3 I bob. Asosiy qism



Yüklə 441,16 Kb.
səhifə1/9
tarix10.06.2023
ölçüsü441,16 Kb.
#128235
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti fizikaviy va koll



Kirish................................................................................................................3
I Bob. Asosiy qism
I.1. Fotometrik usul yordamida zaharli moddalarni aniqlash Texnologiyasing ahamiyati..............................................................................5
I.2. Nikel(II)ni fotometrik usulda aniqlash metodlari.....................................7
I.3. Nikel(II) Kadmiy(II) Rux(II) ni fotometrik, atom-absorbsion
va boshqa fizik-kimyoviy metodlar yordamida aniqlash. ............................9
II Bob. Tajriba qismi:
II.1. Tajriba uchun kerakli asbob va reaktivlar..............................................13
II.2. Tajriba davomida qo’llaniladigan eritmalarni tayyorlash metodikasi......14
II.3. Suniy aralashmalar tarkibidagi Nikelni fotometrik aniqlash................15
III Bob. Natijalarni tahlil qilish.....................................................................19
Xulosa.............................................................................................................24
Adabiyotlar ro’yxati........................................................................................25

Kirish
Fotometrik analiz usullariga spektrofotometrik va kolorimetrik usullar kiradi. Ular yordamida aniqlashni amalga oshirish uchun modda elektromagnit nurlarni yutadigan biror birikmaga aylantiriladi. So`ngra shu modda eritmasidan o`tgan nurning intensivligi o`lchanadi. Fotometrik usullar nurning ultrabinafsha, ko`rinadigan va yaqin infraqizil spektr sohalariga to`g`ri keladi.

Deyarli barcha elementlar uchun fotometrik aniqlash usullari mavjud. Biroq ayrim moddalarning ionlari uchun fotometrik reaksiyalar ma’lum emas. Spektrning ultrabinafsha, ko`rinadigan va yaqin infraqizil sohalarida nurni yutadigan birikmalar hosil qilish reaksiyalari fotometrik reaksiyalar deyiladi. Barcha fotometrik usullar bevosita va bilvosita usullarga bo`linadi. Buni quyidagi reaksiyalar misolida ko`rish mumkin. 1. Aniqlanadigan modda X eritmasiga biror reagent R qo`shilganda elektromagnit nurlarni yutadigan XR modda hosil bo`lishi mumkin. Bu usul bevosita usul bo`1ib, X + R ↔ XR reaksiyaga asoslangan. 2. Aniqlanadigan modda X eritmasiga biror MR elektromagnit nurni yutadigan modda qo`shilganda elektromagnit nurni yutmaydigan yangi MX modda hosil bo`ladi, bu usul bilvosita usul bo`lib MR + X ↔ MX + R reaksiyaga asoslangan. 3. aniqlanadigan modda X eritmasiga biror R reagentni qo`shganda u cho`kmaga tushishiga asoslangan usul ham bilvosita usul hisoblanadi: X + R ↔ ↓XR Bunda hosil bo’lgan cho’kma ajratiladi va biror erituvchida eritiladi. So’ngra uning tarkibidagi tekshiriladigan tarkibiy qism fotometrik aniqlanadi. Agar bevosita usullar moddaning elektromagnit nurlarning bevosita yutishiga asoslangan bo’lsa, bilvosita usullar shunday nurlarni yutadigan moddalarni parchalashga asoslangan. Bevosita usullar eng aniq usullar bo’lib, 2-guruhga kiradigan usullar ham ularga yaqin turadi. Uchinchi guruh usullari moddalarni aniqlash uchun boshqa imkoniyat bo’lmaga hollardagina qo’llaniladi. Elektromagnit nurlarning yutilish qonunlari qatoriga Buger-LambertBer qonuni ortiqcha zichliklarning additivlik qonunlari kiradi. Buger-Lambert-Ber qonuni. Moddaning konsentratsiyasi va yutilgan nur intensivligi orasidagi miqdoriy bog’lanishni ifodalaydi. 1729 yilda Buger modda eritmasi qatlamidan o’tgan nurning yutilishi bilan qatlamning qalinligi orasidagi bog’liqlikni o’rgandi, 1760 yilda Lambert uni matematik ko’rinishda ifodaladi. Ber esa qonunni aniq eritmalarda sinab ko’rib uning to’g’riligini tekshirgan. Intensivligi I0 bo’lgan monoxromatik nur qalinligi dl bo’lgan qatlam orqali o’tganda uning intensivligi dl qiymatga kamayadi. Buni dl=αIdl tarzda ifodalash mumkin. Fotometrik o`lchashlar bo`yicha miqdoriy analiz, shuningdek fotometrik titrlash asosida ham amalga oshiriladi. Fotometrik titrlashda ham yuqorida qarab chiqilgan reaksiyaga o`xshash reaksiyalar ishlatiladi. Bu uchun nur yutadigan moddalarni aniqlash davomida titrlashning oxirgi nuqtasini topishga asoslangan.

Fotometrik titrlashda boshqa fotometrik aniqlashlarda qo`llaniladigan barcha reaksiyalarni ham ishlatib bo`lmaydi. Bu eng avvalo nur yutadigan moddaning barqarorligiga bog`liq. Masalan komplekslanish reaksiyalaridan foydalanayotgan bo`lsak, temirni natriy salitsilash yoki ksimiol sarig`i bilan titrlash mumkin bo`lgani holda rodanit yoki xlorid bilan titrlab bo`lmaydi, chunki rodanidli va xoloridli komplekslar beqarordir. Fotometrik titrlash: 1. Tekshiriladigan birikma rangli bo`lganda 2. Reaksiya davomida rangli birikma hosil bo`lganda 3. Indikatorning rangi sekin o`zgarganda amalga oshirilishi mumkin. Fotometrik titrlash indikator ishtirokida yoki indikatorsiz amalga oshirilishi mumkin. Rangsiz eritmalarni aniqlashda rangli yoki rang hosil qiluvchi indikatordan foydalaniladi. Bunda ekvivalentlik nuqtasigacha optik zichlik o`zgarmaydi, undan keyin e4 ortadi yoki kamayadi. Indikatorsiz titrlashni amalga oshirish uchun tekshiriladigan modda yoki reaksiya mahsuloti o`z harakteristik yo`lagiga ega bo`lishi kerak. Spektrofotometrik miqdoriy analiz. Etalon va tekshiriladigan moddalar optik zichlarini solishtirish asosida aniqlanadigan moddaning konsentratsiyasi topilishi mumkin. Buning uchun etalon va tekshiriladigan eritmalarning optik zichliklari optimal sharoitda, bir xil to`lqin uzunligida o`lchanadi. Aniqroq natijalar olish uchun etalonning konsentratsiyasini tekshiriladigan moddanikiga yaqin qilib tayyorlash tavsiya qilinadi.


Yüklə 441,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin