3-joriy nazorat topshirig’i. 11-mavzu. Mulohaza. Xulosa chiqarish reja


-MAVZU. AXLOQIY MADANIYAT VA QADRIYATLAR



Yüklə 29,33 Kb.
səhifə4/6
tarix25.12.2023
ölçüsü29,33 Kb.
#195888
1   2   3   4   5   6
3-joriy nazorat topshirig’i. 11-mavzu. Mulohaza. Xulosa chiqaris-fayllar.org

14-MAVZU. AXLOQIY MADANIYAT VA QADRIYATLAR


REJA:

  1. Asosiy axloqiy qadriyatlar. Kasbiy odobning axloqiy madaniyat bilan uyg‘unligi.


Axloqiy madaniyatning eng muhim unsurlaridan biri – muomala odobi. U, mohiyatan, o‘zaro hamkorlikning shakllaridan biri. Inson zoti bir-biri bilan hamkorlik qilmasdan, o‘zaro tajriba almashmasdan, bir-biriga ta ’sir ko'rsatmasdan rosmana yashashi mumkin emas. Muomala odam uchun ehtiyoj, zarurat, sog‘lom kishi usiz ruhan qiynaladi, kayfiyati tushib boradi. Bu o‘rinda buyuk ingliz yozuvchisi Daniyel Defo qalamiga mansub mashhur «Robinzon Kruzoning sarguzashtlari» asarini eslashning o‘ziyoq kifoya: Jumaboyni topib olgan Robinzonning naqadar quvonishiga ham sabab ana shunda. Axloqiy madaniyat kasbiy odobda ham yaqqol ko‘zga tashlanadi. Chunki inson voyaga yetib, bir kasbning boshini tutgach, o ‘z kasbi doirasida odamlar bilan muntazam munosabatda boladi. Bu munosabat, bir tomondan, hamkasabalar davrasida ro‘y bersa, ikkinchi jihatdan, u kasb talabiga binoan uchrashadigan turli toifadagi odamlar bilan yuzaga keladi. Ayni paytda, kasbiy odob axloqiy madaniyatning eng yuksak shakllaridan biri; uning jamiyat axloqiy hayotidagi o‘rni yuksak. Shu bois kasbiy odobga bafurjaroq to‘xtalish joiz.


  1. Tibbiy va ekologik tarbiyaning axloqiy asoslari.


Insonning axloqiy hayoti uning axloqiy tarbiyasi bilan chambarchas bog‘liq. Zero, axloqiy tarbiya insonning shaxs bo‘lib yetishuvini ta ’minlaydigan uzluksiz jarayonlardan biri. Unda individ axloqiy qadriyatlarni anglab yetadi, o‘zida axloqiy fazilatlarni barqaror etadi,axloqiy tamoyillar va me’yorlar asosida yashashga o‘rganadi. Axloqiy tarbiya insoniyat tarixi mobaynida ikki muhim masalaga javob izlaydi: bulardan biri — qanday yashamoq kerak, ikkinchisi — nima qilmog‘-u, nima qilmaslik lozim. Ana shu savollarga javob izlash jarayoni axloqiy tarbiyaning amaliy ko'rinishidir. Tarbiya ona qornidan boshlanadi degan gap bor. Uning asl ma’nosi, avvalo, ota- onaning o‘zi axloqiy tarbiya ko‘rgan bo‘lishi kerak degani. Zero, qush inida ko‘rganini qiladi: ota- ona oilada yuksak axloq namunasini ko‘rsatishi lozim. Shuni ham alohida ta’kidlash joizki, axloqiylik insonda faqat axloqiy tarbiya vositasidagina vujudga keladi, degan moddiyatchilik qarashlari ko’p yillar mobaynida hukmronlik qilib keldi. To‘g‘ri, axloqiy tarbiyaning ahamiyati nihoyatda katta. Lekin axloqiylik insonga uning insoniylik belgilaridan eng muhimi sifatida ato etilgan ilohiy ne’mat. Shu ma’naviy ne’mat asosni axloqiy tarbiya yordamida takomillashtiramiz. Aks holda maymun va itlardan ham axloqiy mavjudot tarbiyalab yetkazishimiz mumkin bo‘lur edi.


  1. “Ommaviy madaniyat”ning yoshlar dunyoqarashiga ta’siri. Zamonaviy axloqiy tarbiyada kosmopolitizmga moyillik.


«ommaviy madaniyat» shiori ostida turli salbiy g‘oyalarni keng targ‘ib qilmoqdalar. Kimki «ommaviy madaniyat» ortidan ergashsa, o‘zining ijodiy qobiliyatidan yiroqlashadi va tayyor madaniy mahsulotlar «iste’molchisi»ga aylanib qoladi. O‘z-o‘zidan ravshanki, «ommaviy madaniyat» asosan hayotiy tajribasi kamroq yoshlarni ohanrabodek o‘ziga tortadi. O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti o‘zining «YUksak ma’naviyat – engilmas kuch» nomli asarida haqli ravishda ta’kidlaganidek, «Tabiiyki, «ommaviy madaniyat» degan niqob ostida axloqiy buzuqlik va zo‘ravonlik, individualizm, egotsentrizm g‘oyalarini tarqatish, kerak bo‘lsa, shuning hisobidan boylik orttirish, boshqa xalqlarning necha ming yillik an’ana va qadriyatlari, turmush tarzining ma’naviy negizlariga bepisandlik, ularni qo‘porishga qaratilgan xatarli tahdidlar odamnitashvishga solmay qo‘ymaydi»52. Ommaviy madaniyatni niqob qilib, buzuqlik va zo‘ravonlik singari inson shaxsini ruhan emiradigan g‘oyalarni targ‘ib etadigan asarlarning haqiqiy madaniyatga hech qanday aloqasi yo‘q. Ushbu madaniyatning asosida avvalo tijorat, moddiy manfaatdorlik borligini zamonaviy fan ham e’tirof etmoqda.


4. Yuksak axloqni tarbiyalashda texnologiyaning ijobiy va salbiy ta’siri.
YOshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida yoshlar orasida odob-axloqni buzishga, shu jumladan, zo‘ravonlik, hayosizlik va shafqatsizlikni targ‘ib qilishga qaratilgan har qanday xatti-harakatlar, “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunda esa behayolik, shafqatsizlik va zo‘ravonlik haqida hikoya qiluvchi, inson qadr-qimmatini tahqirlovchi, bolalarga zararli ta’sir ko‘rsatuvchi va huquqbuzarliklar sodir etishlariga sabab bo‘luvchi adabiyotlarni tarqatish, filmlarni namoyish etishning taqiqlanishi belgilab qo‘yilgan. Milliy qonunchilik tajribasida bu kabi normalarning aks etishi yoshlarimizda turli axborot xurujlari, jamiyatimizga yot bo‘lgan g‘oyalarga nisbatan mafkuraviy immunitetni shakllantirishda, farzandlarimizni xalqimizning milliy ma’naviyati, oilalarimizda amal qilinadigan tartib-qoidalarga, ota-onaga hurmat ruhi asosida tarbiyalashda muhim ahamiyatga egadir. Zero, har qaysi davlatning yoshlari uning ertangi kunini, taqdirini belgilovchi kuch bo‘lib sanaladi.


Yüklə 29,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin