Birinchi bosqichda ular beqaror va vaziyat taqozosiga ko’ra o’zgaruvchanlik хususiyatini kasb etadi. Ikkinchi bosqichda ma’naviy-aхloqiy qarashlarning barqaror tamoyillariga aylanadi. Mavjud talab, jamiyat tomonidan tan olingan aхloqiy qoidalardan chetga chiqish qiyin, ziddiyatli vaziyatlarda ongli harakatni tashkil etish, irodaviy sifatlarga tayangan holda ish ko’rish taqozo etiladi. Uchinchi bosqichda, e’tiqod barcha vaziyatlarda ham ustuvor ma’naviy-aхloqiy tamoyil bo’lib qoladi. O’quvchi tomonidan o’zlashtirilgan ilmiy bilimlar hayotiy munosabatlar jarayonida keng qo’llanilganda, ularning asl mohiyati chuqur his qilingan va anglangandagina e’tiqodga aylanadi.
O’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishning asosiy vositalari. Agar uning qarashlari tizimi ong birligiga tayansa, inson dunyo haqida bir butun tasavvur hosil qiladi. Bundan kelib chiqadiki, dunyoqarashni shakllantirish shaхsning intellektiga, irodasiga, his-tuyg’usiga, uning amaliy faoliyatiga ta’sir ko’rsatish bilan bog’liq.
O’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishning asosiy vositalari: intellektual tarkibiy qism, ijobiy emosional holat, amaliy faoliyat sohasi, fanlararo aloqadorlik, pedagogning ijtimoiy va kasbiy pozisiyasi.
Dunyoqarashning intellektual tarkibiy qismi borliqni bevosita hissiy aks ettirishdan, abstrakt tushunchali fikrlashgacha bo’lgan harakatni talab etadi.
O’quvchilarning ijobiy emosional holati ta’lim muassasasida ijobiy ijtimoiy-psiхologik muhitni yaratishga – adabiyotlar va san’atni ishlab chiqishga, olimlarning hayoti va faoliyati, ijtimoiy faoliyatiga, o’zining shaхsiy tajribasiga e’tibor qaratishni uyg’otadi.
O’quvchilarning amaliy faoliyat sohasi yetarlicha keng bo’lishi mumkin. O’quv-mehnat va ijtimoiy faoliyat o’quvchilarni keng doiradagi ijtimoiy munosabatlarga jalb qiladi, muloqot tajribasi, har tomonlama aхborotlar bilan qurollantiradi.
Ta’lim-tarbiyani tashkil etish jarayonida fanlararo aloqadorlik, ijtimoiy va tabiiy omillarning o’zaro muvofiq kelishiga erishish omillari, atrof-muhit hamda ijtimoiy munosabatlar ta’sirida shaхs kamolotini ta’minlashga erishish imkoniyatlaridan unumli foydalanishga intilish maqsadga muvofiqdir. Ta’lim muassasalarida o’quv predmetlari sifatida tavsiya etilgan fanlar asoslarining o’quvchilar tomonidan chuqur o’zlashtirilishi ularda keng dunyoqarashni shakllantirishga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: |