3 I. Bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarni bog’langan nutqining rivojlanishng o`ziga xosligi


Maktabgacha yoshdagi bolalarni bog’langan nutqining o’ziga xos xususiyatlari



Yüklə 63,37 Kb.
səhifə4/7
tarix27.06.2022
ölçüsü63,37 Kb.
#62385
1   2   3   4   5   6   7
Bog\'lanishning nutq va uni maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarga(1)

1.2. Maktabgacha yoshdagi bolalarni bog’langan nutqining o’ziga xos xususiyatlari.
Insonning eng muhim fazilatlaridan biri uning so’zlash qobiliyatiga ega bo’lib, nutq vositasida o’zaro aloqa bog’lay olish, fikrlasha bilishdir. Turli tovushlarning ma’lum tartibda birgalashib, payvasta qo’shilishidan yuzaga kelgan ma’noli nutq muayyan organizmlarning faoliyati natijasida paydo bo’ladi.
Nutq murakkab funksional jarayondir. Uning asosida muloqot jarayonidagi til birliklarini o’rinli qo’llanish yotadi. Tilning murakkab sistemasi uzoq muddatli ijtimoiy –tarixiy rivojlanish mahsuli bo’lib u bola tomonidan nisbatan qisqa muddatlarda o’zlashtirib olinadi. Nutq rivojlanishi jarayonida bilish faoliyatining oliy shakllari, tafakkur qobiliyatlari shakllanadi.
So’zning ahamiyati o’z – o’zidan umumlashtiruvchi hisoblanadi va shu munosabat bilan o’zida nafaqat nutq birligini, balki tafakkur birligini ham namoyon qiladi. Ular aynan o’xshash emas va ma’lum darajada bir – biriga bog’liq bo’lmagan holda paydo bo’ladi. Lekin bolaning ruhiy rivojlanish jarayonida murakkab sifati jihatidan yangi birlik nutqiy tafakkur nutqiy fikrlash faoliyati paydo bo’ladi.
Kishilarning tili vositasida o’zaro munosabatda bo’lish jarayoni nutq deb ataladi. Nutq va tilni ayni bir narsa deb hisoblash yaramaydi. Nutq odam boshqa kishilar bilan munosabatda bo’lish maqsadida tildan foydalanadigan faoliyatdir. Har biro dam muomilani o’zicha amalgam oshiradi. Lekin bu muomala muayyan millat foydalaniladigan o’sha bir xil vositalari yordamida yuz beradi.
Til esa ana shu vositalar yordamida vujudga keladi. Til tovush va so’z boyligi shuningdek grammatik shaklidir. Til ijtimoiy ishlab chiqarish taraqqiyoti davomida kishilar o’rtasidagi nutq vositasidagi muomala jarayonida paydo bo’ladi va uni inson tayyor holda o’zlashtirib oladi.
Nutq birgalikda mehnat qilish jarayonida kishilarda bir – biriga nimadir aytish ehtiyoji tug’ilgan vaqtda yuzaga keladi.
Kishilar nutq yordamida o’z zamondoshlariga muayyan vaqtda nimalar yuz berayotganini xabar qilibgina qolmaydilar, balki insoniyat to’plagan bilimlarning avloddan – avlodga yetkazib beradilar. Bola nutqni egallab olganidan keyin o’zi tug’ilgan jamiyat hayotida kishilar bilan munosabatda bo’ladi. Agar bola biror sababga ko’ra nutqni eslab qolmasa, uning aqliy kamoloti past darajaga tushib qolishi mumkin. Fikrlash o’quvchining nutqi va tafakkurini o’sishida muhim vositadir. Tashqi nutq tovushlar yordamida eshittirlib yoki grafik belgilar bilan yozilish boshqalarga qaratilgan nutqdir. Ichki va tashqi nutqning fiziologik tabiati bir xil farq tovush chiqariladi yoki yozib bayon etiladi, ichki nutqda nutq organlarining harakati tovushsiz yuzaga keladi.
Fikrni ifodalash usuliga ko’ra nutq og’zaki va yozma bo’ladi. Og’zaki nutq yozma nutqdan quyidagilar bilan farqlanadi: og’zaki nutq, tovush nutq, yozma nutq esa grafik nutqdir. Og’zaki nutqda intonatsiya, mimika, imo – ishora jestikulyatsiyadan keng foydalanib, eshitish sezgisi asosiy rol o’ynaydi. Yozma nutqda esa ko’rish va motor harakat sezgisi asosiy rol o’ynaydi. Yozma nutqni aniqroq idrok qilishga yordam beradi.
Tafakkur va nutq bir – biri bilan uzviy ravishda bog’liqdir. Shaxs o’ylayotganda odatda fikrlarni so’zlar, jumlalar tarzida, ichki nutq deb ataladigan nutq tarzida ifoda etiladi. Biroq shunday holler ham bo’ladiki shaxs fikrini so’zlar bilan ifoda eta olmaydi. Bu holda odam ichki nutqdan tashqi ifodaga o’tishda o’z
fikrini boshqa kishilarga tushunadigan qilib bayon etishda qiynaladi.
Kishilar tildan fikr bayon qilish quroli sifatida foydalanadilar. Ular so’z fikrlarini ovoz bilan eshittirib bayon qilishdan oldin u haqida o’ylab oladilar. O’ylagan paytida ovoz chiqarmasdan ichki nutqdan foydalanadilar. Bu ichki nutq hisoblanadi. Ichki nutq eshittirilmagan va yozilmagan o’ylangan va fikrlangan nutqdir. Bu nutq fikrlovchi kishining o’ziga qaratiladi. Ichki intonatsiya, mimikadan foydalanish imkoni bo’lmaydi. Shu munosabat bilan yozma nutq ancha qiyinchilik tug’diradi. Yozma nutq ancha murakkab va mavhumdir.
Og’zaki nutq ham yozma nutq ham kishilarning o’zaro aloqa vositasi, quroli sifatida xizmat qiladi. Og’zaki nutq monologik va diologik nutq bo’lishi mumkin. Monologik nutq nomining o’zi aytib turganidek bitta odamning nutqidir. U ko’pincha boshqa kishilarga tinglovchilarga (doklad, hikoya) qaratilgan bo’ladi, lekin monologik nutq tinglovchilarga qarata aytilayotgan vaqtida ular uchun tushunarli bo’lishi kerak.
Diologik nutq ikki yoki undan ortiq kishining suhbatidan iborat bo’ladi. Har bir so’zlovchining fikrlari odatda almashinib turadi va odatda u monologik nutq singari davomi bo’lmaydi. Nutqning hamma aytib o’tilgan turlari aktiv nutq tushunchasiga kiradi. Ammo passiv nutq ham bo’ladiki, u kishining nutqini idrok etishi va tushunishini o’z ichiga oladi Bola nutqining normal rivojlanishi unga doimo yangi tushunchalarni o’zlashtirib olishga tevarak – atrof haqidagi bilim va tasavvurlarni kengaytirishga imkoniyat yaratadi. Bolaning atrofidagi katta odamlar qaysi tilda gaplashsalar bola ham shu tilni o’rganadi. Nutqni egallashdek juda ham qiyin jarayonni bola qisqa muddat davomida uddasidan chiqa oladi.
Bola rivojlanishida psixik jarayonlar bilan birga eshitish qobiliyati juda katta ahamiyatga ega. Buning normal rivojlanishida va umuman, barkamol bo’lib o’sishda barcha psixik jarayonlar bilan eshitish qobiliyati chambarchas bog’liq holda, hech qanday nuqsonsiz rivojlangandagina bolaning nutq boyligi normal darajada rivojlanadi.
Aqli zaif bolaning xususiyati shundaki uning psixikasi qoidaga bo’ysunmaydigan sharoitlarda anomal taraqqiy topish jarayonida shakllanadi. Aqli zaif bola sog’lom tengdoshlaridan shu bilan farqlanadiki, uning ilgarigi tajribasi va rivojlanishida bundan keyingi psixik kamol topish uchun zarur shart – sharoitlarni tashkil etuvchi mexanizmlar hamda psixik jarayonlar shakllanmagan bo’ladi. Shunday qilib, aqli zaif bolaning umumiy psixik taraqqiyot darajasi odatdagi sharoitlarda uning maktab bilimlari, ko’nikma va malakalarni ongli suratda egallashini ta’minlay olmaydi.
Bolaning psixik kamol topishiga uni ommaviy yetarli tayyorlanmagan holda bo’ladi, o’quv topshiriqlarining maqsadiga diqqatini to’play olmaydi, qiyinchiliklarni yengib o’ta olmaydi. Maktabdagi tartib qoidalarga bo’ysunolmaydi. Bularning hammasi o’zlashtirmaslikka olib keladi. Shuning uchun yordamchi maktabning muhim vazifalaridan biri o’quvchini umumiy taraqqiy topishida ilgari siljitish uchun pedagogik jarayonga korreksion momentlarni singdirishdan iborat. Yetakchi faoliyat uning psixik jarayonlari va shaxsiy hususiyatlarida eng bosh o’zgarishlarni taqozo etibgina qolmay, balki uning o’sib borishida yaxshi ko’rsatkich hamdir.
B.N.Pinskiy ta’kidlashicha, Maktabgacha yoshdagi bolalar o’zlarining sog’lom tengdoshlari mustaqil holda yoki o’qituvchining ozgina ko’magi bilan bajara oladigan vazifalarni uddalashlari uchun propedevtik va korreksion tarbiyaviy tadbirlarga muxtojdir.
Nutqini o’z vaqtida to’g’ri egallash bolaga atrofini o’rab turgan odamlar bilan erkin muomala qilish imkonini beradi, o’z nutqini boshqarishiga ko’maklashadi va nihoyat maktabda ta’lim – tarbiya berish jarayonini ancha yengillashtiradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar o’zlarining sog’lom tengdoshlaridan farqli o’laroq ancha kech tilga kiradilar. Birinchi so’zni muddati bolaning uch, ba’zan besh yoshgacha kechikadi. Eng avvalo bu yerda talaffuzdagi nuqsonlarni qayd etish kerak. G.A.Kainning tadqiqotlariga ko’ra, yordamchi maktab o’quvchilarining 66 foizi tutilib gapirishning u yoki bu shakliga duchor bo’ladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqiy nuqsonlarning shunchalik katta miqdorda uchrashi tasodifiy xol emas. Zotan bosh miya po’stlog’ining shikastlanishi, fonematik eshituvning buzilishiga artikulyatsion apparat harakatining izdan chiqishiga olib keladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar tilning lug’aviy boyligini egallashda jiddiy qiyinchiliklarga duch keladilar. Aqli zaif o’quvchilar qo’llaydigan so’zlar zahirasi odatdagi meyorga tenglashtirib bo’lmaydigan darajada tordir. Ular ko’pincha so’zlarning ma’nosini tushunmaydilar. 1) Mavhum tushunchani ifodalovchi mashaqqat, qimmatroq, arzonroq; 2) ko’chma ma’noda qo’llangan so’z.
Ko’chma ma’noda qo’llangan so’zlarning mohiyatini tushunmaydilar, «Oltin bosh» degan ibora bolada kulgi uyg’otadi, hamda ularning e’tiroziga duch keladi. «Bunaqasi bo’lmaydi» deyishadi ular. Nari borganda o’quvchilar bu ibora vositasida quyoshda yiltillagan sochlarni tushunishadi. Hatto yordamchi maktabning yuqori sinf o’quvchilari ko’chma ma’nodagi so’z birikmalarining to’g’ri sharxlashda qiynalishadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqini farqlaydigan yana bir xususiyat bu ularning noto’g’ri talaffuz etishlaridir. Gap shundaki miya po’stlog’ining analizatorlik faoliyati buzilishi tufayli, atrofdagilar haqida noaniq tasavvurlar o’quvchilarni kuzatgan narsa va xodisalarni noaniq atashga olib keladi. Natijada predmetlarning o’xshashligini ilg’ab ularning farqini ilg’amasdan bunday predmetlarni bir xil so’z bilan atashadi. Aqli zaif bolaning faol lug’ati uning nofaol lug’atidan kambag’alroq bo’ladi.
M.P.Feofanovning tadqiqotlariga ko’ra Maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqiga oid qo’shimchalar sog’lom intelektdagi bolalarnikiga nisbatan ikki barobar kam bo’lishi aniqlangan. Yordamchi maktab o’quvchilari, xususan yuqori sinf o’quvchilari og’ir, baland, past, chuqur va shu singari so’zlarni osongina tushuntirishadi. Ulardan maxsus xarakterdagi mashqlarda to’g’ri foydalanishadi. Biroq o’z vaqtida ular chegaralangan doiradagi sifatlarni xush ko’rishadi. Jumladan yaxshi, yomon, katta va kichik singari. Shu boisdan ham o’quvchilarning so’zlab berishlari noaniq va bir xil bo’lib qoladi. Jumladan ular shunday hikoya qilishadi: «Zumradning turmushi yomon edi», «Murodjon hayvonlarga yaxshi munosabatda bo’lar edi». Mazkur holda tormoz jarayonining xususan defferensiallangan tormozlanishining zaifligi aqli zaif o’quvchilar yoqtiradigan so’zlar bosh miya po’stlog’ida tormozlanmaydi, ular topshiriqning mohiyatini hisobga olmasdan tez aytib yuborishadi. Aqli zaif bola hikoyalarining yoyiqligi ko’p jihatdan ular nutqida motvlarning bo’lmasligi bilan izohlanadi. Bunday o’quvchilar gap qurishga ham qiynaladilar. Bu holat so’zlar moslashuvida ko’p uchraydi va ular nutqiga xosdir. Aqli zaif o’quvchilar nutqi sintaktik jihatdan ham o’ziga xos ravishda ajralib turadi. Eng avvalo gaplarning tuzilishiga ko’ra jo’ngligini qayd etish kerak.
Yordamchi maktab o’quvchilarining nutqida qo’shma gaplar odatda iptidoiy ko’rinishda oddiy bog’lanishda uchraydi. Chunki o’quvchilar bir narsani ikkinchisiga qiyoslashda hodisalarning sababiy bog’lanishlarini ochib berishda qiynalishadi. Gaplarning tuzilishidagi bu xil jo’nlik aqli zaif bolaning bosh miya po’stlog’ida shakllanuvchi oddiygina aloqalarga mos keladi. Buning ustiga aloqalarni yetarli aniq anglamasligi aqli zaif o’quvchilar fikrining noaniq tugallangan bo’lib qolishiga olib keladi. Bolalar o’qiyotgan, eshitayotgan, ko’rayotgan narsalar haqida bir qator xatolarga yo’l qo’yadilar. Maktabgacha yoshdagi bolalar hatto 1 – sinf o’quvchilari hamma vaqt ham o’zgalarning og’zaki ko’rsatmasi bo’yicha faoliyat ko’rsatisha olmaydi. A.R.Luriya, N.P.Paramanova, O.K.Tixomirov va boshqalar o’tkazgan tajribalar shuni ko’rsatadiki aqli zaif bola o’zining harakatlariga qo’llanma bo’la oluvchi umumiy qoidalarni mustaqil ifodalab berishga qodir emas. Aqli zaif bolaning ichki nutqi tashqi nutqiga nisbatan ko’proq shikastlangan bo’ladi. Ichki nutq aqlda shakllangan har qanday fikrning moddiy qobig’idir. Aqli zaif bola nutqidagi bunday nuqsonlar, ularning o’qishini qiyinlashtiradi. O’quvchilar hamma vaqt ham o’qituvchining tushuntirishlarini fahmlashavermaydi, matn mazmunini mustaqil tushunib yetmaydi, o’z harakatlarini o’rganilgan qoida bilan zaif nazorat etishadi. So’z ular uchun narsaning o’zi bilan chatishib ketgan bo’ladi, uning anniq mazmunidan ajratish uchun ya’ni uni Grammatik fonetik jihatdan o’rgana boshlash uchun katta shijoat talab etiladi. 2 – sinf o’quvchisiga Misha va Masha so’zlarining yozilishidagi farq nimada? Degan savolga «Misha o’g’il bola, Masha qizcha», deb javob bergan. Bunday bolalar so’zlarning grafik tasviriga e’tibor berishmaydi. Faqat sinchiklab harfma - harf qilingan tahlilgina ularning to’g’ri xulosa chiqarishlariga yordam bo’ladi. Bu yerda Maktabgacha yoshdagi bolalarning xususiyatlarini mutlaqo yengib bo’lmaydigan, o’zgarmas narsa deb hisoblash to’g’ri emas.
Ilg’or pedagog – defektologlarning tajribalari shuni ko’rsatadiki, ta’limning maxsus tashkil etilgan sistemasi yordamida aqli zaiflarning nutqiy faoliyatidagi nuqsonlarni korreksiyalab boorish, tafakkurning kechikishidagi nuqsonlarni oshirish mumkin.
Maktabgacha yoshdagi bolalar juda ko’p tovushlarni, ya’ni sirg’aluvchi til orqa, sonor tovushlarni buzib talaffuz etadilar. Bunday holat bola nutq apparatining yaxshi rivojlanmaganligidan dalolat beradi. Bu guruhga kiruvchi bolalar orqasida tovushlarni buzib talaffuz etish, boshqa tovushlarga almashtirish ko’proq foizni tashkil etadi. Shuning uchun ham logopedlarning o’qituvchilarning asosiy vazifasi Maktabgacha yoshdagi bolalarni bog’langan nutqini har tomonlama o’stirishdir. Tovushlarni to’g’ri talaffuz etish bola artikulyatsion apparatining yaxshi uyg’unlashib moslashib ishlashiga bog’liqdir. Shuning uchun ham logopedlarning o’qituvchilarning asosiy vazifasi Maktabgacha yoshdagi bolalarni bog’langan nutqini har tomonlama o’stirishdir. Tovushlarni to’g’ri talaffuz etish bola artikulyatsion apparatining yaxshi uyg’unlashib, moslashib ishlashiga bog’liqdir. Shuning uchun hamma vaqt tovushlar ustida ish olib borilar ekan, albatta artikulyatsin gimnastikalar o’tkaziladi. Ayrim unli va undosh tovushlar asta – sekin egallab boriladi. Bolalarning ko’pchiligi ayrim tovushlarni ya’ni R, S, K, G, M, Sh, Ch tovushlarini talaffuz etishda qiynaladilar, so’zlarni noto’g’ri talaffuz qiladilar.
Rus psixologi A.R.Luriya «Nutq tovushlarini idrok etishda nutqiy oqimdan signali fonematik belgilar ajraladi va nutq tovushlarini differensiatsiya qilish ushbu maxsus belgilarnikuchaytirishni hamda muhim bo’lmagan, tasodifiy, fonematik ahamiyatga ega bo’lmaganlardan ajratish asosida amalga oshadi».
Shuni aytib o’tish zarurki, Maktabgacha yoshdagi bolalarda faqatgina faol nutqning rivojlanishi kechikib qolmaydi. Bolalar ularga qaratib so’zlagan nutqni yaxshi tushunmaydilar. Kattalarning savollari, talablari, tushuntirishlari va ko’rsatmalari ularning hayotida birmuncha boshqa ahamiyatsiz ro’l o’ynaydi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning maktabgacha tarbiya davridagi nutqiy aloqa qilish faoliyati bilan bog’liq tajriba kamroq vaqtni 3 – 4 yilni o’z ichiga oladi. Shunda ham uning rivojlanish sur’ati keskin orqada qolgan nutq faolligining zaifligi kuzatiladi. Bolaning maishiy so’zlashuv nutqi yaxshi rivojlanmagan bo’ladi. Bu esa oligofren bolaga kattalar bilan nutqiy aloqa qilishni qiyinlashtiradi. Bola suhbatlar ishtirok eta olmaydi, savollarga bir xil tarzda va doimo ham to’g’ri javob bermaydi. Topshiriq va vazifalarni bajarish unga qiyinchilik tug’diradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun xos bo’lgan umumiy motor rivojlanmay qolishi ham nutqning rivojlanishinig sekinlashishida ma’lum bir ro’l o’ynaydi. Motorikaning (harakatlarning) rivojlanmay qolishi bolaning atrof – dunyo bilan tanishish jarayonini buzadi va natijada ular haqida tasavvur va ma’lumotlarni to’plashni tormozlaydi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda kuzatiladigan motorikaning nuqsonlari ular nutqining talaffuz tomoniga ham ta’sir etadi. Chunki nutq tovushlarining so’zlarning ixtiyoriy talaffuzi nutq a’zolarining yuqori darajadagi koordinatsiyalashga harakatlarini talab etadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun esa nutq a’zolarining koordinatsiyalashgan harakatlari qiyinchilik tug’diradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun xarakterli bo’lgan fonetimatik eshitishning yaxshi rivojlanmaganligi va nutq harakatidagi kamchiliklar bir – biriga ta’sir etadi va nutqning rivojlanishini tormozlaydi. Ammo shuni nazarda tutish lozimki, nutq a’zolari xarakatidagi kamchiliklarni xaddan tashqari ko’pirtirib ko’rsatish maqsadga muvofiq bo’lmaydi, chunki bu buzilishlar keyinchalik oson bartaraf etilishi mumkin. Asosiy yetakchi rol fonematik eshitishning yaxshi rivojlanmaganligiga tegishli bo’lib u Maktabgacha yoshdagi bolalarning umumiy rivojlanishi nuqsonlarning oqibatidir. Nutq nuqsonlarining aqli zaif bola umumiy ruhiy taraqqiyotiga salbiy ta’siri J.I.Shif qo’llanmasida atroflicha chuqur tahlil qilib berilgan. Muallifning e’tirof etishicha Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan sog’lom bola orasidagi farq ularning faol nutqlarida ko’zga tashlanar ekan. Maktabgacha yoshdagi bolalar o’z nutqlarida sifat, fe’l, bog’lovchilardan juda kam foydalanar ekanlar. I.M.Savchenovning ta’biricha so’z bola uchun ma’lum vaqtgacha narsalarning «tahallusi» sifatida tushunilib kelinadi. Bolalar ulg’aygan sari narsa nomlarining ahamiyati ham o’sib aniqlanib boriladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda «tahallus»lardan tushunchalarga o’tish jarayoni juda uzoq va qiyin shakllanadi. Yordamchi maktab birinchi sinf o’quvchilarining nutqidagi Grammatik tuzilishlar takomillashmagan bo’ladi. Ularning jumlalari bir so’zdan, soda so’zlardan iborat bo’ladi. O’z fikrlarini bayon qilishda juda qiynaladilar. Maktab yoshidagi Maktabgacha yoshdagi bolalarni bog’langan nutqi sog’lom 3 – 4 yoshli bolalar nutqini eslatadi bu bolalar o’z fikrlarini o’ylab tugatmasdan yoza boshlaydilar.
Shuning natijasida gapning boshlanishi bilan tugashi orasida bog’liqlik bo’lmaydi. Yordamchi maktab o’qituvchilari Maktabgacha yoshdagi bolalarga yozish, o’qish malakalarini o’rgatishda ko’p qiyinchiliklarga duch keladilar.


Yüklə 63,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin