3-joriy nazorat topshirig’i. 11-mavzu. Mulohaza. Xulosa chiqarish reja


-MAVZU. ARGUMENTLASH VA BILIMLAR TARAQQIYOTINING MANTIQIY SHAKLLARI



Yüklə 29,33 Kb.
səhifə2/6
tarix25.12.2023
ölçüsü29,33 Kb.
#195888
1   2   3   4   5   6
3-joriy nazorat topshirig’i. 11-mavzu. Mulohaza. Xulosa chiqaris-fayllar.org

12-MAVZU. ARGUMENTLASH VA BILIMLAR TARAQQIYOTINING MANTIQIY SHAKLLARI


REJA:

  1. Isbotlash va rad etishning umumiy tavsifi.


Аrgumеntlаsh (dаlillаsh) lоtinchа «argumetatio» so’zidаn оlingаn bo’lib, fikrni аsоslаsh uchun qo’llаnаdigаn fikrlаrgа nisbаtаn ishlаtilаdi. Fikrlаr chinligini аsоslаshning mаntiqiy usullаrini o’rgаnuvchi mаntiq fаnining mаxsus bo’limi аrgumеntlаsh (dаlil kеltirish) nаzаriyasi dеb yuritilаdi.


Аrgumеntlаsh (dаlillаsh) jаrаyoni оlаmni bilishdа ilmiy tаfаkkurdа, ijtimоiy-siyosiy hayotdа muhim ahamiyatgа egа. Dаlillаsh jаrаyonidа mаntiqiy fikrlаshgа bo’lgаn eng muhim tаlаblаrdаn biri-yetarli аsоsgа egа bo’lish, аsоsli fikr yuritishаmаlgа оshаdi. Hаyotdа, ilm-fаn, bilishning turli sohalаridа аsоslаsh, dаlillаsh jаrаyoni o’zigа xоs shаkllаrdа kеchаdi. Dаlillаsh o’zigа xоs tuzilishgа egа bo’lishi, muаyyan mаqsаdlаrgа xizmаt qilishi mumkin. Lеkin dаlillаsh mаqsаdlаri, qo’llаnishi qаnchalik xilmа-xil bo’lmаsin, ulаr insоn tаfаkkurining eng muhim xislаti bo’lib hisoblаnаdi vа mаntiq qoidalаrigа bo’ysunаdi.
  1. Isbotlash va rad etishning turlari.


Kishilarning amaliy faoliyatdagi muvaffaqiyatlari ular qo‘llayotgan bilimlarning kay darajada chin bulishiga, ya’ni bu bilimlarning voqelikni qanchalik to‘g‘ri aks ettirishiga bog‘liq. Xato fikrlar predmetlarning real aloqalari va munosabatlarini buzib ko‘rsatadi, bilishda ko’p chalkashliklarga olib keladi. Shuning uchun ham bilish jarayonida xar bir fikrni to‘g‘ri qurishga erishish, uning chinligini dalillar bilan ko‘rsata olish, xato fikrlarni esa rad kila bilish muhim ahamiyatga ega. Fikrning chinligini tasdiqlash uchun uni xodisaning (faktning) o‘zi bilan solishtirish mumkin. Lekin ko‘p hollarda bilish jarayonida natijalarning chinligi ularni ilgari vujudga kelgan bilimlar bilan bog‘lash orqali aniqlanadi. Buni amalga oshirishning mantiqiy usuli isbotlaщdir. Isbotlash bir xukmning chinligini u bilan bog‘langan boshqa chin xukmlar yordamida asoslashdan iborat bo‘lgan mantiqiy amaldir. Uning tarkibi uch elementdan tashkil topgan: tezis, argumentlar (asoslar), isbotlash usuli - demonstratsiya.


Tezis - chinligi asoslanishi lozim bulgan xukm, u isbotlashning markaziy figurasi xisoblanadi; butun diqqat-e’tibor uning chinligini ko‘rsatishga karatiladi. Tezis bir muloxazaning o‘zidan, yoki muloxazalar tizimidan, yoki teoremalardan, yoki aniq, faktlarni umumlashtirish natijalaridan, yoki xodisalarning sababini ko‘rsatuvchi muloxazalardan va shu kabilardan iborat buladi.
Argumentlar - tezisning chinligini asoslash uchun keltirilgan xukmlar. Argumentlar bulib faktlarni qayd qiluvchi xukmlar, ta’riflar, aksiomalar, teoremalar, qonunlar xamda boshka empirik va nazariy umumlashmalar xizmat qiladi. Argument sifatida keltirilgan faktlar, albatta, o‘zaro bog‘langan va tezisning moxiyatiga aloqador bo‘lishi lozim.
  1. Fikrni asoslashda uchraydigan xatolar.


Fikrni asoslashda uchraydigan xatolar. Tezisga aloqador qoidalar:


  1. Tezis mantiqan aniq, va ravshan bo‘lishi kerak. Bu qoida buzilsa, isbotlash yoki rad etish o‘zining aniq predmetiga ega bo‘lmay qoladi, uni amalga oshirishga urinish bexuda ish xisoblanadi.


  2. Tezis isbotlash yoki rad etishning boshidan oxirigacha o‘zgartirilmasligi kerak. Bu qoida buzilsa, “tezisni almashtirish”degan xato kelib chikadi.


Isbotlanayotgan tezisga aloqador xatoliklar:


  1. Tezisni almashtirish. Tezis isbotlash yoki rad etish davomida o‘zgarmasligi shart, degan qoidaning buzilishi tezisning almashtirilishiga sabab buladi. Tezis ataylab yoki bilmasdan boshka tezis bilan almashtiriladi va bunda yangi tezis isbotlanadi yoki rad etiladi. Tezis mazmunining toraytirilishi yoki kengaytirilishi xam baxs jarayonida tezisning o‘zgarishiga olib keladi. Masalan, respublikamiz taraqqiyoti uchun milliy mafkura, milliy g‘oyaning ahamiyati tug‘risidagi tezisni isbotlash davomida umuman jamiyatga mafkura kerakmi yoki yo‘qmi, degan masalani isbot etishga harakat kilinsa, unda tezisning mazmuni kengayib ketadi va tezis almashinadi.


  2. Insonning shaxsiy sifatini bahona kilib tezisni almashtirish. Baxs jarayonida mavzudan chetga chikib, opponentning shaxsiy, ijtimoiy xayoti, yaxshi fazilatlari yoki kamchiliklari xususida fikr yuritib, shu asosda tezisni isbotlangan yoki rad etilgan, deb ta’kidlash tezisning almashinishiga sabab buladi. Bunday xatoga ataylab yul qo‘yiladi. Tinglovchilarning xis- tuyg‘ulariga ta’sir qilish orqali isbotlanmagan tezisning chin deb kabul kilinishiga urinish xam tezisni almashtirish xisoblanadi.


  3. Ortiqcha yoki kam isbotlashga urinish natijasida tezisning almashinishi. Fikr ortiqcha isbotlansa, berilgan tezis o‘rniga undan kuchlirok tezisni isbotlashga xarakat kilinadi. Agar A xodisadan V kelib chiksa, lekin V xodisadan A kelib chikmasa, unda A xodisani ifodalovchi tezis V xodisani ifodalovchi tezisdan kuchlirok, buladi. Masalan, “A shaxs birinchi bo‘lib janjalni boshlamagan” degan tezis (V) o‘rniga, “A shaxs umuman janjal bo‘lgan erda yuq edi” degan tezisni (A) isbotlashga xarakat kilinadi.


Ikkinchi tezisni isbotlab bulmaydi, chunki A shaxsning janjalda qatnashganligini ko‘rgan guvohlar bor.



  1. Bilimlar taraqqiyotining mantiqiy shakllari: muammo, gipoteza, nazariya.




Muammo - javobi bevosita mavjud bilimda bo‘lmagan va echish usuli noma’lum bulgan savoldir. SHuning uchun xam muammoni qo‘yish va hal qilish mavjud bilimlarni qayta ishlash, ba’zi hollarda esa, xatto, ular doirasidan chetga chiqishni, yangicha echish usuli, metodlarini qidirishni taqozo etadi. Qanday muammolarni ilgari surishni, uni muxokama kilishning xususiyatini amaliy faoliyatimiz va bilishimiz extiyojlari belgilab beradi.

Yüklə 29,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin