ega ekanligi hech kimga sir emas. Inson faoliyatining deyarli barcha soharalarini kimyolashtirish ilmiy-texnika taraqqiyoti rivojlanishining obektiv qonunidir.Fan-texnikaning hozirgi taraqqiyotida malakali kimyogar mutaxassislar kimyoning boshqa sohalari bilan bir qatorda fizikaviy kimyoni ham chuqur bilishlari talab etiladi. 1750-yilda Fizikaviy kimyo fani atom, molekula, moddalardagi hodisalar, kimyoviy o'zgarishlar va tuzilishlarni fizika usullarida o’rganib, fizika qonun-qoidalari asosida yechib beradigan fan sifatida vujudga keldi . Ma’lumki, moddiy olamning harakat qonunlarini, jumladan, kimyoviy jarayonlarni, asosan, ikki usul bilan kuzatish-tajriba va fikrlash yo’li bilan o‘rganish mumkin. Kuzatish-tajriba usuli asosiy usul bo’lsa ham, uning vositasida turli kimyoviy jarayonlarni, ulardagi umumiylik, farqni va umumlashgan qonuniyatlarni bilib bo’lmaydi.Hamma kimyoviy jarayonlar reaksiyaga kirishuvchi moddalarning tabiatidan qat’iy nazar turli xil fizik hodisalar - issiqlik yutilishi yoki ajralishi, yorug’lik hajmining o’zgarishi, elektr tokining yuzaga kelishi va boshqa hodisalar sodir bo’lishi bilan boradi. O’z navbatida kimyoviy reaksiyalarga fizik omillar - temperatura, bosim, yorug’lik, radioaktiv nurlanish kabi omillar ta’sir qiladi.Masalan, galvanik elementlardagi kimyoviy reaksiya elektr toki paydo bo’lishiga, yonish, yorug’lik yoki issiqlik ajralishiga sabab bo’ladi. Elektrolizdagi turli reaksiyalar elektr tokining ta’siriga misol bo’la oladi. Yorug’lik ko’pgina kimyoviy reaksiyalar hosil qiladi. Masalan, suv va uglerod ikki oksididan yorug’lik ta’siridagi murakkab aylanishlar natijasida uglevodorodlar sintez qilinadi. Bularning barchasi fizik va kimyoviy hodisalarning o’zaro uzviy bog’liq ekanligini ko’rsatadi. Kimyoviy reaksiyalardagi bu bog’lanishlarni o’rganish fizik kimyoning asosiy vazifasi hisoblanadi.
Nikel organizm uchun zarur mikroelementlardan hisoblanadi.Yer qobig’ining 8*10-3 % ini tashkil qiladi.Nikel arginaza fermentini faollashtiradi va oksidlanish jarayoniga ta’sir ko’rsatadi.Nikelni birikmalaridan biri NiF2 kimyoviy reaksiyalarda katalizator,tok manbalarida katod,lazer materiallarning komponenti sifatida qo’llaniladi.Nikel xuddi temir va kobalt singari ferromagnit moddalar jumlasiga kiradi.Nikel kimyoviy xossalari jihatdan temir va kobaltga,mis hamda asl metallarga o’xshaydi.Sanoatda boshqa metallar bilan qotishmalar holida ishlatiladi.Mis,temir,xrom va boshqa elementlarning nikelli qotishmalari korroziyaga chidamli yuqori mexanik,magnit,elektr xossalarga ega.Shuning uchun nikel qotishmalari atom reaktorlari qurishda ishlatiladi.Nikelning talaygina miqdori ishqorli akkumulyatorlar,korroziyaga chidamli qoplamalar,quvurlar uchun ketadi.Kimyo sanoatida kimyoviy qurilmalar va katalizatorlar tayyorlashda ishlatiladi. 19-asrning 80-yillariga qadar nikeldan faqat zargarlikda va tanga pullar tayyorlashda foydalanilgan. Yangi Kaledoniyada va Kanadada nikel rudalariga boy konlar ochilib,po’latga nikel qo’shilganda po’latning xossalari yaxshilanishi aniqlangandan keyin nikel ishlab chiqarish sanoati keng rivoj topdi.Nikelning 50dan ortiq minerali ma’lum.Nikel ishlab chiqarishda asosan uning sulfidli minerallari,garniyerit minerali (magniy va nikelning o’zgaruvchan tarkibli silikatlari) hamda magnitli kolchedan katta ahamiyatga ega.Nikel birikmalaridan NiCO3 keramika va shisha ishlab chiqarishda pigment sifatida qo’llaniladi. Analitik kimyoning dolzarb muommolari sanoat va texnologiyaning rivojlanishi, atrof- muhit obektlarining zaharlanishiga olib kelmoqda, shuning uchun atrof- muhit obektlarini muntazam analiz qilish, sanoatda juda toza moddalar olishda, ularning tarkibini milliondan bir foizini aniqlashda hisoblanadi.Qishloq xo’jaligi, tibbiyot va atrof muhit obektlari tarkibini 10-4 - 10-8 % va undan past mikromiqdorlarda aniqlash muhim ahamiyatga egadir. Bunday masalalarni hal qilish uchun kimyoviy yoki fizikaviy arzon, tez bajariluvchi usul ishlab chiqish kerak. Hozirgacha ham universal, keng diapazonda moddalarning miqdori va tarkibini aniqlovchi usul juda kam, har bir usul o’ziga yarasha kamchiliklarga ega.Hozirgi kunda zaxarli va kuchli ta’sir etuvchi og’ir metallarni aniqlashda fotometrik usullar keng qo’llaniladi. Bu usul o’zining sezgirligi, soddaligi, tahlil uchun kam vaqt sarflanishi bilan katta ahamiyatga ega. Ushbu malakaviy bitiruv ishida Ni (II) ning piridil-2-azo-naftol-2 reagenti bilan kompleks hosil qilish optimal sharoitlari o’rganildi va Ni(II)ni fotometrik aniqlash metodikasi ishlab chiqildi. Ni(II)ning piridil-2-azo-naftol-2 reagent bilan kompleks hosil qilish reaksiyasining optimal sharoitlarini o’rganish va uning asosida ekspress, yuqori sezgir, tanlab ta’sir etuvchan fotometrik aniqlash metodikasini ishlab chiqish. -Nur filtrini tanlash - Kompleks hosil bo’lishini muhitning kislotaliligiga bog`liqligi - bufer eritma tarkibiga bog`liqligi -komponentlarning quyilish tartibi - reagent tarkibiga bog`liqligi - Ber qonuniga bo’ysunish sohasi - spektral tavsiflarini aniqlash va nikel(II)ionini fotometrik aniqlash metodikasini ishlab.chiqish. Nikel(II)ning piridil-2-azo-naftol-2 yordamida kompleks hosil qilish reaksiyasi o’rganiladi,uning eritmasi optik zichligining pHga bog’liqligi,o’zaro ta’sir etuvchi komponentlar konsentratsiyasi,nur yutilishning molyar so’ndirish koeffitsienti va boshqa fizik-kimyoviy tavsiflari o’rganildi.Nikel(II)ni piridil-2-azo-naftol-2 reagenti bilan reaksiyasining optimal sharoitlari va fizik-kimyoviy xossalari atroflicha o’rganildi hamda uning asosida nikel(II)ni aniqlashning metodikasi ishlab chiqildi.