3 I bob. Asosiy qism


I.2. Nikel(II)ni fotometrik usulda aniqlash metodlari



Yüklə 441,16 Kb.
səhifə3/9
tarix10.06.2023
ölçüsü441,16 Kb.
#128235
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti fizikaviy va koll

I.2. Nikel(II)ni fotometrik usulda aniqlash metodlari.
Analizning fotoelektrokolorimetrik metodlari juda ko`p kimyoviy elementlar va ularning birikmalarining miqdorini aniqlashda qo`llaniladi. Bu metodlar yordamida tog` jinslari, rudalar, neft, tabiiy, biologik, ekologik ob’yektlar, sanoat mahsulotlari va boshqa ob’yektlar namunalari tarkibini aniqlashda foydalanish mumkin. Fotoelektrokolorimetrik analiz sanoatining turli tarmoqlarida, qishloq xo`jaligida, tibbiyotda, farmaseftikada, atrof-muhitni muhofaza qilishda va boshqa sohalarda keng qo`llaniladi. Hozirgi paytda fotoelektrokolorimetriya katta muvaffaqiyatlar bilan rivojlanib, takomillashib bormoqda. Fotoelektrokolorimetrik analizning yangi aniqlash usullari ishlab chiqilmoqda, qo`llanish sohalari kengaymoqda, yangi takomillashgan, kompyuterlashtirilgan fotoelektrokolorimetrlar yaratilmoqda. Nikelni, shuningdek kam miqdordagi turli xil metallarni aniqlashda fotometrik usullardan keng foydalaniladi. Bu metodning afzalligi u juda oddiy va tezkor bajariladi.Organik reagentlarda nikel ionlari reaksiyasini aniqlashda bu metod keng tarqalgan. Odatda reaksiya uchun eritmadagi nikelning kation, shuningdek anion shaklidagi ionlari tuz hosil qiluvchi va kompleks hosil qiluvchi reaksiyalarga kirishadigan rangli birikmalari qo’llaniladi. Nikelni fotometrik aniqlash uchun qo’llaniladigan organik reagentlarning hammasida ham tanlab ta’sir etuvchanlik bo’lavermaydi. Maqolada Ni(OH)2ni ammiakli eritmada cho’ktirish jarayoni izlanishlari natijalari natijalari keltirilgan .Ni2+ni to’liq cko’ktirish uchun teskari quyish metodidan (Ni2+ va OH- ) foydalanib pH qiymati yuqori bo’lishi kerakligi aniqlandi.Ni(OH)2 hosil bo’lishi reaksiyaning ichki diffuzion xarakterga ega ekanligini ko’rsatuvchi jarayonning asosiy kinetik parametrlari aniqlangan. Metodika nikel izlarining pH=8.0 bufer eritmasida H2O2 bilan indigokarminni oksidlanishining katalitik ta’siridan foydalanishga asoslangan.Graduirovka grafigi 417nm, Ni 0-60ng/ml diapozonda chiziqli topish chegarasi 5*10-10gr/l suvda Ni2+ ni aniqlash to’g’riligi 98,3-102,5%. Ni2+ ni ajratish va dastlabki konsentrlash AAC metodi bilan aniqlashdan oldin grafitli pechda xiralashish nuqtasigacha olib boriladi.Ligand va sirt faol modda (ПАВ) sifatida 8-oksixinolin va Triton X-100 olindi.Ni2+ 8-oksixinolin bilan gidrofob kompleks hosil qilib detektorlash oldidan ПАВ bilan boyitilgan kichik hajmda eksrtaksiyalanadi.Optimal sharoitda Ni2+ uchun ПРО 12ng/ml ni tashkil etadi.Nisbiy standart og’ish 2,9%,konsentrlash koeffitsenti 25 ni tashkil qiladi.Sertifikatlangan namunani va turli suvni ob’ektlarni taqqoslanganda ko’rsatkichlarini bir xil takrorlanishi 93-103%ni tashkil etadi. 10 Suvli eritmalar va oqava suvlardan Ni2+ni yo’qotish uchun nanosorbent analizning sorbsion xarakteristikasi o’rganildi. Ni2+ sorbsiyasi seriyali analiz metodi bilan olib borildi.Sorbsiyaning optimal sharoitlari topildi:10gr eritmada sorbent miqdori 32,kontakt vaqti 120 minut ,pH=4,0.Optimal sharoitda Ni ni yo’qotish effektivligi 94,2%.SHaroit o’rganilganda termodinamik parametrlar Ni2+ adsorbsiyasi (zolda) jarayoni endotermik jarayon ekanligini ko’rsatdi.Zollar oqava suvlarni qayta ishlashda foydalanildi . 2 M li HCl muhitida reagent Ni2+ bilan Ni:P=1:2 mol nisbatda barqaror kompleks hosil bo’lishi ma’lum bo’ldi.Kompleksning nur yutish maksimumi 565nm,yutilish molyar koeffitsienti 6,42*104 .Ni tarkibi 0-1,0mg/l diapazonida Ber qonuniga bo’ysunishi kuzatiladi.Elektroplatinali suvida nikelni aniqlashda to’g’rilik darajasi 98,5-101,8%, nisbiy standart chetlanish 0.040 dan kam. Dastlab kationli sirt faol modda suvda eritiladi,keyin geksaftorfosfat ionjuftli anion qo’shiladi.Bunda eritmalar, komponentlar ta’sirlashuvi tufayli xiralashadi. Aralashma sentrifugalanadi, cho’kma yoki mos organik erituvchida eritiladi,yoki analitik adsorbsiya uchun qoldiriladi.Konsentrlash koeffitsientlari mos ravishda 51 va 45, topilish chegarasi 0,9 va 0,6 mkg/l .Metodika sertifikatlangan namuna analizi uchun qabul qilindi va attestatsiyalandi,natijalar atom –adsorbsion spektrometriya natijalari bilan solishtirildi . Korrelyatsion analizga asosan o’simliklarda (Mn-Cr-Ni-Cu) asoslanishi namoyon bo’ladi, Mn-Cr va Mn-Ni eng kuchlisidir. Mn ni Cu va Pb bilan bog’lari beqaror bo’lib, Mn ni Ti, Zn, Co, V bilan bog’lari deyarli yo’q. Mn ni o’rtacha miqdori ortishi bilan Mn-Cr, Mn-Ni bog’lari orta borib, buk, grab, emanda eng yuqori kuchni ko’rsatadi. Kam miqdordagi Ni2+ ni fotometrik metodi qayta ishlab chiqilgan.Ni2+ ni aniqlashning qator omillari o’rnatilgan .Ulardan optimal sharoit pH=3,9-8,0 hisoblanadi.MCK 4,28*104 ni tashkil etadi,kompleks tarkibi Me:P=1:2.Ishqoriy va ishqoriy yer metallarining xalal beruvchi ta’siri topilgan.Olingan natijalar qayta ishlangan metodikaning yuqori sezgir ekanligini ko’rsatadi. 1,3,4-tiadizol xosilalarining elektron strukturasini yarim empirik metod bilan kvant-kimyoviy hisoblash natijalari,shuningdek , Ni(II),Cu(II) va Zn(II) xloridlari, nitratlari, atsetatlari komplekslari tadqiqotlarining spektroskopik tavsiflari (xarakteristikalari) va sintezi kabilar bayon etilgan. 1,3,4-tiadiazolning tuzilishi haqida olingan ma’lumotlar element,rentgenofazali analiz va IQ (infraqizil) spektroskopiya yo’li bilan tavsiflangan.

Yüklə 441,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin