3-kurslar uchun O‘quv-uslubiy majmua


Ta’limning madaniy insonparvarlik vazifasi



Yüklə 1,09 Mb.
səhifə184/227
tarix29.12.2022
ölçüsü1,09 Mb.
#78106
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   227
3-kurslar uchun O‘quv-uslubiy majmua

Ta’limning madaniy insonparvarlik vazifasi – kishining hayot to’siqlarini engishga yordam beradigan ma’naviy kuchi, qobiliyati, malakalari, tabiat va ijtimoiy hayotga moslashish vaziyatidagi xarakteri, ma’naviy mas’uliyatining shakllanishi, shaxsiy, kasbiy takomili hamda shaxsning o’zi tomonidan amalga oshirilishini ta’minlovchi imkoniyatlari, shaxsning intellektual, axloqiy erkinlikka, shaxsiy muxtoriyati shuningdek, baxtiga erishish uchun zarur bo’lgan vositalar shaxsning individual ijodiy taraqqiy etishi va ma’naviy imkoniyatlarining ochilishi uchun sharoitlar yaratishi.
Ta’lim turlari – sokratcha suhbat metodi, an’anaviy ta’lim, izohli-namunali (illyustrativ) ta’lim, bilimlarni mustaqil egallash, dasturlashtirilgan ta’lim, ta’limni algoritmlash jarayoni, differentsiatsiyali, individual ta’lim va boshqalar.
Tarbiya – 1) shaxsning ma’naviy va jismoniy holatiga muntazam va maqsadga muvofiq ta’sir etish; 2) pedagogik jarayonda ta’lim maqsadlarini amalga oshirish uchun pedagog va tarbiyalanuvchilarning maxsus tashkil etilgan faoliyati.
Taqlid qilish – biror harakat, qiliq, ahd, fikr va hissiyotni takrorlash, aynan o’zlashtirish.
Tafakkur – inson aqliy faoliyatining oliy shakli, insonlarni o’rab olgan dunyodagi o’zaro bog’langan narsa va hodisalarni bilish jarayoni, muhim hayotiy jarayonlarni his qilish va muammolarni hal qilish, ma’lum bo’lmagan voqea hodisalarni qidirish, kelajakni ko’ra olish. Tafakkur, tushuncha, hukm, xulosa shakllarida namoyon bo’ladi.
Temperament – 1) shaxsning psixik faoliyati dinamikasining turli jihatlarini bildiradigan turg’un individual xususiyatlarining qonuniy munosabatlari; 2) shaxsning dinamik xususiyatlari: intensivlik, tezlik, temp, psixik jarayonlar va holatlar ritmi.
Faoliyat – 1) ongli maqsad bilan boshqariladigan kishining ichki (ruhiy), tashqi (jismoniy) faolligi; 2) atrof-muhitning kishilar tomonidan maqsadga muvofiq qayta bunyod etilishi.
Faoliyatning yetakchi turi – bola hayotining muayyan davridagi psixik rivojlanishini etarli darajada ta’minlovchi hamda keyingi taraqqiyotiga asos bo’luvchi faoliyatdir.

Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   227




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin