3-kurslar uchun O‘quv-uslubiy majmua



Yüklə 1,09 Mb.
səhifə183/227
tarix29.12.2022
ölçüsü1,09 Mb.
#78106
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   227
3-kurslar uchun O‘quv-uslubiy majmua

Ratsionalizatsiya – metodlarni yoki biror ish - harakatni takomillashtirish.
Releksatsiya – kuchli hayajon va jismoniy zo’riqishdan so’ng engil tortish, tinchlanishning umumiy holati.
Retrospektiv – o’tmishga murojaat etish.
Refleksiv malaka – pedagogga nisbatan qo’llanadigan nazorat - baholash faoliyati.
Refleksiya – takrorlash, aks etish, o’z harakatlari va holatlarini tahlil qilish.
Rivojlanishning ehtimollik nazariyasi – shaxs psixikasi rivojlanishining har bir davrini tasodifiy faktlar yig’indisiga ko’ra belgilashga asoslangan nazariya va u avvalgi rivojlanish davridagi erishilgan sathga nisbatangina bog’liq bo’ladi.
Rol ijro etish – qatnashuvchilarning yakka va guruh bo’lib turli rollarda (sahnada) chiqishi, obrazga kirishi.
Ruhiy pedagogik tayyorgarlik – pedagogikaning metodologik asoslari va kategoriyalarini, shaxsning ijtimoiylashuvi va taraqqiyoti qonuniyatlari, ta’lim va tarbiyaning mohiyati, maqsadi va texnologiyalarini bilish.
Suggestiya – uqtirish, to’la ishonch hosil qilish.
Suhbat – kuzatuv chog’ida etarli darajada aniq bo’lmagan zarur axborotni olish uchun qo’llanadigan tadqiqot metodi.
Tadqiqot obyekti – ziddiyat va muammoli vaziyat tug’diruvchi, bilishga qaratilgan ilmiy tahlilga muhtoj obyekt.
Tadqiqot predmeti – bevosita o’rganilishi lozim bo’lgan va amaliy yoki nazariy jihatdan muhim ahamiyat kasb etadigan obyektning mohiyati, ma’lum bir tomoni, xususiyati.
Takt – misli ko’rilmagan tarzda o’zini tuta bilish.
Ta’lim – 1) shaxsning jismoniy va ma’naviy shakllanishining yagona jarayoni, sotsial etalonlarning ijtimoiy ong sifatida u yoki bu darajada qayd qilingan, tarixan shartlangan ideal timsollarga ongli yo’naltirilgan ijtimoiylashish jarayoni; 2) muayyan bilimlarni egallash g’oyaviy-axloqiy qadr, malaka, ko’nikma, axloq me’yorlariga qaratilgan jamiyat a’zolarining ta’lim va tarbiyasi vazifasini bajaradigan nisbiy mustaqil tizim.

Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   227




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin