Alisher Navoiy “sabr” to’g’risida. Sabr achchiqdir – ammo foyda beruvchi, qattiqdir – ammo zararni daf etuvchi... Sabr shodliklar kalitidir va bandlar ochqichidir.
U o’rtoqdir – suhbat zerikarli, ammo maqsadga olib boruvchi; ulfatdir – umidi uzun, ammo oxiri estakka eltuvchi.
Ulovdir – yurishi taxir, ammo manzilga eltuvchi; tuyadir – qadami og’ir, lekin bekatga tushirguvchi.
Achchiq so’zli nasixatchiday tabiat undan olinadi, lekin zaminda maqsad hosil bo’ladi. Badxo’r dori beruvchi tabibday kasal undan qiynaladi, ammo so’ngida sog’lik yuz beradi.
Alisher Navoiy “muruvvvat va saxovat ” to’g’risida.Saxovat insoniyat bog’ining borvar shajaridur (boqiy ildizidir), balki ul shajarning mufid samaridur (hosilasidur). Odamiylik kishvarining bahri mavjvari (odamiylik dengizining mavjlari), balki ul mavj bahrining samin gavhari... Ma’dumlikda (insoniy fazilat sifatida) muruvvat karamning urug’ qayoshidur (qarindoshidir), balki tav’amon (umuman) qarindoshidur... Sohibi muruvvat (muruvvatli kishi) sharif xalqidin ayrilmaydurkim, u qayda bo’lsa Tengri panohida bo’lsin – izzat va sharaf oromgohida.
Muruvvat – barcha bermakdur, emak yo’q, // Futuvvat – barcha qilmoqdur, demak yo’q. Shoir nazdida muruvvat odamgarchilik yuzasidan qilingan yaxshilik, saxovat, himmatdir, o’zida bor narsalarni muhtojlarga berish, emay edirish, kiymay kiydirishdir. Futuvvat esa barchaga yaxshilik ko’rsatish, ammo evaziga hech narsa talab va ta’ma qilmaslikdir
Navoiyning maktab va madrasalar rivojiga qo’shgan hissasi.O’rta asrning buyuk adibi Alisher Navoiyning turkiyzabon xalqlar, xususan o’zbek xalqining ma’naviy ravnaqi yo’lidagi mamlakat obodonchiligi, el-yurtning farovonligi yo’lidagi faoliyati beqiyosdir. Mirzo Muhammad Haydarning yozishicha, Navoiyning har yilgi daromadi o’n sakkiz ming “shohruhiy” dinorga teng bo’lgan. Bu mablag’ning deyarli hammasini u xayrli ishlarga, shu jumladan jamoat qurilishlariga sarf etgan. U birgina Hirot shahri yaqinida Injil anhori bo’yida bir qancha binolar: “Ixlosiya” madrasasi, uning qarshisida “Xolisiya” xonaqohi, “Qudsiya” jome’ masjidi, “Shifoiya” davolash uyi, “Safoiya” hammomi, va ular qoshiga toshhovuz qurdiradi. Binokorlik ishlari Hirotning qator mohir me’mor, muhandis, banno va naqqoshlari tomonidan bajariladi. “Ixlosiya” madrasasi va “Xolisiya” xonaqohida bir necha ming kishi istiqomat qilib, fan, adabiyot va san’at bilan mashg’ul bo’lgan. O’sha davr tarixchisi Xondamirning yozishicha “Xolisiya” xonaqohida har kuni zaifa saqlab qolish, fursat boy berilgan davrlarda esa istiqlol uchun xalqimiz birdamlik bilan oyoqqa turdi, “yo hayot, yo mamot” shiori ostida qahramonona kurashdi.