Nikel(II) ionini piridil-2-azo-naftol-2 reagenti bilan kompleks birikmasi uchun optimal nur filtrini tanlash Ma’lumki har bir modda, tabiatiga ko’ra ma’lum to’lqin uzunligidagi nurni yutadi, shuni e’tiborga olgan holda nikel( II) ionining piridil-2-azo-naftol-2 reagenti bilan kompleksining eng yuqori nur yutish sohasi quyidagicha aniqlandi:
Aniqlash usuli:25 ml li o’lchov kolbasiga bufer eritmadan 5 ml, 0.01% li, reagent eritmasidan 1.0 ml va 50mkg/ml li nikel (II) eritmasidan 1.0 ml solib, kolbaning belgisigacha distillangan suv quyildi. Hosil bo’lgan kompleks birikmaning optik zichligi KFK-2 fotokolorometr asbobida va nur yutish qalinligi l=1,0 sm li kyuvetada solishtirma eritmaga nisbatan har xil nur filtrida o’lchandi.
Solishtirma eritma sifatida aniqlanadigan metall ionidan boshqa barcha komponentlar qo’shilgan eritmadan foydalanildi. O’lchash natijalari.
Olingan natijalardan ko’rinib turibdiki, kompleks birikma 6- nur filtri λmax =540 nm da yuqori optik zichlikni namoyon qiladi. Keyingi ishlar λmax=540 nmda olib boriladi
Olingan natijalardan ko’rinib turibdiki, kompleks birikma eng yuqori optik zichligi pH = 8,0 da eng yuqori ekanligi kuzatildi va optimal muhit sifatida pH =8,0 tanlandi, chunki ushbu eritma muhitida optik zichlik maksimal analitik signalga ega. Keyingi tadqiqot ishlarida pH ko’rsatkichi 8,0bo’lgan bufer eritma ishlatildi.
Nikel (II) ioninining piridil-2-naftol-2 reagenti bilan kompleks birikmasi optik zichligini bufer eritma tarkibiga bog’liqligi. Asosiy reaksiya (Ni2+- Rreagent) komponentlariga buffer eritmalar tarkibi bog’liqligini o’rganish uchun pH=8,0 bo’lgan universal bufer eritmadan foydalanildi.
Aniqlash uslubi: fotometrik eritmalar tayyorlash uchun oldingi ishda ko’rsatilganidek, 25 ml li o’lchov kolbalariga pH =8,0 bo’lgan eritmlardan 5.0 ml dan, 0.01 % li piridil-2-naftol-2 reagenti eritmasidan 1.0 ml , 50 mkg/ml li nikel (II) eritmasidan 1.0 ml solib,kolbaning belgisigacha distillangan suv bilan suyultirildi, tayyor bo’lgan analitik aralashmani optik zichliklari fotokolorometrda, l=1.0 sm li kyuvetada solishtirma eritmaga nisbatan o’lchandi. Olingan natijalar 3– jadvalda keltirilgan.
Olingan tajriba natijalaridan ko’rinib turibdiki, universal bufer eritma ishlatilganda kompleks birikma eritmasi maksimal optik zichlikka ega bo’ldi. Keyingi tadqiqot ishlarida pH=8,0 bo’lgan universal bufer eritmadan foydalanildi.