Bayon qilish – o’qituvchi tomonidan o’rganilayotgan material mazmunini izchil so’zlab berish metodi.
Bilish faoliyati – idrok qilish hissi, nazariy fikrlash va amaliy faoliyat birligi.
Boshqarish – tashkil etish, qaror qabul qilishga qaratilgan faoliyat, obyektni o’z xizmat vazifasi doirasida nazorat qilish, tartibga solish, ishonchli axborotlar asosida tahlil qilish va yakun yasash.
Burch – muayyan axloqiy majburiyatlarni his qilish, uning zarurligini anglash.
Vazifa – maqsad va uni amalga oshirish bosqichlarining oydinlashtirilishi.
Verbal – ifodali, og’zaki.
Gumanizm – 1) insonning insonga bo’lgan mehri-muhabbati, uning shani,qadrini hurmat qilish, kishi manfaatlari uchun qayg’urish g’oyalari bilan sug’orilgan va kishilar o’rtasidagi tenglik, halollik, insoniy munosabat tamoyillariga asoslangan dunyoqarash; 2) insoniylik va insonparvarlik, insonlarning bunyodkorligiga ishonchi.
Davlat ta’lim standarti – uzluksiz ta’limning muayyan bosqichida shaxs (mutaxassis)ning tayyorgarlik darajasi va mazmuniga qo’yiladigan minimum talablar.
Didaktika – ta’lim va o’qitish nazariyasi hamda o’qitish jarayonida tarbiyalash mazmunini ifodalovchi pedagogikaning tarkibiy qismi.
Dolzarblikni asoslash – ta’lim va tarbiya nazariyasi hamda amaliyotining istiqboldagi taraqqiyoti muammolarini o’z vaqtida o’rganish hamda hal qilish zarurligini ko’rsatish.
Dunyoqarash – shaxsning tafakkur tarzi va yo’nalishini aks ettiruvchi qarashlar, e’tiqod hamda fikr-o’ylar tizimi.
Idrok etish malakasi – boshqa subyektning xususiyatlarini – uning muloqoti va muloqotga hozirligini aniqlash uchun zarur bo’lgan kasbiy – pedagogik malaka.
Ideal – oliy maqsad, biror narsaning namunasi, shaxs, guruhlarning xatti-harakatlari, intilishlari intihosi.
Ijtimoiy idrok etish – kishilar tomonidan ijtimoiy obyektlarning idrok etilishi, tushunilishi va baholanishi.
Izohlash, tushuntirish – og’zaki izoh, yoritilishi lozim bo’lgan turli materiallarni izohlash, isbotlash, tahlil qilish.