3-kurs Sirtqi to’M 19/1-guruh talabasi Xoldarova Muxlisaning Umumiy pedagogika fanidan bajargan mustaqil ishi



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə3/4
tarix21.09.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#146345
1   2   3   4
10-mavzuga Komenskiy

Komenskiy o’zining pedagogik nazariyasida tarbiyaning tabiatga uyg’un bo’lishi to’g’risidagi tushunchani ilgari suradi. «Buyuk didaktika»da o’qitish tabiiylikka bo’ysunishi, o’qitish tabiat talabiga bo’ysunishi kerak, deydi. Bolaning aqliy va jismoniy o’sish jarayoni tabiatdagi o’sish jarayoniga o’xshagan bo’ladi. Masalan, bog’bon daraxtlarni parvarish qiladi, uning o’sish xususiyatlarini hisobga oladi. Xuddi shunday o’qituvchi tarbiyalash qonuniyatiga bo’ysinadi. O’qitish jarayoni tabiatga o’xshab sekinlik bilan amalga oshadi. Tabiiylik printsipida kishini tabiatning bir bo’lagi deb qarashi (xudo tomonidan bunyod etilmagan) tabiat qonunlari uning o’sishiga ta’sir etadi deyishi o’z davrida ilg’or sanaladi. Lekin kishi ijtimoiy borliq bo’lib, ijtimoiy qonun ta’sirida o’sadi.

Komenskiy, tarbiyachi boladagi iste’dodni o’stirishi kerak. Agar bola pedagogik ta’sirsiz yashasa, bu iste’dod tasodifan o’sadi. Kishi dunyoga kelganda kishiga xos iste’dodga ega bo’ladi. Xuddi olmadagi urug’iga o’xshab ba’zida ko’proq, ba’zida kamroq bo’ladi.

Komenskiy, tarbiyachi boladagi iste’dodni o’stirishi kerak. Agar bola pedagogik ta’sirsiz yashasa, bu iste’dod tasodifan o’sadi. Kishi dunyoga kelganda kishiga xos iste’dodga ega bo’ladi. Xuddi olmadagi urug’iga o’xshab ba’zida ko’proq, ba’zida kamroq bo’ladi.

Komenskiy tarbiyaning tabiatga uyg’unlik masalasida hamma narsaning asosi 4 ta deydi. Masalan: Olam 4 narsadan yuzaga kelgan, ya’ni; yer, suv, havo, yorug’lik. Dunyoning rivojlanishi ham 4 qismga bo’linadi, bular: bahor, yoz, kuz, qish.


Insonning rivojlanishi ham 4 davrga bo’linadi
go’daklik
bolalik
o’smirlik
yetuklik
Ta’lim jarayoni ham
4 ga bo’linadi
maktabgacha tarbiya
boshlang’ich ta’lim
o’rta ta’lim
oliy ta’lim

Umumta’lim g’oyasi. Komenskiy yashagan davrda hammani o’qishga tortish shart emas, qobiliyatli kishigina o’qishi kerak, degan g’oya mavjud edi. Komenskiy esa o’qishga hammaning tortilishini, hamma o’z ona tilida umum boshlang’ich ta’lim olishi kerakligini uqtiradi. Umumta’lim to’g’risida gapirganda ayollarni ham hisobga oladi. O’sha davrda xotin-qizlar uchun o’qish juda katta muammo edi, shunga qaramay, u bu masalani ilgari surdi.


Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin