Kesimlarni tuzish



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix16.05.2022
ölçüsü0,56 Mb.
#58136
  1   2   3
10(1)



 

10-LABORATORIYA ISHI   

 

QIDIRUV QAZILMALARI USTUNLARI BO‘YICHA GEOLOGIK 

KESIMLARNI TUZISH 

 

1.  Laboratoriya ishining maqsadi 

 

Qidiruv  qazilmalari  ustunlari  bo’yicha  loyihalanayotgan  temir  yo’l  o’qi 

uchun bo’ylama  geologik kesim tuzish. 

 

2. Laboratoriya ishida foydalanish uchun  materiallar va uskunalar 



 

-  loyihalanayotgan  temir  yo’l  yoki  kanal  trassasi  bo’ylab  joylashtirish 

planiga ega oddiylashtirilgan (parmalangan quduqlarni va shurflarni) qidiruv 

qazilmalari ustunlari tushirilgan tush bilan bajarilgan plakat;  

-  laboratoriya ishlarini bajarish uchun daftar.  

 

3. Umumiy ma`lumotlar 



 

Muhandis-geologik kesimlar xaritalarning asosiy to’ldiruvchilaridir. Ular 

chuqurlikdagi maydonning muhandis-geologik sharoitlarini aniqlash imkonini 

beradi.  Ular  parmalangan  quduqlardan  va  shurflardan  olingan  ma'lumotlar 

bo’yicha quriladi. 

Izlanish  maqsadiga  bog’liq  holda  tarh  tuzishda  loyihalanayotgan 

inshootlar,  ko’prik  kechuvlari,  yo’l  trassalarning  o’qlari  yo’llanma  sifatida 

xizmat qilishi mumkin. 

Kesim tuzish uchun zaruriyatlar: 

- topografik asos kesim yo’nalishi bo’ylab topografik bo’ylama profil yoki 

gorizontallariga qidiruv qazilmalari tushirilgan topografik xarita

-  qidiruv  qazilmalari  yoki  shurflar  –  parmalangan  quduqlarning  grafik 

ustunlari bo’yicha geologik tuzilishi ta'riflangan jurnallar; 

- gruntlarning laboratoriya tekshiruvlari natijalari. 

Kesimlarning  masshtablari  ko’p  hollarda  xaritaning  masshtabiga  mos 

kelishi  kerak.  Ko’proq  yaqqollikka  ega  bo’lish  zarurati  tug’ilganda  xarita 

masshtabiga  nisbatdan  kesim  masshtabini  yoki  kesimning  gorizontal 

masshtabiga  nisbatdan  vertikal  masshtabni  orttirish  mumkin.  Jinslarning 

gorizontal va vertikal joylashishi geologik kesimdagi masshtab farqiga ta'sir 

qilmaydi. Qatlamlar og’ishida masshtab o’zgarishini hisobga olish kerak. 

 


Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin