3-LABORATORIYA ISHI MAVZU:JADVAL REDAKTORLARIDAN IQTISODIY MASALALARNI YECHISH JARAYONIDA FOYDALANISH (6 soat)
Ishdanmaqsad Microsoft Excel dasturida ishchi kitobning varaqlarida turli hisob kitoblarni bajarishda funksiyalar ustasidan foydalanish bo‘yicha ko‘nikmalarni hosil qilish.
Qo‘llaniladigan jihozlar va materiallar: Pentium kompyuterlari
printer,videoproyektor,ekran.
Ish haqida nazariy ma’lumot
1.MSExceldasturidajadvallima’lumotlarniyaratishvatahrirlash Exceldan foydalanuvchilar ishchi kitobidan tashkil topgan
.xls kengaytmali fayllar va .xlt kengaytmali shablonlar bilan ish yuri- tadilar. Ishchi kitobi ishchi, diagramma va modullar sahifalaridan tashkil topishi mumkin bo‘lib, ular Excel dasturini xotiraga yuklashdan so‘ng- gina hosil qilinadi. Excelda funksiya bu - ma’lum bir masalani yechishda bir qancha hisoblash amallarining jamidir. Funktsiyalarni qo‘yishda Формулы menyusining Вставить функцию
Excel funksiyalari yordamida talab qilingan hisoblashlar bajariladi.
Jadvaldagi ma’lumot diskda saqlanadi.
Excel dasturi bilan ish yakunlanadi.
Tashkilot xodimlarining 2011-2014 yillarda sarf qilingan xizmat safari xarajatlarini hisoblash jadvali tuzilsin.
Excel dasturi ishga tushiriladi va ekranda paydo bo‘lgan jadvalga ma’lumotlar kiritiladi. Dastlab jadval mavzusi kiritiladi. Bizning misolimizda jadval mavzusi «Tashkilot xodimlarining 2011-2014 yillarda sarf qilingan xizmat safari xarajatlari» dan iborat.
So‘ngra, zaruriy hisoblashlar bajariladi. Misolimizda tashkilotning barcha bo‘limlari bir yilda va har bir bo‘limning 2011-2014 yillarda o‘rtacha qancha xarajat qilganligini hisoblash kerak bo‘ladi.
C8:F8 yacheykalarga barcha bo‘limlarning har yilgi xarajatlari yig‘indisini hisoblash uchun Главная menyusidagi pictogram- masini bosib, “Сумма” buyrug‘ini tanlaymiz,
G4:G7 yacheykalarga esa, har bo‘limning 2011-2014 yillarda o‘rta- cha xarajatini hisoblash uchun Главная menyusining Редактиро-ваниеbandidan piktogrammasini bosib, “Среднее” buyrug‘ini tanlaymiz.
Yacheykaga formula kiritilgandan keyin [Enter] tugmachasi bosi- ladi va hisoblashlar bajariladi. Natijada ekranda quyidagi yakuniy jadval hosil bo‘ladi.