3-kurslar uchun O‘quv-uslubiy majmua



Yüklə 1,09 Mb.
səhifə74/227
tarix29.12.2022
ölçüsü1,09 Mb.
#78106
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   227
3-kurslar uchun O‘quv-uslubiy majmua

Тарбия воситалари – тарбия жараёнининг таъсирчанлигини ошириш мақсадида қўлланиладиган моддий буюмлар, нарсалар, маънавий омиллар, фаолият (ўйин, ўқиш, меҳнат, мулоқот) ҳамда ҳиссий
ёндашув кўриниши

Shunday qilib, tarbiya usullari shaxsni tarbiyalash, pedagogik ta’sir ko‘rsatish xususiyatiga ega xatti-harakatlar majmui bo‘lsa, tarbiya vositalari mazkur xatti-harakatlarni tashkil etishda qo‘llaniladigan moddiy buyumlar, narsalar, faoliyat (o‘yin, o‘qish, mehnat, muloqot) hamda hissiy yondashuv (nutq, his-hayajon, quvonish, g‘azablanish va b.) ko‘rinishlaridir.


Oila va ta’lim muassasalarida pedagogik jarayonni tashkil etishda quyidagi tarbiya vositalaridan keng foydalaniladi: davlat ramzlari; milliy qadriyatlarning namunalari; hayotiy misollar; oila yoki o‘quvchilar jamoasi uchun qadrli bo‘lgan moddiy buyumlar; oilaviy yoki jamoaviy an’analar; shaxs ibrati; qahramonlik, insoniylik, mehr-oqibat, insoniy muhabbat, o‘zaro oqibat, haqiqat uchun kurashish to‘g‘risida hikoya qiluvchi badiiy asarlar; o‘quvchilarning estetik didini boyituvchi san’at namunalari; o‘rinli aytilgan so‘z (nutq); hissiy yondashuv; samimiy munosabat; yuksak ishonch; jamoa birligi; jamoa a’zolarining o‘zaro yordami; ommaviy axborot vositalari tomonidan e’lon qilingan xabarlar; tarixiy voqelik; qahramonlik namunalari; vatanparvarlik ruhidagi qo‘shiqlar, kinofilmlar, teatr tomoshalari va h.k.
Nazorat uchun savollar:
1. Tarbiya jarayonining ikki tomonlama aloqadorligi nimada aks etadi?
2. Tarbiya jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
3. Tarbiya maqsadining belgilanishi uchun nima asos bo‘lib xizmat qiladi?
4. Tarbiya qonuniyatlarini sanang.
5. Shaxsning shakllanishiga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi?
6. Irsiyat negizida qanday biologik omillar namoyon bo‘ladi?
7. Shaxs tomonidan faoliyatning qanday turlari tashkil etiladi?
8. Ijtimoiy tarbiyaning qanday turlari mavjud?
9. Jismoniy tarbiyaning maqsadi nimadan iborat?
10. Ta’lim muassasasida tashkil etiladigan ishlab chiqarish mehnati qanday afzalliklarga ega?
11. Ekologik ta’lim qanday maqsadga xizmat qiladi?
12. Huquqiy tarbiya nima?
13. Ta’lim muassasalarida qanday rag‘batlantirish turlari qo‘llaniladi?
14. Tarbiya vositalari nima? Pedagogik jarayonda qanday tarbiya vositalaridan foydalaniladi?



Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   227




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin