3 - Laboratoriya ishi Maksvell taqsimotini o’rganish Ma’ruzalar matni va o’quv qo`llanmasi (Savelyev 1-tom, §93,98,99) bilan tanishib chiqing.
Ishning maqsadi:
Ideal gaz molekulalarining harakati bilan tanishtiruvchi kompyuter modeli bilan tanishuv.
Asosiy nazariy ma’lumotlar O’lchovning qandaydir aniq Рiqiymatiga erishish uchun Ni marta (N ) o’lchash olib borish mumkin.
dPυ = F(υ) dv, bu yerda F(υ)-proporsionallik koeffitsiyenti molekulalar tezligi qiymatining taqsimot funksiyasi deyiladi. U boshqa taqsimot funksiyalari orqali ham ifodalanishi mumkin:
F(υ) = (υX)(υY)(υZ)4υ2 = f(υ)4υ2 , bu yerda (υX), (υY) va (υZ) – molekulalar tezliklarining mos proyeksiyalari uchun taqsimot funksiyalari, f(υ) esa ularning yig’indisi.
§98 keltirilgan formulalar
. (1)
O’rtacha tezlik: , (2)
O’rta kvadratik tezlik: υo’r.кv = . (3)
F(υ) funksiya maksimumga erishadigan υaniq tezlik deb ataladi:
υaniq = . (4)
Kerakli ma’lumotlarni labaratoriya-konspekt daftaringizga ko’chirib yozing.
O’lchash natijalarini hisoblashga doir uslubiy ko’rsatmalar: Sichqoncha bilan ekrandagi “Start” tugmachasini bosing. Kompyuter monitoridagi tasvirni diqqat bilan ko’zdan kechiring. Ekranning chap qismida berk hajm bo’ylab harakatlanayotgan zarrachalar tizimiga e’tiboringizni qarating. Ular bir-biri va idish devori bilan absolyut elastik to’qnashmoqda. Zarralar soni 100 ga yaqin va bu tizim bemalol Ideal gazning mehanik modeli bo’la oladi. “Рause” tugmachasi yordamida molekulalar harakatini to’xtatib oniy suratlarni qo’lga kiritish mumkin.