Faoliyat reja



Yüklə 127,85 Kb.
səhifə1/5
tarix25.12.2023
ölçüsü127,85 Kb.
#196724
növüУчебник
  1   2   3   4   5
FAOLIYAT


FAOLIYAT
Reja:
12.1. Faoliyat haqida tushuncha.
12.2. Faoliyatning tuzilishi va turlari.
12.3. Motiv va motivatsiya tavsifi.
12.4. Motivlarning turlari.
Adabiyotlar:
1. G‘oziev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2002.1-2 kitob.
2. Югай A.Х., Мираширова Н.А. “Общая психология” – Tашкент 2014.
3. Дружинина В.. “Психология “. Учебник. “Питер”, 2003.
4. Болотова А.К., Макарова И.В. Прикладная психология: учебник для вузов. –М., Аспект Пресс, 2002. – 383с.
5. Psychology David G. Myers Hope College Holland, Michigan 
6. S.K.Mangal: “General Psychology” 2013y.


Blits-so’rov savollari
1. Faoliyat nima?
2. Faoliyatning psixologik xususiyatlari nimalardan iborat?
3. Faoliyatning tuzilishi va tarkibiy qismlari haqida gapirib bering.
4. «Interiorizatsiya» va «eksteriorizatsiya» nima?
5. «Ehtiyoj» va «motiv» nima? Ehtiyojlarning qaysi turlarini bilasiz?
6. Harakatning qanday tarkibiy qismlarini ajratish mumkin?
7. Ko‘nikma va malakalarni faoliyatning tarkibiy qismlari sifatida ta’riflang.
8. Faoliyatning asosiy turlari haqida gapirib bering.
TAYANCH TUSHUNCHALAR:
Faoliyat - odamga xos bo‘lgan, ong tomonidan boshqariladigan, ehtiyojlarni qondirishda yuzaga keladigan, tashqi olam va insonni bilish, shuningdek, ularni o‘zgartirishga qaratilgan faollik.
Interiorizatsiya - tashqi real ishdan ichki ideal ishga o‘tish jarayoni.
Eksteriorizatsiya – oldin ichida o‘ylab, so‘ngra bevosita tashqi munosabatga o‘tish jarayoni.
Harakat –  maqsadni amalga oshirishga yo‘naltirilgan jarayon.
Ehtiyoj –  tirik organizmlar faolligining boshlang‘ich shakli.
Maqsad – inson faoliyati so‘nggi natijasining obrazi sifatida namoyon bo‘lib, ehtiyojlarni amalga oshirilishi.
Motiv –  harakatning nima sababdan amalga oshirilishi.
Odamning asosiy xususiyatlaridan biri uning mehnat qilish qobiliyatidir, mehnatning istalgan turi esa faoliyat bo‘lib hisoblanadi.
Faoliyatning psixologik nazariyasi umumjahon psixologiyasida yaratilgan edi. SHuningdek, u L.S. Vigotskiy, S.L. Rubinshteyn, A.N. Leontev, A.R. Luriya, A.V. Zaporojets, P.YA. Galperin va boshqa ko‘pchilik ruhshunoslarning asarlarida yoritib berilgan.
Faoliyat – bu sub’ektning olam bilan o‘zaro ta’sirlashuvining rivojlanuvchi tizimi. Bunday o‘zaro ta’sir jarayonida psixik tasvirning yuzaga kelishi va uning ob’ektda ifodalanishi, shuningdek, sub’ektning voqelik bilan o‘z munosabatlarini ro‘yobga chiqarishi sodir bo‘ladi. Faoliyatning istalgan oddiy akti sub’ekt faolligining ifodalanish  shakli bo‘lib hisoblanadi, bu esa, har bir faoliyatning undovchi sabablarga ega bo‘lishi va ma’lum natijalarga erishishga yo‘naltirilishini bildiradi.
SHunday qilib, faoliyatni odamga xos bo‘lgan, ong tomonidan boshqariladigan, ehtiyojlarni qondirishda yuzaga keladigan, tashqi olam va insonni bilish, shuningdek, ularni o‘zgartirishga qaratilgan faollik sifatida ta’riflash mumkin.
Faoliyat predmetlilik va sub’ektlilik xususiyatlariga ega. Faoliyat predmeti deb, u bevosita shug‘ullanadigan hodisalarga aytiladi. Masalan, bilish faoliyatining predmeti bo‘lib, har xil turdagi axborotlar xizmat qiladi, o‘quv faoliyatining predmeti – bilim, malaka va ko‘nikmalar, mehnat faoliyatining predmeti – yaratilgan muayyan moddiy mahsulot hisoblanadi. Faoliyat sub’ekti bo‘lib odam, individ hisoblanadi.
Faoliyatning predmeti va sub’ektidan tashqari, ushbu tushuncha bilan faoliyat vositalari va natijalari ham bog‘liq. Faoliyatni amalga oshirishda odam uchun mehnat vositalari sifatida u yoki bu harakat va muolajalarni bajarishda foydalanadigan asboblar tushuniladi. Faoliyat natijalari bo‘lib, moddiy yoki ma’naviy xususiyatga ega bo‘lgan yaratilgan mahsulotlar hisoblanadi.
SHunday qilib, faoliyat quyidagi belgilari bilan farqlanadi:
- faollikning ichki motivga ega shaklidir;
- inson faoliyatining mahsuldorligi. Moddiy yoki har tomonlama etuk mahsulotning yaratilishi;
- insonning xususiy, oliy, ijtimoiy ehtiyojlaridan kelib chiqadi;
- insonning faoliyati o‘zi ishlab chiqargan mahsulotda namoyon bo‘ladi, faoliyatning bunday ifodalanishi yoki aks etishi o‘zida insoniy bilimlar va malakalarni mujassamlashtiradi.
Faoliyat nazariyasi to‘laligicha A.N. Leontevning ilmiy ishlarida, xususan, «Faoliyat. Ong. SHaxs» asarida (M., 1982) bayon etilgan.
Faoliyatning tuzilishi haqidagi tasavvurlar faoliyat nazariyasini to‘liq tushuntirib bermasada, uning asosini tashkil etadi.
Inson faoliyati murakkab tartibli zinapoyali ketmaketlik tuzilishiga ega. U bir necha qatlam yoki darajalardan iborat. YUqoridan quyiga harakatlanib, ularni nomlab chiqamiz: alohida faoliyatlar darajasi (yoki faoliyatning alohida turlari); harakatlar darajasimuolajalar darajasipsixofiziologik vazifalar darajasi. SHunday qilib, faoliyat tuzilishining tarkibiy qismlariga motiv, maqsad, harakat (tashqi, predmetli va ichki, aqliy; interiorizatsiya va eksteriorizatsiya jarayonlari), muolajalar, psixofiziologik vazifalar kiradi. Motiv – bu faoliyatga undovchi sabab. Maqsad – bu istalgan, ya’ni, faoliyatni bajarish bilan erishiladigan natijaning tasviri.
Harakat – bu faoliyat tahlilining asosiy birligi. Ta’rifga ko‘ra harakat – bu maqsadni amalga oshirishga yo‘naltirilgan jarayon. «Harakat» tushunchasiga oid quyidagi xususiyatlarni keltirish mumkin.

Yüklə 127,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin