3-joriy nazorat topshirig’i. 11-mavzu. Mulohaza. Xulosa chiqaris-fayllar.org
Estetika (qadimgi yunoncha: αἴσθησις; nemischa: Ästhetik - "his", "tuygʻu") olamning hissiy qabul qilinishini tadqiq etuvchi fandir. Estetika sanʼat, madaniyat va tabiatning subyektiv qabul qilinishini oʻrganadi. Estetika falsafaning aksiologiya sohasiga kiradi. "Estetika" terminini nemis faylasufi A.Baumgarten (1714—62) ilmiy muomalaga kiritgan. Estetikaning sinonimi sifatida goʻzallik falsafasi, sanʼat falsafasi, badiiy ijod falsafasi iboralari qoʻllanib kelingan. Keyingi paytlarda nafoyeatshunoslik yoki nafosat falsafasi atamalari ham Estetikani anglatadigan boʻldi. Estetika oʻz ichiga sanʼat Estetikasi, tabiat Estetikasi, texnika Estetikasi, dizayn, sport Estetikasi, turmush Estetikasi, atrof muhitni goʻzallashtirish va boshqalar sohalarni qamrab oladi.
4.Estetik tarbiyaning turlari va yo‘nalishlari.
Informatsion texnologiyalar - estetik tarbiyaning global vositasi. Bir paytlar tabiiy va texnika bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari talabalariga “Sizning ideallaringiz asosan qaysi sohalarda aks etadi?”, degan savolga ularning ko‘pchiligi san’at, adabiyot va ma’rifat sohasida ko‘proq aks etadi, degan javob berishgani ham fikrlarimizni isbotlaydi.
Biroq, endilikda estetik tarbiyaning shunday vositalari mavjudki, uning ma’naviy jarayonlarga ko‘rsatayotgan global ta’siriga befarq bo‘lish aslo mumkin emas. Ana shunday ta’sirlardan biri - bu elektron axborot vositalardir. Bu borada “YUksak ma’naviyat – engilmas kuch” asarida qayd etib o‘tilganidek, “Bugungi kunda ular bir vaqtning o‘zida ham axborot maydoni, ham ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy minbar, shu bilan birga, insonga madaniy, badiiy-estetik oziq beradigan va hordiq chiqaradigan makon vazifasini bajarmoqda”.
http://fayllar.org