3 I bob. Qo’shma gaplar uslubiyati


Ravishdosh oborot va qo‘shma gap stilistikasi



Yüklə 95,72 Kb.
səhifə3/7
tarix11.07.2023
ölçüsü95,72 Kb.
#136371
1   2   3   4   5   6   7
Qo\'shma gapni bog\'lovchi vositalar.

1.2 Ravishdosh oborot va qo‘shma gap stilistikasi
Ma`no tomondan o‘zaro yaqin bo‘lgan ravishdoshlar yakka holda ham qo‘llanib, uyushadi; bunda fikr kuchaytiriladi, tadr3ijiy rivojlantiriladi: ey Farg‘ona, ey mushkul kunlar bolasini ti-ishda tishlab, yuvib, tarab, sevib, o‘pib, opichlab, ey baxtlarni balog‘atga etkazgan ona!
Ravishdosh oborot o‘z tuzilishi bilan ayrim ergash gaplarga o‘xshab ketadi: ular orasida ba`zan sinonimiya hosil bo‘ladi, Bunday yoyiq strukturalarni bir oz o‘zgartish bilan ergash.gapli qo‘shma gap hosil qilish va, aksincha, ergash gapli qurilmalarni oborotli sodda gapga aylantirish mumkin: Nuri Gulnorni jo‘natgandan so‘ng, ancha vaqt xayol surib o‘tirdi. Gulnor jo‘nab ketgandan so‘ng, Nuri ancha vaqt xayol surib o‘tirdi
Bunday qurilmalarning o‘ziga xos mazmun va uslubiy xususiyatlari bo‘ladi, albatta. Ravishdosh kesim vazifasida kelsa, ega haqidagi tasavvurni ifodalaydi; oborot bo‘lsa, asosiy fe`lga bog‘lanib, turli holat ma`nolari anglashiladi.
Gap strukturasini o‘zgartish avtor uslubiga bog‘liqdir: Xo‘jlik terimni boshlab, o‘n ish kunida planni bajardi.— Xo‘jalik terimni boshlab, plan o‘n ish kunida bajarildi.— Xo‘jalik boshlanib, kolxoz o‘n ish kunida planni bajardi.
5. Sifatdosh oborot va ergash gapli qo‘shma gap stilistikasi. Tarkibida sifatdosh bo‘lgan qurilmalar va nisbiy olmoshlar yordamida shakllangan gaplar o‘zaro sinonimik qator hosil qiladi. Ular bir-birini taqozo etadi, mazmunda farq qilmaydi: Jahlni kechiktirgan yutar, ekinni kechiktirgan yutqazar. (Maqol.) — Kim jahlni kechiktirsa, u yutadi, Kim ekinni kechiktirsa, yutqazadi.
Lekin sodda gap shakllari ko‘proq og‘zaki so‘zlashuv uslubida, qo‘shma gaplar (kim, nima, qaer olmoshlari bilan kelgan tiplar) publitsistik va badiiy nutqda uchraydi.
Yoyiq (murakkab) qurilmalarda bir xil shakllar (...-gan, ...-gan) takrorlanib qolmasin uchun, sinonim shakllar tanlash va ulardan eng muvofig‘ini qo‘llash uslub tomondan to‘g‘ri hisoblanadi: Ra`no ohistagina Anvar yoniga kelib, supaga suyandi, ikki qo‘li bilan iyagini ko‘tarib, oraliqdan Anvarning tahririga qaradi, Anvar ham muloyimgina kulimsirab, Ra`no-ga ko‘z qirini tashlab olgach, go‘yo iltifotsiz, yana qalamini qoralab, qog‘oz ustiga bir-ikki kalima yozdi, ammo uchinchi kalima-ga o‘tganda, qalami qo‘lida, o‘ylanib qoldi va boyagidek yonida-giga kulimsirab qaradi. Ra`noning ko‘zi ham unga to‘qnashib, bir oz bir-birlariga kulimsiragan holda tikilishdilar.
Sifatdosh shakllarni ortiqcha takrorlamaslik yo‘llaridan biri oborot o‘rnida ergash gapli qo‘shma gaplardan foydalanishdir.
Sifatdosh oborotlar bilan ayrim ergash gaplar orasida parallellik bor. Masalan, nisbiy olmosh yordamida hosil qilinadigan ko‘pgina ergash gaplar sifatdosh oborotlarga sinonim bo‘ladi: Bahorni yomon ko‘rgan odam qaldirg‘och uyasini buzadi.— Kim bahorni yomon ko‘rsa, qaldirg‘och uyasini buzadi.
Sifatdosh oborotlarni ergash gapga aylantirishning yana bir yo‘li bor: sifatdoshdan keyingi ot sifatdoshdan oldin qo‘llanadi va bosh kelishik shakli orqali predikativ aloqa hosil qilinadi: Qo‘yning izidan ketgan qo‘zi kabi, Orqangdan qolmasdan jo‘nadim jangga.— Qo‘yning izidan qo‘zi ketgan kabi,
6. Murakkab qo‘shma gaplar stilistikasi. Abdulla Qodiriy «Mehrobdan chayon» romanida Ra`noning tashqi ko‘rinishini ta`rif-tavsiflash uchun birgina abzatsda 28 sodda gapdan foydalangan. Agar ayrim o‘rinlarda ishlatilgan nuqtani shartli belgi — uslub talabi bilan qo‘yilgan, deb faraz qilsak, ana shu sodda gaplar bir butun obrazning, go‘yo bir kartinaning tarkibiy qismlari sanalib, bizga chiroyli rasmning turli bo‘yoqlarini eslatadi: bir-birini muqoyasa qiladi, to‘ldiradi, izohlaydi; belgilar o‘xshatiladi; biri ikkinchisining sabab-natijasini ko‘rsatadi; orada yozuvchining his-tuyg‘ulari ham o‘rin oladi. Xullas, o‘zaro bog‘langan bir necha gap yordamida tugallikka ega bo‘lgan yaxlit bir manzara chiziladi, go‘yo o‘ziga xos bir insho yuzaga keladi.
Murakkab qo‘shma gaplar bir necha voqeani sanash maqsadida qo‘llansa, sanash ohangi bilan aytiladi. Ayrim o‘rinlar turli vositalar bilan ajratilsa, qayd etilsa, ohang bir oz ko‘tariladi: Kun botgan, tog‘lar ustidagi nafis bo‘yoqlar so‘ngan, lekin ha-li yorug‘; pastdagi soy, soyning u yuzidagi tor ko‘chalar, mash`um poliz, uzoqda, bog‘lar orasida, oqarib turgan maktab — hammasi, hatto to‘g‘on bo‘yidagi terak uchida —uyasida qo‘nib o‘tirgan lay-lakkacha aniq ko‘rinardi, go‘yo oftob so‘nishi bilan, qishloqni to‘sib turgan allaqanday parda ko‘tarilgan-u, hamma narsa. bo‘-lakcha bir tiniqlik kasb etgan.
Murakkab qo‘shma gaplar orasidagi munosabat almasha boshlasa (tobelik tenglik bilan va, aksincha, teng ma`no tobelik bilan), ohang ham bir oz ko‘tariladi: Mehnat qanchalik og‘ir bo‘lmasin, Mashrablar turmushdan nolishmaydi, chunki ish og‘irlash-gan sayin, ular o‘zlarini frontga, urushda yurgan yigitlarga yaqinroq his etishadi-yu, vijdonlari qiynalmaydi, hatto yozdagi ko‘ngilsiz voqealar eslaridan chiqadi, chunki front degan so‘z oldida bularning hammasi qandaydir juda mayda ko‘rinadi, faqat bir narsa yigitlarni sal qiynaydi: u ham bo‘lsa Gulchehra!
Murakkab qo‘shma gaplar ba`zan og‘zaki so‘zlashuv uslubida ham uchraydi: Dunyoda nima yomon, desalar, o‘lim yomon, deb javob beradilar. Lekin, o‘g‘lim, o‘limdan ham yomon narsa bor: bu — obro‘ning to‘kilishi.
Murakkab qo‘shma gaplar publitsistik-poetik asarlarda, ayniqsa, keng tarqalgan. Fakt va dalillarni qiyoslash, tegishli xulosa chiqarish, ikki narsani qarama-qarshi qo‘yish kabi uslu-biy maqsadlar murakkab qo‘shma gaplar yordamida beriladi: Hayotimiz — daryo, tubida inju, Odamlar shu daryo tubida g‘avvos, Birov shodlik topar, boshqasi qayg‘u; Kim yashar, kim esa kun ko‘rar lohas. (S. Vohidov.)
Matbuot tilida, badiiy asarlarning publitsistik sahifalarida uchraydigan murakkab qo‘shma gaplarda voqealar sanaladi, muhim o‘rinlar izohlanadi, harakat-holatning natijasi ko‘rsati-ladi: So‘nggi paytda ishlar ancha yurishib ketdi; yozda chekilgan qiyinchiliklar, qilingan og‘ir mehnat behuda ketmadi: paxta yax-shi bo‘ldi, kolxoz rayonda ilg‘orlar safida boryapti: ayniqsa, Qizil Armiya fondagi 500 000 so‘m o‘tkazib, alohida tank zakaz etishga qaror qilingandan beri, kolxozning obro‘si oshib ketdi.
Poetik asarlar ichida H. Olimjonning «O’zbekiston» she`ri, E.Vohidovning «O’zbekiston» faxriyasi, A. Oripovning xuddi shu nomdagi balladasi va boshqa she`rlar murakkab qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarni tanlash va mutanosib joylashtirish san`atining eng yaxshi namunalari sanaladi.
Qo‘shma gaplarning mohiyati va stilistik qimmati ulardati sodda gaplarning soni bilan emas, ularning mantiqan to‘g‘ri tanlanishi, tartibi, bog‘lovchilarni me`yorida qo‘llash, bunda bog‘lovchi sinonimlardan foydalanish kabilar bilan o‘lchanadi.
Demak, qo‘shma gap,avvalo, mazmunan bir-birini taqozo etuvchi sodda gaplar yig‘indisidir: ular o‘zidagi ma`no orqali bir-biriga bog‘lanadi.
Ba`zan sodda gaplarning «tasodifiy» tizmasidan hosil bo‘lgan, mantiqan bir-biriga mos tushmaydigan qismlardan tuzilgan qo‘shma gaplar hozirgi adabiy til uslublarida uchrab turadi: Va tanga munosib farzand bo‘lamiz, Janglarda chiniqdik, o‘qiymiz a`lo Dengizda suzamiz, ko‘kda uchamiz. Mehnatda toblandik,. yurt der tasanno!
Qo‘shma gap tuzishda uchraydigan asosiy stilistik xatolar quyidagilardan iborat:
1.Mazmunan va mantiqan mos bo‘lmagan gaplar qatori tuzilib, qo‘shma gap sifatida beriladi: Yangi hosillarga baraka bo‘lib, Qor yog‘sin dalaga, shudgorga qishda; O‘qituvchilarga, o‘quvchilarga g‘alaba tilaymiz o‘qishda, ishda.
2.Gap bo‘laklari va bosh gap bilan ergash gap o‘rnini noto‘g‘ri belgilash, bunda harakat yo holatning bo‘lish navbatini hisobga olmaslik: Tog‘lar boshi oqarib, tong ota boshladi. (U. Ismoilov.) Bu gapda tong otishi bilan bog‘langan hukm birinchi o‘rinda ifoda etilishi kerak.
3.Bog‘lovchilarni ortiqcha yo o‘rinsiz qo‘llash, hatto ayrim oborot yoki gaplarni zo‘rma-zo‘raki qo‘llash natijasida ifodada g‘alizlik yuzaga kelishi mumkin: Hikmat ikki yildan beri maktab devoriy gazetasini o‘z rasmlari bilan bezatadi.
Bu unga yot emas. Bolalar: «Qoyil qilibsan-ku, Hikmat!» — desa ajablanmaydi, chunki buning nimasiga ajablanadi: o‘zi ko‘rib yurgan narsalarni chizyapti. Bu gapda ikkinchi sodda gap va chunki bog‘lovchisi ortiqcha.
4.Bog‘lovchilarni tanlashda mantiqiy amallarga rioya qilmas-lik. To‘g‘ri, she`riyatda ba`zan hijo talabi tufayli ikkita bir-biriga zid bog‘lovchi bir o‘rinda qo‘llanadi: Va lekin shu fursatda qalbimda hasrat bilan O‘zbegim diyorining kechmishini o‘ylayman. Prozaik asarlarda esa shunday qilish xato sanaladi: U juda mung‘ayib qoldi va lekin shartta orqasiga burilib, o‘z pulemyoti qoshiga kelib cho‘kdi. (S. Muqanov. «Qahramon qiz», S. Xudoyberganov tarjimasi.)
5.Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarda ayrim bo‘laklar takrorlanadi.: Eridan ayrilgan yetti yil yig‘lar, elidan ayrilgan o‘lguncha yig‘lar. Bu gapda kesim takrorlangan, uslub tomondan bu takror o‘rinli hisoblanadi. Ammo quyidagi takror uslub tomondan o‘zini oqlamagan: Alimardonning qo‘llari pardadan pardaga yengilgina ko‘char, toshqin sadolar yengilgina ko‘char edi.
6. Vazn, qofiya, turoq, gradatsiya talabi bilan bo‘ladigan takror uslub tomondan o‘rinli sanaladi. Lekin biror maqsadsiz kaytarilgan shakllar nutqni og‘irlashtiradi, ifoda ta`sirini susaytiradi, quloqqa yoqimsiz eshitiladi: Yig‘lab-yig‘lab charchagan Rahbarxon qizargan ko‘zlarini chaman bo‘lib ochilgan o‘rik gullariga tikib, ayvonda o‘tirar edi. Bu gapda sifatdosh va ravishdosh shakllarining uch martadan qaytarilishi ifoda-uslub me`yorlariga bir oz putur yetkazgan.
9. Murakkab sintaktik butunlik. Akademik V. V. Vinogradov qayd qilganidek, «Stilistik sintaksisning butunlay yangi sohasi paydo bo‘lib, uning asosini murakkab sintaktik butunlik qurilishi masalalari tashkil qiladi».
Gapning real «hayoti» bog‘lanishli nutq oqimida namoyon bo‘ladi. Matndan ajratib olingan gap grammatik mustaqilligini saqlasa ham, matndagi boshqa gaplar bilan bog‘liq bo‘lgan fikriy tugalligini yo‘qotadi. Nutq oqimidan ajratib olingan gaplarning fikran mustaqilligi nisbiydir.
Fikran va sintaktik jihatdan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan gaplar birlashmasi murakkab sintaktik butunlik deyiladi. Bunda fikr gapga nisbatan to‘liq ifodalanadi. Bu butunlik konmatn tarkibida fikran gapga xos bo‘lmagan mustaqillikka ega bo‘ladi. Uning komponentlari orasida pauza qo‘shma gap komponentlari orasidagiga nisbatan cho‘ziqroq bo‘ladi, kesimlari esa mustaqil shaklda bo‘ladi.
Nutqda gaplarning o‘zaro bog‘lanishi asosan oldingi gapdagi biror bo‘lakni keyingi gapda takrorlash, oldingi gap struktura qismlarini keyingi gapda kengaytirish orqali yuz beradi: Yangi Toshkentim ko‘chalarini, osmono‘par binolarini, so‘lim xiyobonlarini zavq bilan tomosha qilib, ajib koshona qarshisida bir zum to‘xtayman. Oppoq marmardan tiklangan chinniday qasr. Bu binoni qo‘li gul ustalar, mo‘`jizakor naqqoshlar yaratishdi. Qadoq qo‘l imoratsozlar va mohir muhandislar unga ko‘rk va fusun baxsh etdilar. Ittifoqimizning turli shaharlaridan kelgan qon-qardoshlarimiz bu qasrni biz bilan birga qurishdi. Bu bino poytaxtimning ayni markazida — Toshkent yuragida qad ko‘tardi. U Sharq quyoshi nurlariga cho‘milib, oppoq tovlanib turibdi. (R. F.)
Bu matnda 7 ta gap bo‘lib, ular fikran va grammatik jihatdan bog‘lanib, murakkab sintaktik butunlik tashkil qilgan. Buning tarkibidagi har bir gap grammatik jihatdan tugal, fikran esa tugal emas. Masalan, 3-gap (Bu binoni qo‘li gul ustalar, mo‘`jizakor naqqoshlar yaratishdi) ni olib ko‘raylik. Bu gapdagi bu binoni qurilmasining ma`nosini anglash uchun oldingi gaplar kerak bo‘ladi. Har bir gapda takrorlanib kelgan bo‘laklar: qasr, bu binoni, unga, bu qasrni, bu binoni, u, bu bino, uni gaplarni logik va grammatik jihatdan o‘zaro bog‘lash uchun xizmat qilgan. Ko‘rinadiki, murakkab sintaktik butunlik komponentlarining bog‘lanishida leksik takror, olmoshlar muhim rol’ o‘ynaydi.
Murakkab sintaktik butunlik o‘ziga xos kompozitsion tuzilishga zga. Uning komponentlari turli vaziyatda bo‘ladi. Odatda, uning birinchi komponenti ancha mustaqil bo‘lishi bilan boshqa-laridan farq qiladi. Bu gap boshlovchi bo‘lib, murakkab sintaktik butunlikni tashkil qiluvchi sintaktik markaz hisoblanadi. Keyingi gaplar fikrning rivojlanishini ifoda qiladi. Oxirgi gap esa tugallovchi bo‘lib, ko‘proq xulosa, natija, yakun ifodalaydi. Quyida ilmiy va badiiy matndan misol keltiramiz:
Adabiyotlarda -lar ko‘p ma`noli bitta affiks sifatida talqin qilinadi. Bunday yondashuv tarixiy-etimologik nuqtai nazardangina to‘g‘ri. Hozirgi tilning grammatik sistemasidan kelib chiqsak, yagona -lar affiksiniki deb keltiriladigan ba`zi ma`nolar ham mazmunan, ham vazifada mustaqilligini ko‘ramiz. Ana shunday ma`nolardan biri — hurmat ma`nosi. Misollarni tahlil qilish ko‘rsatadiki, hurmat ma`nosini ifodalovchi -lar alohida affiks deb, son kategoriyasi va egalik kategoriyasi sistemasidan tashqarida turuvchi mustaqil forma deb qaralishi lozim.
Ona-bola o‘z yurtlariga piyoda sekin-asta etib olish niyatida yo‘lga chiqdilar. Ular bog‘lar, chorbog‘larni oralab, katta dala yo‘liga chiqdilar. Biroq yo‘l-yo‘lakay onaning dardi zo‘raydi. Yurgan sari ko‘z oldi qorong‘ilashib, oyog‘i tola boshladi. U yo‘l chetlariga o‘tirar, dam olar va hol yig‘ib o‘ziga kelgach, yana turib harakat qilar edi. Lekin uzoq yurolmadilar. Buviniso harsillab, oyoqda turolmaydigan bo‘lib qoldi.
Murakkab sintaktik butunlik intonatsion jihatdan ritmik-intonatsion butunligi bilan xarakterlanadi: bir murakkab sintaktik butunlik ikkinchisidan gaplar orasidagi pauzaga qaraganda cho‘ziqroq pauza bilan ajratiladi.
Murakkab sintaktik butunlik logik butunlikni ifodalaydi. Odatda, bog‘lanishli nutqdan ajratib olingan hukm fikrni to‘liq ifoda etolmaydi. Har bir hukmning dialektik tabiati shundaki, u struktura jihatidan tugal, fikran esa notugal xarak-terda bo‘ladi. Fikr rivoji o‘zaro bog‘liq bo‘lgan hukmlar yig‘indisi orqali ifodalanadi. Bunda hukmlar ularning komponent-larini takrorlash orqali bog‘lanadi. Bu vaqtda oldingi hukmning predikati keyingi hukmning sub`ekti yoki, aksincha, oldingi hukmdagi sub`ekt keyingi hukmda predikat vazifasida keli-shi mumkin. Mana shu asosda fikrlar bir tomonlama rivojlanayotgan logik butunlikka birlashadi. Bu ham xulosa kabi fikr shaklidir.
Murakkab sintaktik birliklarni o‘rganish juda ko‘p sintaktik tushunchalarimizni, birinchi navbatda gap haqidagi tushunchalarimizni kengaytiradi, chuqurlashtiradi. Gapni nutqning kichik birligi sifatida o‘rganishdan tashqari, murakkab sintaktik butunlikning komponenti sifatida o‘rganish uning dialektik tabiatini ochishga yordam beradi: bir tomondan, uning fikran nisbiy mustaqillikka ega bo‘lgan model’ ekanligi, ikkinchi tomon-dan esa murakkab sintaktik butunlikdagi boshqa gaplar bilan ham fikran, ham grammatik jihatdan bog‘liq ekanligi angla-shiladi. 1.Qo‘shma gapni tashkil etgan sodda gaplar qo‘shma gap qismlari deb nomlanadi.
2.Qo‘shma gap qismlarini bog‘lash uchun xizmat qiladigan vositalar bog‘lovchi vositalar deyiladi.
3.Qo‘shma gap qismlarini bog‘lash uchun quyidagi vositalar xizmat qiladi: a) bog‘lovchilar – teng bog‘lovchilar va ergashtiruvchi bog‘lovchilar; b) bog‘lovchi vazifasidagi vositalar: -bog‘lovchi vazifasidagi yuklamalar -bog‘lovchi vazifasidagi bo‘lsa, esa, deb so‘zlari -nisbiy so‘zlar -ko‘makchili qurilmalar: shuning uchun, shu sababli, shu tufayli, shu bois -fe’lning -sa shart mayli qo‘shimchasi c) ohang 4.Qismlarining qanday bog‘lovchi vositalar yordamida bog‘lanishiga ko‘ra qo‘shma gaplar 3 guruhga bo‘linadi: a) bog‘langan qo‘shma gaplar b) ergashgan qo‘shma gaplar c) bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar
Bog‘langan qo‘shma gapning ayrim turlarida qismlaridan anglashilgan mazmun, odatda, bir-biriga bog‘liq bo‘lmaydi., biri ikkinchisini izohlamaydi. Ammo qo‘shma gap qismlari mazmunan bir-biriga yaqin bo‘lgan yoki bir turdagi tushunchalarni ifodalaydi. Qo‘shma gap qismlari umumiy bir fikrni, tushunchani, niyatni ifodalash uchun xizmat qiladi, shu bir tushunaning, niyatning elementlari sanaladi. Bunday semantik aloqa ayiruv munosabati deyiladi. Katta hovuzlardagi suvlarda ko‘lankalar va shu’lalar jim-jim o‘ynashadi, goh ko‘lankalar yonib ketadi, goh shu’lalarni ko‘lankalar yutadi. Ayiruv munosabatini ifodalagan bog‘langan qo‘shma gap qismlari o‘zaro ayiruv bog‘lovchisi va ba’zan, hali, bir kabi ayrim leksik elementlar yordami bilan bog‘lanadi.
Bog‘langan qo‘shma gap qismlarining biri ma’lum voqea, hodisa, holatning ro‘y berishiga sabab bo‘lgan voqea, holatini ikkinchi qism esa shu sabab asosida ro‘y bergan voqea, hodisa. Holatini ifodalaydi. Sabab-natija munosabatini ifodalovchi bog‘langan qo‘shma gaplar o‘zaro biriktiruv bog‘lovchisi yoki –u(-yu), -da yuklamalari yordamida bog‘lanadi. Bundan tashqari, intonatsiya, mantiqiy urg‘u va modal so‘zlar orqali ham sabab-natija munosabati ifodalanadi. Qiz yalt etib Jamolga qaradi-yu, yuragi hovliqib ketdi. Bog‘langan qo‘shma gapni tashkil etgan gaplarning so‘nggisi oldingi aytilgan gaplarning mazmuniga qo‘shimcha umumiy izoh bo‘ladi, ular oldingi gaplarning mazmuniga aloqador bo‘lgan yoki shu mazmundan kelib chiqadigan biror qo‘shimcha xabarni ifodalaydilar. Tarkibiy qismlarining o‘zaro semantik munosabatiga ko‘ra, bog‘langan qo‘shma qo‘shma gapning bu tipii ikki turga bo‘linadi: 1. Izohlash munosabatini ifodalaydi. 2. Qo‘shimcha ma’lumot berish uchun xizmat qiladi. Bog‘langan qo‘shma gapning izohlash munosabatini ifodalovchi guruhida qo‘shma gapning ikkinchi qismi birinchi qismdan anglashilgan umumiy mazmunni izohlaydi yoki so‘zlovchining birinchi qismning mazmuni haqidagi fikri, bahosi, munosabatini ko‘rsatadi.
Teng bog‘lovchilar orqali birikkan biri ikkinchisiga grammatik jihatdan tobe bo‘lmagan, teng huquqli predikativ qismlardan tashkil topgan shaklan mustaqil mazmunan o‘zaro bog‘langan gaplardan shakllangan qo‘shma gap bog‘langan qo‘shma gap sanaladi. Bunday qo‘shma gap qismlarining bir-biriga bog‘liqligi ularning tuzilishida, kesimlarining semantik va grammatik munosabatda, umumiy gap bo‘laklarining mavjudligida ham ko‘rinadi. Shuning uchun ham bog‘langan qo‘shma gap, qancha gaplardan tashkil topmasin, yaxlit yagona bir qurilmani tashkil qiladi. Bog‘langan qo‘shma gap tarkibidagi gaplar bir-biriga biriktiruv, chog‘ishtiruv, ayiruv, zidlov munosabatlarini ifodalovchi teng bog‘lovchilar va bog‘lovchi vazifasida keluvchi –da, -u (-yu) yuklamalari orqali birikadi. Bog‘langan qo‘shma gaplarda birinchi gap, odatda, erkin holda tuzilgan bo‘ladi, keyingi gap esa bog‘langan qo‘shma gap komponentlari orasidagi munosabatga bog‘liq holda shakllanadi. Shuning uchun ham bog‘langan qo‘shma gap bilan ergash gapli qo‘shma gaplar orasida grammatik, intonatsion farqlar mavjud. Ular quyidagilardan iborat: 1. Bog‘langan qo‘shma gaplarda sodda gaplarni biriktirish uchun teng bog‘lovchilar qo‘llanadi. Ergash gapli qo‘shma gaplarda esa tobe bog‘lovchi va nisbiy so‘zlar (kim, nima, qanday, shunday) qo‘llanadi. 2. Bog‘langan qo‘shma gapni tashkil etgan sodda gaplarning kesimlari har vaqt ma’lum shaxs, zamon ko‘rsatuvchi mustaqil shaklda bo‘ladi.
Ergash gapli qo‘shma gap kesimlari esa ravishdosh, sifatdosh, shart fe’li orqali ifodalangan tobe shaklda bo‘ladi. 3. Bog‘langan qo‘shma gapda sanash, qiyoslash intonatsiyasi bo‘lsa, ergash gapli qo‘shma gaplarda tobelantiruvchi yoki izoh intonatsiyasi bo‘ladi. Bog‘langan qo‘shma gap qismlarining o‘zaro aloqasi quyidagi mazmun munosabatlari ifodalanadi: 1. Qiyolash munosabati. 2. Biriktiruv munosabati. 3. Ayiruv munosabati. 4. Sabab va natija munosabati. 5. Izohlash munosabati. Har qanday grammatik shakl, shu jumladan bog‘langan qo‘shma gaplarning grammatik shakli ikki xil ma’noga – umumiy va xususiy grammatik ma’noga ega. Biriktiruvchi bog‘lovchilar umumiylik vazifasini, ergashtiruvchi bog‘lovchilar xususiylik vazifasini bajaradi.
Biriktiruvchi, ayiruvchi bog‘lovchilari orqali shakllangan bog‘langan qo‘shma gaplarda ochiq strukturali qo‘shma gaplardir. Zidlov bog‘lovchilar, bo‘lsa, esa so‘zlari, faqat bog‘lovchisi, -u(-yu) yuklamalari yordamida shakllangan bog‘langan qo‘shma gaplar yopiq strukturali qo‘shma gaplardir. Ba’zan bog‘langan qo‘shma gaplarda –b (-ib) ravishdosh va –sa shart fe’li shakli grammatik shakl sifatida ishtirok etadi. Bunday qo‘shma gaplarning ham strukturasi yopiq struktura hisoblanadi. Qiyoslash munosabatini ifodalagan qo‘shma gapni tashkil etgan sodda gaplarning intonatsiyasi bir xil bo‘lmaydi. Bunda qo‘shma gapning birinchi qismi ko‘tarilgan intonatsiya bilan, ikkinchi qismi esa pasaygan intonatsiya bilan talaffuz etiladi; har ikki qism o‘rtasida ancha sezilarli pauza bo‘ladi. Qo‘shma gap tarkibidagi qiyoslanayotgan bo‘laklarga kuchli mantiqiy urg‘u tushadi. Bu urg‘u bo‘lsa, esa fe’llari yordamida tuzilgan qo‘shma gaplarda kuchli bo‘ladi: Otabek dahshatlanib yonidigagi Aliga qaradi, Ali esa labini tishlab turar edi.
Qiyoslash mazmun munosabatini ifodalovchi bog‘langan qo‘shma gaplar zidlash, qiyoslash, izohlash kabi turli ma’no ottenkalarini ro‘yobga chiqaradi. Qo‘shma gap qismlarining umumiy mazmun yoki gaplar tarkibidagi ayrim bo‘laklar biror tomondan bir-biriga zid qo‘yiladi. Zidlash munosabatini ifodalovchi qo‘shma gap qimlari asosan ammo, lekin, biroq bog‘lovchilari orqali birikadi. Kiyoslash orqali voqea, hodisa, predmet va ularning xususiyatlari o‘rtasidagi farqlar ochiladi.
Qiyoslash mazmuni asosan bo‘lsa, esa fe’lari, yuklamalar, zidlov bog‘lovchilari vositasida ifodalanadi.
Bu xil qo‘shma gap qismlarining tuzilishida ma’lum parallelizm bo‘ladi. Qiyoslanayotgan bo‘laklarning xususiyatlaridagi farqlar ochiladi. Bog‘langan qo‘shma gap izohlash munosabatini ifodalaydi. Bunda qismlarning tarkibidagi ayrim bo‘laklarning ma’nosi birinchi qismning umumiy mazmuni izohlanishi mumkin. Izohlovchi gap ikkinchi o‘rinda kelib, birinchi gapning har bir bo‘lagi izohlanishi mumkin. Bog‘langan qo‘shma gap qismlari ma’lum bir paytda yoki ketma-ket ro‘y bergan voqea, hodisa, harakatlarni biriktirib keladi va bu bilan uyushiq bo‘laklarni eslatadi.
Bunday qo‘shma gaplarning qismlari biriktiruv bog‘lovchilari: va, ham, hamda; bo‘lsa, esa yordamchilari; yuklamalar yordami bilan bog‘lanadi. Biriktiruv munosabatiga kirishgan qo‘shma gaplarning qismlari ko‘pincha mazmunan o‘zaro jips bog‘lanadi, birining mazmuni ikkinchisiga bog‘liq bo‘ladi, turli mazmun ottenkalari, emotsional ma’nolar ifodalanadi. Biriktiruv munosabati ifodalangan qo‘shma gaplarda qanday qo‘shimacha mazmun ottenkasi ifodalanmasin, qo‘shma gap qismlaridan anglashilgan harakat, holat, xususiyat ma’lum bir paytda ro‘y beradi. Bog‘langan qo‘shma gapning ayrim turlarida qismlaridan anglashilgan mazmun, odatda, bir-biriga bog‘liq bo‘lmaydi., biri ikkinchisini izohlamaydi. Ammo qo‘shma gap qismlari mazmunan bir-biriga yaqin bo‘lgan yoki bir turdagi tushunchalarni ifodalaydi.
Qo‘shma gap qismlari umumiy bir fikrni, tushunchani, niyatni ifodalash uchun xizmat qiladi, shu bir tushunaning, niyatning elementlari sanaladi. Bunday semantik aloqa ayiruv munosabati deyiladi. Katta hovuzlardagi suvlarda ko‘lankalar va shu’lalar jim-jim o‘ynashadi, goh ko‘lankalar yonib ketadi, goh shu’lalarni ko‘lankalar yutadi.
1.Qismlari teng bog‘lovchilar yoki teng bog‘lovchi vazifasidagi vositalar yordamida birikgan qo‘shma gaplar bog‘langan qo‘shma gaplar deyiladi.
2.Bog‘langan qo‘shma gap qismlari o‘zaro quyidagi vositalar bilan bog‘lanadi: -teng bog‘lovchilar -teng bog‘lovchi vazifasidagi yuklamalar -teng bog‘lovchi vazifasidagi bo‘lsa, esa so‘zlari yordamida 3. Bog‘langan qo‘shma gapga xos xususiyatlar: a) qismlari yani tarkibidagi sodda gaplar o‘zaro teng aloqada bo‘ladi b) ular orasida tobe hokimlik bo‘lmaydi c) bosh gap, ergash gap atamalari ishlatilmaydi d) tarkibidagi sodda gaplar biri ikkinchisini aniqlab, izohlab kelmaydi e) bir gapdan boshqasiga savol berilmaydi 4.Bog‘langan qo‘shma gaplarning qolipi quyidagicha bo‘ladi: Teng bog‘lovchi 5.Qismlarning qanday bog‘lovchi vositalar yordamida bog‘lanishiga ko‘ra bog‘langan qo‘shma gaplar o‘z ichida 4 guruhga bo‘linadi.
a) Biriktiruv bog‘lovchilari yordamida bog‘langan qo‘shma gap
b) Zidlov bog‘lovchilari yordamida bog‘langan qo‘shma gap
c) Ayiruv bog‘lovchilari yordamida bog‘langan b qo‘shma gap
d) bo‘lsa, esa so‘zlari yordamida bog‘langan b qo‘shma gap9

Yüklə 95,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin