2
Talabalardan, qidiruv qazilmalari ustunlari bo’yicha loyihalanayotgan
temir yo’l trassasi o’qi bo’ylab geologik kesimni tuzish talab etiladi.
Buning uchun qidiruv qazilmalari ustunlari (parmalangan quduqlar va
shurflar) va ularni temir yo’l trassasida joylashish rejasi daftarga ko’chiriladi
va kesimda joylashgan tub jinslarining joylashish xarakterini hisobga olish
asosida paydo bo’lgan tektonik tuzilish taxlil qilinadi.
Kesimni tuzish quyidagi tartibda topografik profil chizishdan boshlanadi:
1) varaqning chap tomonidan vertikal masshtab chiziq o’tkaziladi, vertikal
masshtab aniqlanadi (1:200;1:500). Masshtab chizig’i yuqori sathi
topoasosning maksimal sathiga moslashgan, topoasosning maksimal sathi
sifatida quduq ustining mutloq sathi qabul qilinishi mumkin. Pastki sath
topoasosning minimal sathiga to’g’ri kelishi kerak, eng chuqur qazilmani
chuqurligini ayirgan holda;
2) topshiriqqa mos ravishda (1:1000; 1:5000) gorizontal masshtabda
quduqlar orasidagi masofalar o’tkazilgan shartli bazis (no’linchi) chizig’i
chiziladi;
3) bazis chizig’iga tushirilgan nuqtalardan (profilni vertikal masshtabidan
foydalanib) balandligi bo’yicha berilgan nuqtadan no’linchi chiziq sathigacha
bo’lgan masofaga teng perpendikulyarlar tiklanadi. Perpendikulyarlar
uchlarini ravon chiziq yordamida tutashtirib, topografik profil chizig’i olinadi;
4) tuzilgan topografik profilga quduq va shurflarning o’q chiziqlari
tushiriladi va ularning raqamlari ko’rsatiladi. Quduqlarni bitta yo’g’on chiziq
ko’rinishda, shurflarni eni 2 mm ga teng ikki qator chiziq ko’rinishda
ko’rsatiladi.
5) qazilmalarning o’tkazilgan o’q chiziqlarida tanlangan vertikal
masshtabda kichik gorizontal shtrixlar bilan tepadan pastga qarab o’tilgan
qatlamlar qalinligi belgilanadi.
Qazilmalar orasidagi qatlamlar chegarasi to’g’ri yaxlit chiziq bilan
tutashtiriladi. Agar, qaysidir quduqda jins qatlami ochilgan bo’lib qo’shni
quduqda yo’q bo’lsa, bunda quduqlar masofalari o’rtasida qatlam quyuqlanadi,
qatlamlar aro chegaralar punktir chiziq bilan belgilanadi;
6) kesim asosida joylashgan tub jinslari qatlamlari og’ish burchagini
aniqlash uchun vertikal masshtabga nisbatdan gorizontal masshtabning
o’zgarish darajasi belgilanadi;
7) kesimga punktir chiziq yordamida yer osti suvlari sathi tushiriladi.
Barcha qatlamlar litologik chegaralari bog’langandan so’ng qazilmalar
orasidagi uchastkalar shartli belgilarga muvofik shtrixlanadi;
8) geologik kesimni batamom shaklga keltirish uchun kesim tepasidan
kesimning nomi yoziladi, vertikal va gorizontal masshtablar ko’rsatiladi,
kesim tagida bajaruvchining familiyasi va kesim tuzilgan sana ko’rsatiladi.
3
10.1
-rasmda qidiruv qazilmalari ustunlari bo’yicha geologik kesim tuzish
misoli keltirilgan.
10.2
-rasmda masshtab buzilgan holda qatlamlarning og’ish
burchagini aniqlash misoli keltirilgan.
10.1
-rasm. Loyihalanayotgan temir yo’l o’qi bo’ylab
geologik kesim tuzish
Dostları ilə paylaş: