3-kurslar uchun O‘quv-uslubiy majmua


Jamoani rivojlanish bosqichlari



Yüklə 1,09 Mb.
səhifə76/227
tarix29.12.2022
ölçüsü1,09 Mb.
#78106
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   227
3-kurslar uchun O‘quv-uslubiy majmua

Jamoani rivojlanish bosqichlari
Birinchi bosqich. O`quvchilar jamoasi bilan ishlashning dastlabki davri bo`lib, hali jamoa tashkil etilmagan, shaxsga nisbatan jamoaning pedagogik talabi bo`lmaydi, har bir o`quvchi o`zi uchun o`zi javob beradi. Bu bosqichda bolalar tarqoq bo`lib, ularda yakdil fikr va sinf rahbari tayanish mumkin bo`lgan ta`sirchan faollar bo`lmaydi. Shuning uchun bu bosqichda salbiy hodisalar ochiq muhokama etilmaydi.
Rivojlanishning bu davrida o`qituvchining talabi kat’iy, jiddiy, izchil bo`lishi kerak. Bu pedagogik talablar ijtimoiy ahamiyatga ega bo`lgan maqsadning, pedagoglar bilan o`quvchilarning birgalikdagi har tomonlama sobit qadam faoliyatining, o`zaro ma`suliyatli munosabatlarning mavjudligi bilan muhimdir.
O`qituvchining o`quvchilar oldiga qo`ygan pedagogik talablari ularning yoshi va imkoniyatiga mos, yetarlicha jiddiy bo`lishi kerak. U xushmuomala, mehribon bo`lish bilan birga, o`quvchilarning xulq-atvor me`yorlariga kat`iy rioya etishlarini jamoaning muvoffaqqiyati sifatida tushunishlariga g’amxo`rlik qilishi zarur. O`qituvchi pedagogik talablarni qo`yish asosida o`z atrofiga faollarni - jamoaning eng yaxshi a`zolarini to`plab boradi.
Faol o`quvchi-bilim olishga qiziquvchi, sinf, maktab obro`sini har doim saqlab qolishga harakat qiluvchi, o`qituvchining talablarini qo`llab-quvvatlovchi jamoa a`zolaridir.
Shunday qilib, birinchi bosqichda pedagogning eng muhim vazifasi sinf jamoasining yadrosi bo`lgan faollarni shakllantirish va tarbiyalab ulug’vor vazifalarga intilishdan iborat.
Ikkinchi bosqich. Faollar bilan tarbiyaviy ishlarni tashkil etish uchun astoydil ishlash, ularni jinslashtirish va o`zaro aloqada ishlashga o`rgatish bilan tavsiflanadi. Jamoani boshqa a`zolariga ko`ra faollardan intizomga kat’iy amal qilishni ko`proq talab etish, ularni o`qishda va intizomda, jamoatchilik ishida ham boshqa o`quvchilarga namuna ko`rsatishga o`rgatish zarur. Buning uchun faollarni tez-tez yig’ish, muhim masalalar bo`yicha maslahat yig’ilishlarini o`tkazish, o`z maktabining ishlari hamda istiqbollari haqida suxbatlashish, ular bilan birgalikda kundalik masalalarni xal etish, faollar ichida rahbarlik ishiga layoqatli bolalarni tanlash vazifalari bajariladi. Faollarga beriladigan imtiyozlar adolatli bo`lishi va u o`quvchilar tomonidan qo`llab -quvvatlanishi, bu uning jamoa oldidagi xizmatlari natijasi ekanligini o`quvchilar his etishlari ko`zda tutiladi. Faollarga qo`yiladigan talablarning susayishi, o`rinsiz maqtovlar sinfda yomon vaziyatni keltirib chiqaradi.
Pedagoglar faollar e`tiborini jamoa tizimlari bilan ishlashga qaratadilar. Faol boshlangich jamoaga tayangan holda maktab hayotiga ko`plab o`quvchilarni jalb etadi. Faollar rivojlanishning bu bosqichida xali bo`sh va beqaror bo`ladi, biroq shunday bo`lishiga qaramay pedagog tarbiyaviy vazifalarni hal qilishda ularga tayanadi.
Bu bosqichda sinf rahbarining muhim vazifasi faol jamoa tizimlari bilan ishlashga o`rgatish jamoani yanada mustahkamlashdan iboratdir.
Ikkinchi bosqichda pedagogning talablari faollarning jamoaga bildiradigan talablariga qo`shiladi. Pedagog faollardan barcha o`quvchilarni ijtimoiy-foydali faoliyatga jalb etish vositasi sifatida foydalaniladi, jamoaning birligini rivojlantirishga ko`maklashadi; faollar o`quvchilarga topshiriqlar beradi, ularning o`zi nazoratida amalga oshiradi va topshiriqlarni bajarishni talab etadi.
Uchinchi bosqich. Jamoa hayotining barq urishi, jamoada o`zaro munosabatlar shakllanishn, jamoaning shaxsga ta`sir doirasini kuchayishi bilan tavsiflanadi.
Faollar hamda o`z-o`zini boshqarish tizimlari tomonidan ta`sir etilgan ijtimoiy faoliyatning natijasida jamoa rivojlanadi. U yoki bu pedagogik talabni bajarish jarayonida o`quvchilar jamoa bo`lib ishlash tajribasini orttiradilar.
Bu bosqichda o`quvchilar qo`llab-quvvatlaydilar. Pedagogning fikri yashirin shaklga kirib boradi. O`qituvchi shaxsiga sinf jamoasi orqali ta`sir etadi. Bunday pedagogik ta`sirlar natijasida o`quvchi shaxsi ham, jamoa ham tarbiyalanib boradi.
Pedagogning har bir shaxsga qo`yadigan pedagogik talabi jamoaga qo`yadigan vazifalarga qaraganda ta`sirliroq, sezilarliroq bo`ladi.
Uchinchi bosqichda o`zaro bir-biriga bog’liq ikki masala: jamoatchilik fikri va an`analarini yuzaga chiqarish xal etiladi. Bu bosqichda o`quvchilar o`rtasida o`zaro do`stlikni shakllantirish katta ahamiyatga ega. Pedagogning o`quvchilarga munosabati ham nihoyatda do`stona, samimiy bo`lishi kerak. Bu davrga kelib sinf rahbari tarbiyalanuvchilarning harakteri, qiziqishi, talabi bilan tanish, ruhiy holatini yaxshiroq biladigan bo`ladi.
Jamoani rivojlanishi chinakam o`z-o`zini boshqarish, ko`p qirrali jamoa faoliyati va ahloqiy qimmatga ega bo`lgan jamoa munosabatlari bilan izohlanadi. Bunday jamoada shaxsni tarbiyalash jarayoni iroda, o`z-o`zini anglash, burch hissi, shaxsning shunga o`xshash ahloqiy fazilatlarini takomillashtirish, kamchiliklarni o`z-o`zini tanqid ruhida baholash va ularni tuzatishi, o`z qadr-qimmatini anglab yetish (o`z-o`zini tarbiyalash rejasini ishlab chiqish, o`z-o`zini tarbiyalash vositalarini egallash, o`z-o`ziga majburiyat qabul qilish, o`z-o`zini nazorat qilish), ijtimoiy - foydali faoliyatda o`z-o`zini tarbiyalash ishini amalga oshirishga intilishni uyg’otadi. Bunday jamoada shaxsning ijobiy fazilatlari to`la ravishda ro`yobga chiqadi. Jamoaning shaxsga nisbatan yuksak talabchanligi kuzatiladi.
O`quvchilar jamoasini tarbiyalash
O`quvchilar jamoasini tarbiyalashning eng samarali yo’li, ularning umumiy qiziqishlari asosida talablar qo`yish va istiqbolni belgilashdir. Talablar pedagogik jihatdan puxta ishlab chiqilgan taqdirdagina ijobiy natija beradi:
1)O`quvchi shaxsiga qo`yiladigan pedagogik talablar har bir jamoa a`zosini xurmat qilish bilan qo`shilishi kerak. Bu pedagogik odobni muhim qismi bo`lib, har bir sinf raxbari yoddan chiqarmasligi shart. Sinfning ya`ni jamoaning eng yaxshi o`quvchilariga ko’proq talablar qo`yiladi,bu bilan ularga alohida ishonch va xurmat bildiriladi.
2)Pedagoglar jamoasi talablarni muayyan sinfning aniq sharoitini hisobga olgan holda qo`yadi. Har yili o`quvchilarga ma`lum bir chorakda, yarim yillikda yoki o`quv yili davomida qanday talablar qo`yish maqsadga muvofiqligi belgilab olinadi. O`quvchilardan erishilgan narsani emas, balki vazifa qilib qo`yilgan narsani talab qilish kerak.
3)Talablar aniq bo`lib, bajarish imkoniyatlari hisobga olinadi. O`quvchilar o`zlaridan nima talab qilinayotganligini aniq tushunishlari lozim.
O`quvchilarni talablar: mazmuni bilan tanishtirib, ularning ahamiyatini muntazam suratda nazorat qilib borishdan iborat. O`quvchilar jamoasini tarbiyalashda istiqbollar qo`yishning ahamiyati juda katta. Agar jamoa oldida qiziqarli, aniq maqsad bo`lmasa, uni tashkil etish va jipslashtirish usulini topib bo`lmayda. Istiqbollarni belgilashning ikki asosiy usuli bor:
1. Asosiy pedagogik talabni o`qituvchining o`zi o`quvchilar oldiga qo`yadi. Bunda u ana shu vazifalarni xal etish yo’llarini ko`rsatadi va jamoa a`zolarini qiziqtirishga intiladi;
2. Jamoa a`zolari qiziqarli tadbirlarni ilgari suradilar, sinf rahbari bu tashabbusni qo`llab-quvvatlaydi, hamda amalga oshirish usullarini topishga yordam beradi.
Birinchi usul o`quvchilar jamoasini tarkib toptirishning dastlabki bosqichida qo`yilib- yaqin kunlarga mo`ljallangan istiqbol deyiladi. Ikkinchisi ancha yuqoriroq bosqichda sinf faollari tomonidan qo`yilib-o`rta kunlarga mo`ljallangan istiqbollar deyiladi. Agar belgilangan istiqbolalrni jamoani barcha a`zolari qo`ysa- bu uzoq muddatli istiqbollar deyilib, jamoani shakllanganligini bildiradi.
O`quvchilar jamoasi o`sib va mustahkamlanib borishi bilan jamoa oldiga o`rtacha va uzoq istiqbollar qo`yiladi. Masalan: otaliqqa olingan bog’cha uchun o`yinchoqlar yasash, hosil bayramini o`tkazish, jonajon o`lka bo`ylab yozgi sayohatni uyushtirish va boshqalar.
Jamoa doim faoliyatda olg’a intilishda bo`lishi uchun uning oldiga yangi, qiziqarli istiqbollar qo`yish talab etiladi. Jamoa hayoti jo`sh urib turmasa, keyin bu aloqalarni qaytadan tiklash juda qiyin bo`ladi.
O`quvchilar jamoasini shakllantirishda an`analar muhim o`rin tutadi. Jamoani hech bir narsa an`anachalik mustahkamlay olmaydi. An`analarni tarkib toptirish, ularni saqlab qolish- tarbiya ishining muhim vazifasidir.An`analari bo`lmagan maktab yaxshi maktab bo`lishi mumkin emas. Mavjud an`analarni shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin:
A) kundalik turmush an`analari,
B) bayram an`analari
Kundalik turmush an`analari o`quvchilarning o`quv faoliyatini bir-biriga o`zaro yordamning har xil turlari, mehnat faoliyatini- yosh meva ko`chatlarini parvarish qilish, hayvonlarni boqish, yolg’iz yashovchi keksalarga yordamlashishni va boshqa yumushlarni o`z ichiga oladi.
Bayram an`analariga Navro`z, Mustaqillik bayramlari, bitiruvchilar kechasi, «Savodxonlik bayram»lari kiradi.
Har kanday holatda ham bayramlar yorqin, qiziqarli, quvnoq, tantanavor o`tishi kerak.Asosiy maqsad o`quvchilar o`tkazilayotgan tadbirning ahloqiy mazmunini tushunsagina, ularga ongli munosabatda bo`lsagina, uning ta`siri kuchli bo`ladi.
Jamoani rivojshlanish bosqichlarida, jamoa a`zolarini xilma-xil faoliyati jarayonida har bir maktabda o`ziga xos an`analar yuzaga keladi. Bu yangi an`analar shu maktabda olib boriladigan o`quv-tarbiyaviy ishlar bilan bog’liq bo`ladi, uning hayotini jonlantiradi va bezaydi. Shuning uchun yangi an`ananing kelib chiqishida bolalarning faol ishtirok etishiga katta imkoniyatlar beriladi.
Maktab rahbarlari va o`qituvchilar o`quvchilar jamoasiga u yoki bu ortiqcha an`anani yuklamasliklari, majburan singdirmasliklari kerak. Ularning vazifasi jamoa a`zolariga sezdirmay va ularni tashabbusini buzmay, an`analarni yaratash zarurligini tushuntirish, an`analarni tayyorlash hamda o`tkazishda birgalikda ish olib borish, o`quvchilarni ana shu an`analarni davom ettirishga o`rgatishdan iborat. An`anaga har doim yangi pedagogik talablarni aks ettiruvchi, uning tarbiyaviy ahamiyatini oshiruvchi yangiliklar kiritib borilishi talab etiladi.
An`analar yildan - yilga ko`payib borib, asta-sekin maktabning o`ziga xosligini ta`miilaydi. Shunday qilib, o`quv-bilish faoliyati bilan bog’liq istiqbol va an`analar jamoa rivojlanishining barcha darajalarida muhimdir. Rivojlanishning yuqori darajasida sinfda obro`li faollar, sog’lom ijtimoiy fikr mavjud bo`lganida, bunday istiqbol va an`analar o`quvchilarning darsdagi va darsdan tashqari faoliyatini qamrab olishi, xilma-xil, ba`zan murakkab shakllarga ega bo`lishi mumkin. Bu istiqbol va an`analarni amalga oshirish o`quvchilar ko`z o`ngida ham, boshqa sinf o`quvchilari, o`qituvchilar, ota-onalar ko`z o`ngida ham jamoa obro`sini oshiradi. Ko`pgina maktablarda sinf jamoalari har yili bilish va ko’ngilochar dasturlari bo`lgan mavzuli maktab kechalari, fan xaftaliklari tayyorlaydilar. Bu faqat baquvvat jamoanigina qo`lidan keladi. Bu tadbirlarni tayyorlashda odatda jamoaning har bir a`zosi band bo`ladi. Bunday istiqbol va an`analarning alohida tarbiyalovchi ta`siri shundan iboratki, sinf jamoasi uni yordamida umummaktab jamoalari bilan bog’lanadi.



Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   227




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin