3-kurs smmt 82 guruh talabasi Saydullayev Berdimurod Toshkent-2023 Buxgalteriya balansi tahlili mazmuni va vazifalari


Buxgalteriya balansi va uning tarkibiy tuzilishi: aktivlar, kapital va majburiyatlar



Yüklə 239,78 Kb.
səhifə6/10
tarix02.03.2023
ölçüsü239,78 Kb.
#86234
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Buxgalteriya balansi

Buxgalteriya balansi va uning tarkibiy tuzilishi: aktivlar, kapital va majburiyatlar
Buxgalteriya balansi axborotlariga tayangan holda xo’jalik yurituvchi subyektning moliya-xo’jalik faoliyati hamda uning natijalari baholanadi. Buxgalteriya balansidagi axborotlarning mazmunini bilish uchun nafaqat buxgalteriya balansi tuzilishi to’g’risida tasavvurga ega bo’lish, balki uning moddalari va ayrim ko’rsatkichlari o’rtasidagi mantiqiy va o’ziga xos bog’liqliklarni ham bilish zarur. Buxgalteriya balansining mazmunini bilishda uni o’qish ketma-ketligi ham muhim ahamiyatga ega.
Buxgalteriya balansining aktivi va passivining tuzilishi hamda mazmuni undagi axborotdan foydalanuvchilar, eng avvalo, tashqi foydalanuvchilarga qaratilgan. Debitor va kreditor qarzlarning holatini ochib beruvchi, korxonaning joriy xarajatlari yoki foydasi hisobidan tashkil etilgan xususiy kapital va ayrim turdagi rezervlar shakllanishini ochib beruvchi moddalarning batafsillik darajasini yuqoriligi shundan kelib chiqadi.
Buxgalteriya balansi elementlari va ularning tasnifiy jihatlari
1. Aktivlar ; Subyekt nazorat qiladigan, kelgusida ulardan daromad olish maqsadida avvalgi faoliyat natijasida olingan iqtisodiy resurslardir
2. Xususiy kapital (sarmoya ); Subyektning majburiyatlarini chegirib tashlagandan keyingi aktivlaridir
3. Majburiyatlar ; Shaxsning (qarzdorning) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga muayyan ishni amalga oshirish, masalan mol-mulkni topshirish, ishni bajarish, pul to’lash va boshqa majburiyatlaridir yoxud muayyan xatti- harakatdan tiyilib turish majburiyatidir, kreditor esa qarzdordan o’z majburiyatlarini bajarishini talab qilishga haqlidir
Buxgalteriya balansini moliyaviy tahlilga tayyorlash yuzasidan uning elementlari va moddalarini turli tasnifiy belgilari bo’yicha ko’rsatkichlar tizimiga jamlash talab etiladi. Bu tasnifiy belgilar ularning shakli, aylanuvchanlik darajasi, likvidligi bo’lishi mumkin.
Uzoq muddatli aktivlar (UMA) bo‗limida asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar qiymati, uzoq muddatli investitsiyalar, o’rnatiladigan uskunalar, kapital qo’yilmalar, uzoq muddatli debitorlik qarzlari va muddati kechiktirilgan uzoq muddatli xarajatlar summalari oshkor qilinadi.

Yüklə 239,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin