3-kurs smmt 82 guruh talabasi Saydullayev Berdimurod Toshkent-2023 Buxgalteriya balansi tahlili mazmuni va vazifalari


Xo„jalik yurituvchi subyektning operatsion sikli



Yüklə 239,78 Kb.
səhifə3/10
tarix02.03.2023
ölçüsü239,78 Kb.
#86234
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Buxgalteriya balansi

Xo„jalik yurituvchi subyektning operatsion sikli – bu materiallarni xarid qilish, ishlab chiqarish va naqd pulga yoki osonlik bilan pulga aylantiriladigan moliyaviy aktivlarga sotish o’rtasidagi o’rtacha vaqtdir. Uzoq muddatli va joriy operatsion aktivlarni tasnif etish maqsadida ayni shu tarmoq yoki faoliyatning shu turi uchun kattaroq davr ancha muvofiqroq hisoblanmasa, bir yil oraliq operatsion sikl hisoblanadi. maqsadida saqlab turilgan va hisobot kunidan boshlab, 12 oy davomida sotilishi mumkin bo’lmagan aktivlardir.
Qisqa muddatli (joriy) majburiyatlar – hisobot kunidan boshlab, 12 oy davomida hisob-kitob qilinadigan majburiyatlardir.
Joriy majburiyatlarning tavsifi joriy aktivlar tavsifiga o‗xshashdir. Kreditorlik qarzi ish haqi, soliqlar bo’yicha qarzlar va boshqa operatsiya xarajatlari bo’yicha qarzlar kabi ayrim joriy majburiyatlar joriy aktivlar hisobidan hisob-kitob qilishni talab qiladi, chunki subyektning odatdagi operatsiyasi tsiklida foydalaniladigan aylanma mablag’ni tashkil etuvchi moddalar bo’yicha majburiy hisoblanadi. Bunday operatsiya moddalari hatto hisobot vaqtidan so’ng 12 oydan ortiq davr davomida ham hisob-kitob qilinishi lozim bo’lsada, joriy majburiyatlar hisobida tasnif qilinadi.
Joriy majburiyatlarga‚ shuningdek, bank overdraftlari, to’lanadigan dividendlar, daromad soliqlari, savdo bilan bog’liq bo’lmagan o’zga kreditorlik qarzlari, foizlarni to’lashni talab qiladigan qisqa muddatli majburiyatlarning joriy qismi kiradi. Ular hisobot kunidan boshlab 12 oy davomida hisob-kitobni talab etsada, operatsiya nuqtayi nazaridan joriyligini aniqlash qiyin.
Uzoq muddatli asosda aylanma mablag‗dan pul bilan ta‘minlanadigan, foizni to’lashni talab qiluvchi majburiyatlar (12 oy davomida hisob-kitob qilinmaydigan majburiyatlar) uzoq muddatli (nojoriy) majburiyatlar hisoblanadi.
Qisqa muddatli (joriy) majburiyatlarni qayta moliyalash tartibi. Qisqa muddatli (joriy) majburiyatlar – hisobot sanasidan boshlab 12 oy davomida hisob-kitob qilinishi lozim bo’lgan majburiyatlardir.
Dastlabki muddat 12 oydan ko’proq bo’lsa, subyekt majburiyatni uzoq muddatli asosda qayta moliyalashni rejalashtirayotgan bo’lsa, bu tartiblar moliyaviy hisobot ma‘qullangunga qadar qaytadan moliyalashga yoki to’lovlar muddatini o’zgartirishga qaratilgan bitim bilan qo’llab-quvvatlansa, bunday sharoitda nojoriy majburiyatlar sifatida tasnif etilishi lozim.

Yüklə 239,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin