Asbob va uskunalar: Gidravlik press, 4x4x16 o‘lchamli qolip, moy, MII-100, qorishtirgich.
Ishlash tartibi: Gipsning mustaxkamlik chegarasini aniqlash uchun tomonlari 4x4x16 sm o‘lchamli namunalar tayyorlanadi, va ularni ikki soatdan so‘ng markasini bilish mumkin. Gipsni egilishga bo‘lgan mustaxkamlik chegarasini MII-100 asbobi bilan aniqlanadi. MII-100 asbobida 3 ta qo‘zg‘aluvchan tayanch mavjud 2 ta tayanch balkachaning pastki tomonida 1 ta tayanch balkachaning tepa qismining qoq o‘rtasiga joylashgan bo‘ladi. Balkachalar tayyorlash uchun 1200 gram gips, gips massasida nisbatan 50 – 70% suv olinadi va aralashtirib qolipga quyiladi.
Olingan gips massasi - ……..g;
Suv mikdori-………sm3 yoki -……….%(gips massasiga nisbatan);
qorishtirish vaqti - ………soat min.;
namunalar o‘lchami-……….; saqlash sharti - ………
a) Egilishga mustaxkamlik chegarasini aniqlash. 1200 gram gips olinadi suvga solinadi, 60 sekund davomida aralashtirilib moylangan qolipga solinadi. 2 soatdan so‘ng 4x4x16 o‘lchamli namuna MII-100 qurilmasiga qo‘yilib egilishga bo‘lgan mustaxkamligi topiladi. 2ta pastki tayanch orasidagi masofa 100 mm.
b) Siqilishga bo‘lgan mustaxkamlik chegarasini aniqlash. Siqilishga bo‘lgan mustaxkamlik chegarasini aniqlash uchun 6 ta yarimta balkachalardan foydalanamiz. Yarim balkachalarning tepa va pastki qismiga o‘lchamlari 40x62,5 mm keladigan yani yuzasi 25 sm2 bo‘lgan po‘lat listlar qo‘yiladi va gidravlik press yordamida siqilishga bo‘lgan mustaxkamlik chegarasi aniqlanadi