3-joriy nazorat topshirig’i. 11-mavzu. Mulohaza. Xulosa chiqarish reja



Yüklə 29,33 Kb.
səhifə3/6
tarix25.12.2023
ölçüsü29,33 Kb.
#195888
1   2   3   4   5   6
3-joriy nazorat topshirig’i. 11-mavzu. Mulohaza. Xulosa chiqaris-fayllar.org

Gipoteza - o‘rganilayotgan hodisaning sabablari va xususiyatlarini tushuntiradigan asosli taxmin tarzidagi bilim shaklidir. Gipotezani, avvalambor, bilimlarning mavjud bo‘lish shakli sifatida olib qarash zarur. CHin, ishonchli bilimlar hosil bo‘lgunga qadar qo‘yilgan muammolar, masalalar haqidagi fikr-muloxazalar kuzatish, eksperiment natijalarini taxlil kilish va umumlashtirishga asoslangan bo‘lib, ular turli xil taxminlar, farazlar shaklida quriladi va mavjud bo‘ladi.
Nazariya ma’lum bir predmet soxasiga oid tushunchalar, qonunlar, gipotezalar, g‘oyalarni sistemaga solib, u haqida yaxlit tasavvur hosil qiladigan, yangi fundamental umumlashmalar yaratishga olib keladigan, shu soxadagi xodisalarni tushuntirish, oldindan kurish imkonini beradigan ishonchli bilimdan iborat.

13-MAVZU: “ETIKA” FANINING PREDMETI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI. NIKOH VA OILANING AXLOQIY ASOSLARI, UNING YOSHLAR TARBIYASIDAGI O‘RNI
REJA:


  1. Etika” fanining predmeti, mohiyati va tuzilmasi. Gedonizm va evdemonizm ta’limotining axloqiy ahamiyati.


Etika” fanining predmeti, mohiyati va tuzilmasi. Qadimgi yunon faylasufi Aristotel o‘z davrida mavjud fanlarni ta’riflarkan, ularni uchta guruhga ajratadi: nazariy fanlarga falsafa, matematika, fizikani; ijodiy fanlarga san’at, badiiy hunarmandchilikni; amaliy fanlarga esa etika va siyosatni kiritadi. SHu tariqa Etika falsafa doirasidan ajralib chiqadi va mustaqil fan sifatida shakllana boshlaydi. Hozirgi vaqtda «Etika» ijtimoiy-falsafiy fanlar tizimida o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lgan fandir. «Etika» (axloqshunoslik)–axloqning kelib chiqishi, mohiyati, xususiyatlari, jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqidagi fandir. U boshqa ijtimoiy fanlar singari o‘z qonunlari va kategoriyalariga ega bo‘lib, ular orqali o‘z xulosalarini bayon qiladi.


  1. Axloqning paydo bo‘lishiga oid diniy, ilmiy qarashlar tasnifi.


«Axloq» so‘zi aslida arabcha so‘z bo‘lib, xulq-atvor, yurish-turish, tarbiya degan ma’nolarni anglatadi. Hozirgi vaqtda bu tushuncha jamiyatning axloqiy hayotida yuz beradigan barcha jarayonlarning majmuini aks ettiradi. Jamiyatning axloqiy hayoti deb kishilarning ijtimoiy, siyosiy va xuquqiy faoliyatida, oilasida va kundalik turmushida yuzaga keladigan o‘ziga xos munosabatlari shakliga aytiladi. Axloq tushunchasini ikki xil ma’noda ko‘rish mumkin: axloq umumiy tushuncha sifatida etikaning tadqiqot ob’ektini anglatsa, yakka tushuncha sifatida inson fe’l-atvori va xattiharakatining o‘ziga xos ko‘rinishini anglatadi.


  1. Nikoh - eng qadimgi axloqiy munosabat shakli


Insoniylik nuqtai nazaridan qaralganda nikoh - muqaddas ishdir. CHunki u halollik asosida qo‘shilishni ma’qul deb biladi, nikohsiz qo‘shilish esa haromlik belgisidir. Haromlik ta’siri esa bo‘lajak farzandlarda, oilaning barakali bo‘lishida o‘z salbiy oqibatlarini ko‘rsatishi mumkin. Qonun tilida nikoh bola tug‘ilishini qonunlashtiradigan alohida turdagi xususiy shartnomani anglatadi. SHariat bo‘yicha nikoh shartnomaga o‘xshab ketsada, undan farq qilgan. U umurbodga tuziladi. SHariat muddatli shartlarga yo‘l qo‘ymagan. Agar nikoh ahdida muddatli shartlarga ma’lum hafta, oy yoki yilga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, bunday nikoh haqiqiy emas deb sanalgan. SHariat bo‘yicha nikohdan o‘tish uchun nikohdan o‘tuvchilardan bir qator shartlarga rioya qilish talab etilgan. Ular: birinchidan-nikohdan o‘tuvchilarning o‘zaro roziligi; ikkinchidan-nikoh yoshiga to‘lish; uchinchidan-nikohni guvohlar ishtirokida tuzish; to‘rtinchidan-kelin uchun qalin va mahr to‘lash; beshinchidan-diniy e’tiqod birligi; oltinchidannikohdan o‘tadiganlar yaqin qon


qarindosh bo‘lmasligi; ettinchidan-tabaqa bo‘yicha tenglik; sakkizinchidan-nikohdan o‘tivchilarning ruhiy jihatdan sog‘lom bo‘lishi lozim. Shariat bo‘yicha nikoh yoshi ug‘il bolalar uchun 12 yosh, qizlar uchun 9 yosh belgilangan. Shunda o‘g‘il bolalar jinsiy jihatdan voyaga etgan bo‘lishlari lozim.
3. Nikohning qonuniy va diniy jihatlari.
. Har bir hududda mahr, qalin hajmlari har-xil bo‘lgan. Shariat bo‘yicha, faqat islom diniga mansub bo‘lgan shaxslargina o‘zaro nikoh tuza olgan. Agar ayol boshqa dindan islom diniga o‘tsa, u bilan nikoh qurish mumkin edi. Qur’oni karimning “Niso” (4)-surasinin 22-24oyatlarida nikoh taqiqlangan hollar batafsil belgilab berilgan. Nikoh ahdini tuzishda talab qilinadigan shartlardan biri tabaqa bo‘yicha tenglikdir. Nikoh haqiqiy teng bo‘lishi uchun “kafalat” - nikohga kiruvchi shaxslar urug‘i, qarindoshligi bo‘yicha va unvonlarda teng bo‘lishi lozim edi. Shariat bo‘yicha nikoh ahdini tuzuvchi tomonlar ruhiy jihatdan sog‘lom bo‘lishi lozim. Aqldan ozgan shaxs bilan tuzilgan nikoh tuzilmaydi. SHariat bo‘yicha erkaklar bir vaqtning o‘zida bir qancha xotin olishlari, ammo ularning soni to‘rttadan oshmasligi lozim edi. Nikohning qonuniy jihatlari. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va O’zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan "Oila kodeksi"da batafsil bayon qilingan bo’lib, ularning asosiy vazifalari oilani mustahkamlash, oilaviy munosabatlarni o’zaro muhabbat, ishonch va hurmat, hamjihatlik, bir - biriga yordam berish hamda oila oldida uning barcha a’zolarining mas’ulligi hissi asosida ko’rishdan, biron bir shaxsning oila masalalariga o’zboshimchalik aralashishiga yo’l qo’ymaslik, oila a’zolari o’z huquqlariga to’sqinliksiz amalga oshirishini hamda bu huquqlarning himoya qilinishini ta’minlashdan iborat.


Yüklə 29,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin