OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
Sirtqi ta’limning 5230600 – “Moliya va moliyaviy texnologiyalar” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi
3-kurs SMMT 82 guruh talabasi
Saydullayev Berdimurod
Toshkent-2023
Buxgalteriya balansi tahlili mazmuni va vazifalari
Buxgalteriya balansi moliyaviy hisobotning tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi, xo’jalik yurituvchi subyektning mulkiy va moliyaviy ahvoli haqidagi axborotni to’playdi hamda oshkor qiladi.
Buxgalteriya balansida uzoq muddatli va joriy aktivlar, o’z sarmoyasi, uzoq muddatli va joriy majburiyatlar hamda ularni oshkor qilishda, xo’jalik yurituvchi subyektning moliyaviy ahvolini tahlil qilishda moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar uchun yordam bera oladigan axborotdan iborat bo’ladi.
Buxgalteriya balansidagi barcha axborot to’g’ri oshkor qilinishi va foydalanuvchilarga tushunarli bo’lishi kerak. Zarur hollarda buxgalteriya balansiga kiritiladigan moddalar ularni tushuntirib beradigan axborotlar bilan to’ldiriladi.
“Balans” atamasi lotincha “bis”– ikki marta, “banx” – tarozi pallasi so’zlaridan tarkib topgan bo’lib, ikki palla degan ma‘noni anglatadi. U tenglik, muvozanat tushunchasi sifatida ishlatiladi.
Buxgalteriya balansini turli tasnifiy belgilari (tuzilish vaqti, axborot hajmi, aks ettirish obyekti, tozalash usuli) bo’yicha turlarini tarkiblash mumkin.
Buxgalteriya balansini turlari
Balans turlari
Tuzilish davriga ko’ra
a) Tashkil topish balansi : Korxonaning tashkil topish vaqtida tuziladi
b) Joriy balans : Korxonaning uzluksiz faoliyatida, qonunda belgilangan muddatlarda tuziladi
c) Tugatish balansi : Korxona tugatilganda tuziladigan balans
d) Bo’lish balansi; Yirik korxona bir necha mayda korxonalarga bo‗linish vaqtida tuziladi
e) Birlashtirish balansi; Bir necha korxonalar bir korxonaga birlashganda tuziladi
2) Axborot hajmiga ko’ra
a) Bir martalik ; Bir martalik balans faqat bitta korxona bo‗yicha joriy hisob asosida tuziladi
b) Yig‗ma balans ; Yig‗ma balans bir martalik balanslar asosida tuziladi va birlashmalar (vazirliklar, qo‗mita, boshqarmalar va shu kabilar)ning xo‗jalik mablag‗larini aks ettiradi
4) Aks ettirish obyektiga ko’ra
a) Mustaqil balans; Mustaqil balansni huquqiy shaxs bo‗lgan barcha korxonalar tuzadi
b) Alohida balans ; Alohida balansni korxonaning tarkibiy bo’linmalari (filiallar, bo’limlar, sho‘ba va qaram xo’jaliklar va shu kabilar) tuzadi
5) Tozalash usuliga ko’ra
a) Brutto balans ; Tartibga soluvchi moddalarni o’z ichiga oluvchi balansdir
b) Netto blans; Qiymatidan tartibga soluvchi moddalar summasi chegirilgan balans
Dostları ilə paylaş: |